Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


 Xalqaro hamkorlik faoliyatini tizimli yo’lga qo’yish


Download 0.71 Mb.
bet64/104
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1533885
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104
Bog'liq
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

9. Xalqaro hamkorlik faoliyatini tizimli yo’lga qo’yish.
Tadqiqotlarni jahon darajasida o’tkazish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish ishlari tizimli yo’lga qo’yildi. Xususan, vazirlik faoliyati samaradorligini oshirish va ilg’or xorijiy tajribalarni joriy etish maqsadida Germaniya, AQSh, Qozog’iston, Avstriyadan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar maslahatchi sifatida vazirlikka jalb qilindi.
- Ikki tomonlama hamkorlik doirasida vazirlik Hindiston, Rossiya, Belarusiya, Yaponiya davlatlari bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’ydi.
- Ilmiy-tadqiqotlarni samaradorligini oshirish maqsadida, Xalqaro texnoparklar uyushmasi (IASP)ga a’zo bo’lish yuzasidan kelishuvga erishildi va ariza topshirildi. Mazkur tashkilotga a’zo bo’lish xalqaro innovasiyalar va texnoparklar platformasiga integrasiyalashuvni ta’minlaydi.
- Ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish, moliyalashtirish tizimini takomillashtirish uchun “Buyuk Ipak yo’li" yangi va yuqori texnologiyalar zonalari uyushmasi (SRSPA) bilan muzokaralar olib borildi va a’zo bo’lish yuzasidan ariza topshirildi.
- Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va turistlar sonini oshirishga qaratilgan “Oroldagi bog’im” startap loyihasi 310 mln. so’mga moliyalashtirildi. Loyiha doirasida Orolbo’yi hududini ko’kalamzorlashtirish ishlarida aholining ishtirok etishi maqsadida yangi kraudfanding platformasi (aholi moliyalashtiruvi mexanizmi) yaratildi va www.aralforest.org veb-sayti ishga tushirildi.
“Oroldagi bog’im” loyihasini amalga oshirish yuzasidan BMT Taraqqiyot Dasturi, Investisiyalar va savdo vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi o’rtasida hamkorlik Kelishuv imzolandi va ishlar yo’lga qo’yildi.
2020 yil iyun oyida “Orol dengizi mintaqasining sho’rlangan yerlarida innovasion startap tanlovi” e’lon qilindi. Tanlovni moliyalashtirish uchun vazirlikning 50 ming AQSh dollari va Sho’rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) 50 ming AQSh dollari mablag’lari ajratildi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling