Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti
Download 24.8 Kb.
|
203 Doniyorova D Bolalarni maktabga tayyorlash nazariyasi va metodikasi
Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti Maktabgacha ta'lim yõnalishi 203-guruh talabasi Doniyorova Dildoraning Bolalarni maktabga tayyorlash nazariyasi va metodikasi fanidan Mustaqil ishi Mavzu:Bolalar nutqini õstirish va savodga tayyorlash davri Reja:
1.MTTda bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi. 2.Bolalarda o’qish va yozishga bo’lgan qiziqishni uyg’otish 3. Turli yosh guruhlariga nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari bo’yicha qo’yilgan davlat talablari. Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko`rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarining asosiy yo’nalishlaridan biri nutq, o’qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir. ,,Nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik’’quyidagi maxsus vazifalardan iborat: -nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash; -lug’atini boyitish; -mustahkamlash va faollashtirish; -nutqning grammatik to’g’riligini takomillashtirish; -og’zaki nutqni shakllantirish; -ravon nutqni rivojlantirish; -savodga tayyorlash. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarining tayyorlov guruhdagi nutq,o’qish va savodga tayyorgarlik yo’nalishining asosiy vazifalari:bolaning til to’g’risidagi tasavvur va bilimlarga ega(antonim va sinonimlarni topa oladi), o’qish va yozish malakalarini shakllantirishdan iborat.Bola o’z ona tilining fonetik grammatik tuzilishini biladi,so’zlardagi birinchi tovushlarni biladi,bo’g’inlab o’qiydi,alifbeni biladi deb belgilangan.Bu vazifalarni bajarish uchun tayyorlov guruhida yil davomida jami 72ta mashg’ulot o’tkaziladi.SHulardan 36 tasi bolalarning og’zaki nutqini o’stirish bo’yicha ,36 tasi savodga tayyorlash bo’yicha bo’ladi.Mashg’ulotlarning davomiyligi 25-30 daqiqa. Og’zaki nutqini o’stirish bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarda asosan, bolalarning og’zaki nutqini o’stirish bilan birga nutqni grammatik tomondan to’g’ri shakllantirishga: -nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish; -sodda va qo’shma gaplar tuzish ,bunda barcha so’z turkumlaridan foydalanishga o’rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga ,sifatni otga,sifatni fe’lga to’g’ri ishlatish malakalarini takomillashtirish; - mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og’zaki nutqini o’stirishda mustaqil hikoya qilishga o’rgatish katta o’rin egallaydi.Bolalarni o’z hayotlarida uchragan voqealar,suratlarga qarab ,tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o’rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog’langan,ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to’g’ri tuzilgan bo’lishi kerak. ,,Ilm yo’li’’ variativ dasturida ham ,,Nutq,muloqot,o’qish va yozish malakalari’’ sohasidagi o’quv- tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: -nutqni eshitadi va tushunadi; -o’z nutqida to’g’ri talaffuz, qulay grammatik shakllari va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi; -ikkinchi tilni o’rganishga qiziqish namoyon qiladi; -ikkinchi tilni egallash bo’yicha dastlabki bilimlarini ko’rsatadi; -badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; -so’zning lug’aviy, bo’g’inli va fonetik tuzilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi; -turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so’zlab berishni biladi; -yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi: -Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; -Maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; -Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy,psixologik,pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash; -Zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar,texnik vositalar,o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; -Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; -MTTning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo’yicha malakali konsultatsiya xizmati ko’rsatish imkoniyatini yaratish; Maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo’yadi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizomda maktabgacha ta’limga alohida urg’u berib berilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich turi hisoblanadi hamda O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risida’’gi Qonuni,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil etiladi,deyilgan.Maktabgacha ta’lim, bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat MTTlarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi: -Bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyat asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; -Bolalarda milliy g’urur,vatanparvarlik hislarini shakllantirish; -Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini,o’qishga intilish mayllarini shakllantirib,ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash; -Bolalarning tafakkurini rivojlantirish ,o’zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish; -Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini ta’minlash kabilarni o’z oldiga maqsad qilib belgilaydi. MTTlarning yasli va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin. Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi: -2 yoshdan 3yoshgacha -15 ta -3 yoshdan 6-7 yoshgacha -20 ta -Turli yoshdagi guruhlarda -15 ta MTT lar faoliyati hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. MTTlar yo’nalishlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: -Bolalar yaslisi,bolalar bog’chasi, bolalar yasli bog’chasi,xonadon bolalar bolalar bog’chasi (ham mustaqil muassasa sifatida ,ham filial sifatida); -Bog’cha maktab muassasasi; -Tarbiyalanuvchilarning bir yoki bir necha ustuvor yo’nalishlarda rivojlantiradigan(til o’rganish,badiiy estetik,sport va boshqa yo’nalishlar bo’yicha )MTT; - Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus MTT; -Sanitariya-gigiyena,profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlari hamda muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog’lomlashtiruvchi MTT; -Aralash turdagi MTT; MTT turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi.MTT iga bolalarni qabul qilish tartibi,ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko’chirish,muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Maktabgacha ta’lim Vazirligi tomonidan belgilangan tartibda,davlatga qarashli bo’lmagan MTTlarda esa,muassasaning ustavi bilan belgilanadi.Aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiliklari mavjud bo’lgan bolalar uchun maxsus MTT yoki guruhlar tashkil etish ham Maktabgacha ta’lim muassasi to’g’risidagi Nizomda ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasining maktabgacha tarbiya konsepsiyasida ham belgilangan bosh maqsad va vazifalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yozilgan yangi dasturlar mazmunini amalga oshirishga qadar aniqlana boradi.MTTlarda bolaning o’sishidagi psixologik va etnopsixologik xususiyatlarga asoslanib,ta’lim-tarbiya tizimida odob estitik,musiqiy -badiiy ,jismoniy tarbiyani birinchi o’ringa chiqarish,grammatikani bu qadar majburiy o’rgatmaslik lozim bo’ladi.Shunday yo’l bilan maqsad asosida vazifa va usullar belgilanadi va rivojlantiriladi. Ona tilini o’qitish -bolalarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni ko’zlagan holda rivojlantirish,ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug’atni o’zlashtirish ,nutqiy mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish jarayonidir .Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitishning asosiy shakli – mashg’ulotlardir. Didaktik maqsadlar bo’yicha quyidagi mashg’ulotlar turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: -yangi materialni ma’lum qilish mashg’uloti; -bilimlar,mahorat va ko’nikmalar mustahkamlashga oid mashg’ulotlar; - bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishga oid mashg’ulotlar; -yakuniy mashg’ulotlar yoki hisob-tekshiruv (nazorat) mashg’ulotlari. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg’ulotlarni didaktik o’yinlar ,sahna ko’rinishlari shaklida o’tkazish tavsiya qilinadi.Ular nafaqat ko’ngilochar tusga , balki albatta ta’lim tusiga ega bo’lishi lozim. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo’lishi lozim.Bunda ko’rgazmalilik ,o’yin usullari va didaktik o’yinlarni keng qo’llash zarur. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg’ulotlar muayyan vazifaga ega – ya’ni , u bolalarni maktabda o’qishga tayyorlashni ko’zda tutadi. Mashg’ulotlarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o’quv faoliyatini yo’lga qo’yish qobiliyatini shakllantirish (diqqat-e’tiborli bo’lish ,pedagog topshirig’ini tinglash,tushunish va uni aniq bajarish ,bolalar jamoasi oldida fikr bildira olish, tengdoshining javobiga oddiy baho bera olish va h.k) vazifasini ham bajaradi. Bolalarga ona-tilini o’rgatish va ularni nutqini rivojlantirishga doir ishlar MTTlardagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o’rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi quyidagilardan iborat: Bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli-og’zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashni ,to’liq ko’rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o’rgatish .Nutqni tushunish.Bolaga eng oddiy, uning o’ziga tanish bo’lgan maishiy vaziyatlar ,jarayonlar va o’yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tushuniladigan so’zlar va oddiy iboralar zahirasini kengaytirish. Bolalarda to’g’ri va yaxshi jaranglaydigan nutqni rivojlantirar ekan ,tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi zarur: -bolalarda tinglash qobiliyatini tarbiyalash , uning komponentlarini ,ya’ni tinglash e’tibori(biron-bir tovushni jaranglashiga qarab qanday tovush ekanligini va uning yo’nalishini aniqlay olish),fonematik tinglash ,mazkur nutq sur’ati va ritmini qabul qila olish qobiliyatlarini asta-sekin rivojlantirib borish; -artikulyatsiya apparatini rivojlantirish; -nutqiy nafas olish ustida ishlash , ya’ni iboralar bilan erkin so’zlay olish uchun qisqa nafas olish va davomli nafas chiqarishni o’rgatish; -muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda ovoz balandligini boshqarish qobiliyatini tarbiyalash; -ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish; -har bir tovushni,shuningdek so’zlar va iboralarni aniq va tushunarli talaffuz qilishga, umuman yaxshi talaffuzga odatlanish; -so’zlarni o’zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari me’yorlariga mos holda talaffuz qilishni rivojlantirish; -normal nutq sur’atini shakllantirish, ya’ni so’zlar va iboralarni nutqni tezlashtirmay va sekinlashtirmay sekinlik bilan hamda shu bilan birga tinglovchiga aniq tushunish imkoniyatini yaratgan holda talaffuz qilishni o’rgatish; -nutqning ohang ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni fikrlar, hissiyotlar va kayfiyatni mantiqiy pauza, urg’u, ohang,sur’at,ritm va tembr yordamida aniq ifodalash qobiliyatini shakllantirish. Tarbiyachi nutqdagi kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va uni mutaxassisga yuborishdan oldin bunday nuqsonlar haqida yetarli tasavvurga ega bo’lishi lozim. Nutqni shakllantirishning dastlabki davrida nutqni tinglashga oid asosiy komponentlarni rivojlantirish bir tekisda bormaydi.Chunonchi,nutqni rivojlantirishning birinchi bosqichlarida tinglash e’tiboriga alohida ahamiyat beriladi.Vaholanki, bunda asosiy mantiqiy vazifa yuqori tovush tinglash qobiliyati zimmasiga tushadi.Bolalar tovush balandligi o’zgarishini nutqning his-hayajonli xususiyatiga (jahl qilinsa unga javoban yig’laydilar hamda xushmuomala va mayin munosabatga javoban jilmayadilar) va tembriga (onasi va boshqa yaqinlarini ovozlaridan taniydi)muvofiq holda qarab tanib olishni biladilar, shuningdek so’zning ritmik sur’atini,ya’ni uning sheva-bo’g’in tarkibini(so’zning bo’g’inlar va asosiy urg’uning joyiga bog’liq bo’lgan tovush tuzilishi xususiyatlari)nutq sur’ati bilan birgalikda to’g’ri qabul qiladilar. Kelgusida nutqni rivojlantirishda fonematik tinglash qobiliyatini,ya’ni bir tovushni boshqasidan aniq ajrata olish va buning natijasida ayrim so’zlarni tanish hamda tushunish qobiliyatini shakllantirish muhim o’rin tutadi. Yaxshi rivojlangan nutqni tinglash qobiliyati ona tilining barcha tovushlarini aniq va to’g’ri talaffuz qilishni ta’minlaydi, so’z aytishda uning balandligini to’g’ri boshqara olish va uni ohista sur’atda,ohang jihatdan ifodali qilib so’zlash imkonini beradi. Bola o’z nutqida turli his-hayajon va kechinmalarni tinglovchiga yetkazish uchun ifoda vositalarni to’g’ri qo’llashni bilishi lozim.Tarbiyachi she’rlarni yod olishda, hikoya qilib berishda o’zi ham nutqning ifoda vositalaridan foydalanadi va bola nutqining ifodaliligiga e’tiborni qaratadi.Bolalar tarbiyachining to’g’ri ,ifodali nutqini eshitgani sayin asta-sekin mustaqil nutqda zarur intonatsiyalarni qo’llay boshlaydilar.Bolalar nutqini rivojlantirishning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishni uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich-bu 1 yoshdan to 3 yoshgacha bo’lgan davr.Ushbu bosqichda faol lug’at jadal rivojlanadi.Ilgari shakllanib ulgurgan artikulyatsiya harakatlari yaxlit so’zlarni tallaffuz qilishda ishtirok etgani holda unga ayrim o’zgartirishlar kiritiladi,ya’ni bunda aniqlashtirish yuz beradi, u yanada barqarorlashadi.Bolaning yaxlit so’zni aytishga ongli ravishda taqlid qilish qobiliyati rivojanadi,shu tufayli tarbiyachi bola nutqining tovush jihatiga sezilarli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladi.Turli tovush taqlidlaridan foydalanish nutqning tovush madaniyati ga doir ishlarning asosini tashkil qiladi. Ikkinchi bosqich-3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davr.Bu yoshda so’zning fonetik va morfologik tarkibini shakllantirish jarayoni boradi.Eng qiyin artikulyatsiya harakatlarini takomillashtirish davom ettiriladi.Bu bola uchun oraliq, affrikat va sonor tovushlarni chiqarish imkoniyatini yaratadi.Ushbu bosqichdagi ishlar bolalarning so’zning tovush jihatiga nisbatan sezilarli ravishda ajralib turadigan ongli munosabatiga tayanadi va u ona tilining barcha tovushlarini izchil ravishda mashq qilish asosida quriladi. Uchinchi bosqich-5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davr.Bu bosqich go’yoki MTTlarda maktabgacha yoshdagi kichkintoylar nutqining tovush tomonini shakllantirishdagi yakunlovchi davr hisoblanadi.Davr boshida eng qiyin artikulyatsiya harakatlari shakllanib bo’ladi, biroq bunda shu narsa muhimki,artikulyatsiya yoki akustik belgilari bo’yicha yaqin bo’lgan (s-sh,z-x,s-z va bosh.)tovushlar bir-biridan aniq farqlanishi lozim. Tarbiyachi har bir bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir ishlarning asosiy mazmunini nazarda tutgan holda ayni paytda bolalar nutqini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlarini ham hisobga olishi lozim. Bizga ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi ko’pchilik bolalar noaniq,mujmal gapiradilar.Buning asosiy sababi lablarning ,til va pastki jag’ning sust harakat qilishidir.Buning natijasida og’iz yetarli ochilmay,unli tovushlar aniq jaranglamaydi.So’zlarning aniq talaffuz etilishi-unli tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish hamda undosh tovushlarning hosil bo’lishida nutqni harakatga keltiruvchi a’zolarning(lablar,til,pastki jag’ va boshqalar)aniq harakatiga bog’liqdir.Kichik guruhlarda ravshan gapirishni shakllantirish uchun tovushga taqlid qiluvchi bir qancha o’yinlardan foydalanish mumkin.Tarbiyachi tovush birikmalarini talaffuz etish namunasini bolalarga bolalarga ko’rsatar ekan.og’iz bilan harakatlarni juda aniq bajarishi,unli tovushlarni yengil cho’zib talaffuz etishi kerak.Bolalar tarbiyachining bunday harakatlariga beixtiyor taqlid qiladilar.Tovushga taqlid qiluvchi o’yinlarni tanlashda shu narsaga e’tibor berish kerakki,bu o’yinlarda bir qancha tovushga taqlid qilish birlashgan bo’lishi kerak.Masalan,o’yinda va hikoyalarda ushbu tovushga taqlid qilish birlashgan bo’lishi kerak:g’a-g’a-g’a(o’rdak),vaq-vaq(qurbaqa),miyov-miyov(mushuk).Kichik guruhdagi (4-5 yosh ) bolalar nutq jarayonida lablar bilan to’g’ri harakat qilishga ,og’izni to’g’ri ochishga o’rganib olishsa,ravshan gapirish(yaxshi diksiya) yengil shakllanadi.Agar katta guruhdagi bolalarning lablari kam harakat qilsa ,tishlari bi-biriga birikkan holda gapirishsa,ularni ravshan gapirishga o’rganishi ancha qiyin bo’ladi.CHunki avval noto’g’ri shakllangan nutq apparati a’zolari harakatini to’g’rilash zarur.Katta guruhlarda ravshan gapirishni takomillashtirish uchun maxsus mashqlar va tez aytishlardan foydalaniladi.Tez aytishlardan quyidagi tartibda foydalaniladi.Avvalo tarbiyachi tez aytishlarni tanlaydi.Agar bolalar oyiga 1-2marta tez aytishlardan yod olsalar, u vaqtda bir yilga 8-15 ta tez aytishni tanlaydi va ularni qiyinligiga qarab(yengil talaffuz etiladiganlarini oldinroq o’rgatish kerak) taqsimlaydi.Tez aytishlar mashg’ulotlardagina o’rgatilmay,balki mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda,o’yin jarayonida ham o’rgatish mumkin.Bolalarga murakkab tez aytishlarni o’rgatmaslik kerak,chunki uni hamma bolalar o’zlashtira olmaydilar, natijada bu mashq o’zining ta’limiy ahamiyatini yo’qotadi va hech qanday natija bermaydi. Savodga tayyorlash bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarda savodga o’rgatish ikki davrga ajratiladi: 1.Tayyorgarlik davri. 2.Asosiy davr (Savodga tayyorlash) Savodga o’rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentyabr, oktyabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi: 1.Tovushlarni to’g’ri talaffuz etish va so’zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish. 2.Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish. 3.Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o’rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish. 4.Oddiy tahlil va sintez qilish ko’nikmalarini rivojlantirish. Tayyorlov guruhida nutq,o’qish va savodga tayyorlash yo’nalishining savodga o’rgatish bo’limining 2-bosqichi asosiy davrida quyidagi ishlar olib boriladi: 1.Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish; 2.Kesma harflar yordamida tovush harf tahlili va sintezi bo’yicha mashqlarni bajarishga o’rgatib borish; 3.Kesma harflar yordamida bo’g’in va so’zlarni tuzish va ularni bo’g’inlab o’qishga o’rgatish. Tayyorlov guruhlarida yil davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar bolalar yoshiga mos bo’lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak.Mashg’ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg’ulotning borishi to’liq yoritiladi.Mashg’ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli,amaliy ishlar va turli interfaol o’yinlar bolalar yoshiga mos,qiziqarli va turli bo’lishi lozim.Mashg’ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar,harflar bilan maxsus o’yinlar, amaliy ishlarni bajarib,alifboni bilib, bo’g’inlarni o’qiy olish ko’nikmalari mustahkamlanib boradi.Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni ,,yozma nutq vaziyati’’ da, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.Muhimi bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to’g’ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlarni shakllantirish zarur.Buning uchun bolalarga gapda so’zlarni biriktirishning turli usullarini,so’zlar o’rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog’liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o’rgatish zarur.Shunday qilib ,nutqning grammatik tuzumini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko’nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola tilining grammatik tuzumini shakllantirish uning nutqi(tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro’y berishi lozim.Pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini,eng avvalo dialog va monologni,so’zgacha bo’lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o’tish(undan keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi),bolalarning nutqiy havaskorlgi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o’zlashtirishni hisobga olishi lozim. Grammatik ko’nikmalarni shakllantirish usullari va yo’llari o’rganilayotgan tilning grammatik tuzilishini shakllantirish metodlari va usullari:ayrim so’zlar va iboralar misolida grammatik shakllarni ko’rgazmali namoyish qilish;O’yin vaziyatlari,nutqiy mashqlar, ijodiy tusdagi rolli o’yinlar,hajmi unchalik katta bo’lmagan matnlarni tinglash va boshqalar.O’rganilayotgan tilning grammatik tuzilishini bola turli xil nutqiy faoliyat jarayonida o’zlashtiradi.Bola sabab-oqibat,miqdor va boshqa munosabatlarni bilish orqali ,bir vaqtning o’zida ularni grammatik va tuzilmalar orqali ifodalash(birlik va ko’plik,otlar kelishigi,fe’l zamonlar va turlari hamda boshqalar) usullarini ham bilib oladi.Bola turli-tuman grammatik vositalarni o’zlashtirib oladi. Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli,keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o’z ichiga oladi.U mazmunliligi,mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi.Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o’zlashtirganligining ko’rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan,estetik,emotsional jihatdan rivojlanish darjasini aks ettiradi. Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini o’zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi.Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari o’rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o’rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishning turli jihatlari bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik,izchilikdan ko’ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo’ydi.Ravonlikning asosiy ko’rsatkichi sifatida so’zlar,gaplar va fikrlarning qismlari o’rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan to’g’ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni o’qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yo’llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni o’qitishning nazariy va empirik muammolarni tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang’ich pozitsiyalarga ega: -ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; -nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bo’lishi kerak, xususan, ona tilini o’zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo’shilishi, o’quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; -o’qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o’zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bo’lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim; -til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yo’naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur; -nutqni o’qitish bolalarning tilni o’rganish bo’yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog’liq bo’lishi kerak. Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni o’qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik holatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: -nutqni rivojlantirish bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o’rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirishning murakkab, ko’p omili jarayonidir; -nutqni rivojlantirish bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; -bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonni turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o’ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o’ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o’ziga xosliklarini ko’ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’llarini tanlashi lozim. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar yetarlicha fikrini aniq ravon ifodalay olmasliklarining asosiy sababi shundaki: 1)Bolalar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish; 2)Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish; 3)So’z birikmasi, lug’at, gap ustida ishlash orqali og’zaki va yozma nutq o’stirish; 4)Bog’lanishli nutq ustida ishlashda o’yin va mashq, mashg’ulotlaridan foydalanish usullari ishlab chiqilmagan. Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoashlar tushunarsiz talaffuz etiladi. Pedagog talaffuzning adabiy me’yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta’sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozim. ,,Antonim so’zlar’’o’yini Bu o’yin katta va tayyorlov guruhlarida o’tkazilishi mumkin. O’yin mashg’uloti bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi. O’yinni individual hamda guruh bilan ham o’tkazsa bo’ladi. O’yin sharti quyidagicha: Tarbiyachi bolalarga bir so’zni aytadi. Bolalar esa shu so’zning qarama -qarshi ma’no anglatuvchisini topadi. Masalan: ktta-kichik, issiq-sovuq, qattiq-yumshoq, uzoq-yaqin va hokazolar. Odatda bolalar o’yin boshida biroz qiynaladilar, antonim emas sinonim so’zlar bilan javob beradilar. Ammo o’yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so’ng tezlik bilan javob berishga harakat qiladilar. Uzun-qisqa, odobli-odobsiz, ishchan-dangasa va hokazolar. ,,Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari’’da turli yosh guruhlarida nutq,muloqot,o’qish va yozish malakalari bo’yicha quyidagi talablar quyilgan: Kichik soha: Nutq va til Talab: Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, so’zlashadi va muloqot qiladi. 3-4 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -O’zining ayrim harakatlarini so’zlar bilan sharhlaydi; -Rasmda ko’rgan narsasi haqida so’zlaydi; -Kattalarning turli savollariga javob beradi; -Muloqot davrida faollik bildiradi; -Biror bir parchani tinglab,tanish asarning nomini aytadi; -Kichik she’rni yoddan aytadi; -Kattalar tomonidan aytilgan tanish hikoya, ertakni davom ettiradi yoki tugallaydi; -Didaktik o’yinlar o’ynaydi; 4-5 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -Boshlangan hikoyani davom ettira oladi; -Voqea hodisalar to’g’risida muhokama davrida savollar beradi va o’z fikrini bayon etadi; -Berilgan savolni tushunadi va unga javob beradi; -Muloqotda fe’l va sifatlarni faol qo’llaydi; -Ot va fe’llarni qo’llagan holda murakkab bo’lmagan gaplar tuzadi (shifokor kasallarni davolaydi, sotuvchi sabzavotlarni sotadi);,,ko’p’’, ,,bitta’’ ma’noda so’zlarni ishlatadi; -Turli ohangdagi so’zlarni imo -ishoralar yordamida nutqida ishlatadi; -Didaktik va so’z o’yinlari o’ynaydi. 5-6 yoshli bolada kutilayotgan natijalar: -Kuzatayotgan hodisa va voqealarni tushuntirib beradi; -Umumlashtiruvchi so’zlarni to’g’ri qo’llaydi(meva,sabzavot, daraxtlar, qushlar, idish-tovoq); -O’ziga nisbatan predmetlar joylashuvini ta’riflaydi (oldimda, stolda); -So’zlarni mazmuniga ko’ra to’g’ri qo’llaydi; -Nutqida ma’nosiga monand asosiy so’z turkumlarini qo’llaydi; -Bir negizli so’zlarni (namuna asosida ) tuza oladi(mushuk- mushukcha); -Grammatik soda va murakkab gaplar tuzadi; -Suhbatlasha oladi; -Kattalar yordamida ijodiy hikoya tuza oladi; -Barcha tovushlarni to’g’ri aniq talaffuz qiladi; -Xorijiy tilni bilishi: salomlashish va xayrlashish so’zlarini qo’llaydi.10 gacha sanashni biladi. 6-7 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -O’z ona tilida erkin so’zlashadi; -So’z turkumlarini yoshiga monand mustaqil,grammatik to’g’ri qo’llaydi; -Gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi va berilgan so‘zlarga ularni moslaydi; -Ko‘p ma’noli so‘zlarni turli ma’nolarini farqlaydi; -Turli gaplarni tuzadi ; -Shaxsiy tajribasiga tayanib, rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi; -Turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi; -Guruh muokamasida muloqotga kirishib va tinglab ishtirok etadi; -Qofiyalar tuzadi, topishmoqlar topadi; -Nutqida xorijiy so‘zlarni qo‘llaydi; -Kichik she’rlarni, qofiyalarni so‘zlab berishi mumkin; -Yil fasllari nomini biladi (bahor, yoz, kuz, qish). Kichik soha:Õqish malakalari. 3-4 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -Kitob haqida tushunchaga ega; -Kattalardan kitob o‘qib berishlarini so‘raydi ; -O‘z yoshiga mos kitoblarni tomosha qiladi; -Kitobdagi rasmlar va so‘zlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlaydi; -Rasmlardan tanish ertak qahramonlarini taniydi. 4-5 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -Tinglagan hikoyasiga munosabatini bildiradi va kattalarga savol beradi; -Rasmlar asosida tinglagan asarini asosiy o‘rinlarini gapirib bera oladi; -Badiiy asardan parcha tinglagandan so‘ng asar nomini ayta oladi; -O‘z yoshiga mos she’rlarni yoddan biladi; -Kitobni ehtiyotlab foydalanadi. 5-6 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -So‘zdagi birinchi tovushni biladi; -Kitobni mustaqil tomosha qiladi; -Tovushlarni farqlaydi; -So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ladi; -So‘zlarga qofiya kelishtiradi; -Nutqning dialogik shaklini qo‘llaydi, savollar beradi; -She’rlarni yod oladi va ifodali o‘qiydi; -Sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini biladi; -Ifodalilikning ohang vositalarini to‘g‘ri qo‘llaydi; -Harflarga tegishli so‘zlarni topadi. 6-7 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -Boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so‘zlab beradi; -Sodda va murakkab gaplarni nutqida qo‘llaydi; -So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi; -Bo‘g‘inli kartochkalar yordamida bo‘g‘inlardan so‘zlar tuzadi; -So‘z, tovush, bo‘g‘in, gap haqida tushunchaga ega; -Peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o‘qiydi; -Bolalar adabiyoti janri nomini biladi (ertak, she’r, hikoya) ; -Mashhur yozuvchi va shoirlar nomini biladi. Kichik soha:Qõl barmoqlari mayda motorikasi. 3-4 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: - 2-3 obyektdan rasm tuzadi; varaq sathida to‘g‘ri chiziqlar chizadi; harflarga qiziqish bildiradi, ayrim harflarni shaklini biladi va farqlaydi; yirik munchoqlarni ipga teradi; yozishga harakat qiladi. 4-5 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -Chiziq, belgi, ilgaklarni sodda namunalarini qayta chiza oladi; -Predmetlarning murakkab bo‘lmagan shakllarini chizadi; -Rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va bo‘yaydi; -Shablonlarni shtrixlaydi; -Mayda qismlardan iborat konstruktorni yig‘adi; -O‘rta munchoqlarni ipga teradi; -Aniq belgilangan chiziq asosida qog‘ozni qaychi bilan qirqadi; -Belgilangan chiziq asosida qog‘ozni tekis yirtadi; -Ikki qo‘li bilan qog‘ozni buraydi. 5-6 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -Chiziq, ilgak va gajakcha yozadi; -Qog‘ozni turli usulda taxlaydi (origami) ; -Namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi; -Barmoqlari yordamida mashqlar bajaradi; -Rasmlarni tekis shtrixlaydi; -Turli sathlarda chizadi (nam qumda, asfaltda, doskada) ; -Soch o‘radi; -Mozaika yig‘adi. 6-7 yoshli boladan kutilayotgan natijalar: -Qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar, so‘zlar va qisqa gaplarni yozadi; -Daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi; -Rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi; -Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi; -Matodagi rasmni to‘qiydi; -Turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi. Xulosa:
- Bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. - Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalaming tevarak-atrof obyektlari (kishilaming hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. - Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. - Maktabgacha tarbiya muassasasida sogiom , tabiiy muhit yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. - Bolalarni narsalaming nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga ona tilini o‘qitishga doir mashg‘ulotlar har bir guruhda bolalaming yosh imkoniyatlarini va har bir bolaning nutqiy rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Chunki bilimlar mazmuni, ularning tarkibi, metod va usullarni tanlash, haftasiga o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni, har bir mashg‘ulotning davomiyligi shunga bog‘liq bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim muassasi to'g'ridagi Nizom.T., 2007 y. 2.D.R.Babayeva ,,Nutq o'stirish metodikasi'' Fan va texnologiya T.; 2009 y 3. F.R.Qodirova ,,Nutq o'stirish metodikasi'' O'UMT.; 2012 yil ( electron) 4.Q.Shodiyeva ,, O'rta guruh bolalari nutqini o'stirish" T.:O'qituvchi 1993 yil. Elektron resurslar: https://youtube//deykWH1x N_U https//mover.uz/watch/bwXG3uDu/ Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling