Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Download 0.71 Mb.
bet67/104
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1533885
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
Bog'liq
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

Manzilli ro’yxatga kiritilgan loyihalar bo’yicha joriy yil yakuniga qadar 8,6 mln. AQSh dollar qiymatidagi investisiyalarni o’zlashtirish prognoz ko’rsatkichi quyidagi loyihalar hisobiga bajarilishi kutilmoqda:
1) «China-Uzbekistan Medicine Technical Park» MChJning “Dorivor substansiyalarni sintez qilish bo’yicha o’zbek-xitoy tibbiy texnologik parkni tashkil etish” loyihasi bo’yicha 6 mln. AQSh dollar;
2) Jahon banki va Innovasiya vazirligining “Ilm-fanni tijoratlashtirish” loyihasi bo’yicha 250 ming. AQSh dollar;
3) «Chirana Asia» MChJning “Yuqori texnologik tibbiy uskunalarni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi bo’yicha 2,0 mln. AQSh dollar;
4) Maya International Infrastructure” Kompaniyasining “Shahar magistral tizimlarini ta’mirlash ishlari bo’yicha innovasion texnologiyasini transfer qilish” loyihasi bo’yicha 350 ming. AQSh dollar.
COVID-19 koronavirusi pandemiyasi sharoitida xorijiy kompaniyalar vakillarining tashrifi uchun transport koridorlarining yopiqligi mazkur loyihalarni amalga oshirilishi muddatlari kechikishiga olib keldi. Shunga qaramay, vazirlik tomonidan xorijiy hamkorlar bilan 36 dan ortiq telemuloqotlar o’tkazildi va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar va hamkorlik rejalari belgilab olindi.
Shu bilan birga vazirlik tomonidan umumiy miqdori 104 mln. AQSh dollari miqdoridagi 5 ta istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.
a) 66,5 mln. AQSh dollari qiymatidagi "Toshkent viloyati Piskent tumanida alyuminiy idishlar ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi.
b) 20 mln. AQSh dollari miqdoridagi "Un, omuxta yem fabrikalari, don saqlash tizimlari va tomchilatib sug’orish tizimlari ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi.
v) 5,9 mln. AQSh dollariga teng "Bir martalik bioeruvchi idish ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi.
g) 2 mln. AQSh dollari miqdoridagi "Innovasion texnologiyalari asosida yarim pakana yong’oqlarni yetishtirish" loyihasi. "KJ-AGRO-WALNUT" MChJ QK tashkil etilgan bo’lib, faoliyatini Samarqand viloyatining Jomboy tumanida amalga oshirmoqda. Koreya Respublikasidan keltirilgan ko’chatlar ajratilgan yer maydoniga ekildi.
Joriy yilning 12 mart va 4 may kunlari Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Koreya Yashil rivojlanish Trast fondi (KGGTF) vakillari bilan muzokaralar o’tkazildi. Unda O’zbekistonda sirkulyar iqtisodiyotga texnik yordam loyihasini amalga oshirish bo’yicha ilgari taqdim etilgan takliflar qabul qilindi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling