Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Hududlar fan va innovasiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish


Download 0.71 Mb.
bet68/104
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1533885
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
Bog'liq
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

11. Hududlar fan va innovasiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish:
Hududlarda yangi innovasion infratuzilma obyektlari (Sirdaryo, Andijon, Farg’ona va b.) tashkil qilindi. Xususan,
1) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 884-son qaroriga asosan Andijon tajriba-ko’rgazma maydoni tashkil etilmoqda. Markaz qurilish-ta’mirlash ishlariga 8,86 mlrd. so’m mablag’ ajratildi. 8 gektar tajriba uchastkasiga 10 xil turdagi dorivor o’simliklar (amarant, kinoa, steviya, pavloniya, rastropsha, xelba va h.k.) ekish ishlari amalga oshirildi.
2) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 545-son qarori asosida Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator o’quv-amaliy markazi tashkil etilmoqda. Biznes-akselerator bino va inshootlarini qurilish-ta’mirlash ishlariga jami 6,81 mlrd. so’m ajratildi.
3) “Yashnobod” innovasion texnoparki direksiyasi” DUKga ma’muriy binosining qurilish-ta’mirlash ishlariga 2,25 mlrd. so’m ajratildi;
4) Xalqaro molekulyar allergologiya markaziga Mo’ynoq tumanida telemedisinaga asoslangan innovasion klinika tashkil qilish va uni zamonaviy innovasion texnologiyalar bilan ta’minlash xarajatlariga 600,9 mln. so’m yo’naltirildi;
5) Ohangaron shahridagi “Bolalar texnoparki”ni laboratoriya jihozlari va zarur texnik asbob uskunalar (jihozlar) bilan ta’minlash xarajatlariga 553,1 mln. so’m;
6) Sirdaryo tumanida Sabzavot va poliz ekinlari ilmiy urug’chilik stansiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 1,17 mlrd. so’m;
7) “Aqlli maktab” dasturiy ta’minotini Farg’ona shahridagi 10 ta maktabda joriy etish xarajatlariga 411,9 mln. so’m.
Hududlarni ilmiy salohiyatini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan quyidagi investision loyihalar amalga oshirilmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida O’zbekiston quyonchilik xo’jaliklari assosiasiyasi, “Ibra Krol” MChJ bilan birgalikda umumiy qiymati 39,0 mln. yevro bo’lgan “Quyonchilik klasteri” loyihasi amalga oshirilmoqda. Yevropadan keltirilgan zotli quyonlarni kasanachilik asosida ish o’rinlari tashkil etish uchun Shahrisabz, Yakkabog’, Chiroqchi va Kitob tumanlari aholisiga tarqatish rejasi ishlab chiqilmoqda. “Agrofeed” (Vengriya) kompaniyasi bilan hamkorlikda quyonlar uchun mahalliy xomashyodan tayyorlanadigan to’yimli ozuqaning reseptlari ishlab chiqildi. Bu reseptlar asosida joriy yilning 4-choragida Toshkent viloyati Chinoz tumanida ozuqa ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Toshkent viloyati Piskent tumanini innovasion rivojlantirish tadbirlari doirasida Angren va Yangi Angren Issiqlik elektr stansiyasining ishlangan ko’mir kukuni chiqindilaridan yangi innovasion qurilish materiallarini ishlab chiqarishini tashkil qilish bo’yicha tanlov e’lon qilindi. Unda «Stroy Karat» MChJ (Toshkent viloyati) korxonasi qiymati 2,5 mlrd so’mlik loyiha bilan g’olib bo’ldi.
Bugungi kunda Piskent tumanidagi ishlab chiqarish obyektlarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va Rossiyadan 400 mln. so’mlik uskunalar olib kelindi. Qo’shimcha uskunalar uchun Xitoy kompaniyasining O’zbekistondagi filiali “Shou Guan” MChJga 1,4 mlrd. so’m va Rossiya kompaniyalarining O’zbekistondagi sho’b’a korxonasi “Altay stroymash” MChJga 600 mln.so’m o’tkazib berilgan.
“Geo Beton Invest” MChJ bilan hamkorlikda umumiy qiymati 35 mln yevro bo’lgan “Irrigasiya obyektlarini qurish va modernizasiya qilishda innovasion texnologiyani joriy etish” loyihasi Farg’ona viloyati Bag’dod tumanida amalga oshirishga kelishildi. Tuman hokimligi va "GEO BETON BAGDAD" MChJ o’rtasida 2020 yil 8 iyunda Investisiya kelishuvi imzolandi, unga ko’ra, xorijiy korxonaga ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 4,5 gektar yer maydoni ajratib berildi.
“Charm to’p kelajagi” MChJ (Farg’ona shahri) bilan hamkorlikda viloyatda aholini ish bilan ta’minlash va kambag’allikni kamaytirish maqsadida aholi xonadonlarida zamonaviy xususiyatlarga ega charm to’p ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish loyihasi tayyorlanmoqda.
Xorazm viloyatida issiqxonada eksportbop qovun yetishtirish ishlari olib borilmoqda. Urganch tuman hokimining 2020 yil 26 maydagi 1453-q – sonli qaroriga asosan «SANOAT QURILIS YUKSALISH BUILDING» MChJga 4,5 gektar va 1454-q – sonli qarori bilan «ZAMIR ULKAN BINO QURILISH» MChJga 2,5 gektar (jami 7 gektar) yer maydonlari ajratilgan. Korxonalar tomonidan kredit hujjatlari tayyorlangan.
Muynoq tumanida “Jasmine GOLD GROUP” MChJ va “BINZHOU CITY SHENGYING AQUATIC PRODUCTS CO., LTD” (Xitoy) kompaniyalari bilan birgalikda umumiy qiymati 2,0 mln. dollar bo’lgan artemiya asosida baliqchilik uchun ozuqa ishlab chiqish va eksport qilish innovasion loyihasi amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda loyihaga 1,2 mln. AQSh dollari bevosita investisiya jalb qilingan.
Innovasion rivojlanish vazirligi va «Aralskaya artemiya» qo’shma korxonasi o’rtasida tabiiy va sun’iy suv hafzalarida suvli organizmlar (plankton, baliq va qisqichbaqasimonlar)ni innovasion ko’paytirish va yetishtirish sohasida 2020 yid 8 iyunda Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Unga ko’ra, baliqchiikni rivojlantirishning ilmiy-amaliy tadbirlaridan tashqari innovasion va amaliy loyihalarni hamkorlikda moliyalashtirish rejalashtirilgan.
Hududlarda yangi innovasion loyihalar joriy qilindi;
TexnoBus” texnologik mobil ta’lim platformasi hisoblanib, chekka hududlarda yashovchi yoshlarning zamonaviy ta’lim yo’nalishlarida bilim olishlari uchun mo’ljallangan. “TexnoBus” ta’lim platformasi vazirlik tomonidan respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparkining asosini tashkil etishi va unda faoliyat olib boruvchi iqtidorli yoshlar jamoasini shakllantirish maqsadida ishlab chiqildi.
Yoshlar akademiyasi faoliyati Farg’ona viloyatidan robototexnika sohasiga qiziqishi bo’lgan 3 nafar yoshlar Yoshlar akademiyasi faoliyatiga jalb etildi. Ularga ikki haftalik mahorat darslari o’tib berildi. Shuningdek, Farg’ona viloyatida tashkil etilgan Yoshlar innovasiya markazida robototexnika, mexatronika, dasturlash va 3D modellash yo’nalishlari bo’yicha hududdagi yoshlarga ta’lim berish yo’lga qo’yildi.
Yoshlar innovasiya markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyatiga tashrifiga tayyorgarlik ko’rish doirasida g’oyalar va loyihalar banki tashkil etildi (30 ta startap g’oya), shundan 5 ta startap loyiha moliyalashtirish uchun saralab olindi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling