207
Material indeksi - oxirgi mahsulot
massa birligini olish uchun
zarur bo„lgan reaksiya massasining hajmi.
Integrallanish - ko„p funksiyali turli texnologik va axborot
uskunalari: asosiy va yordamchi
texnologik qurilmalar, transport
vositalari, elektron boshqaruv mashinalarining ishlashini ta‟minlash.
Axborot-
boshqaruv tizimi - operatsion parametrlarni boshqarish,
davriy qurilmalar holatlarining o„zgarishini nazorat qilish, qurilmalar va
apparat bosqichlarining o„zaro ta‟sirini nazorat qilish va h.k. o„z ichiga
olgan kichik tizimlardan iborat tizim.
Kinetik egri chiziq - boshlang„ich reagent yoki reaksiya mahsuloti
konsentratsiyasining vaqtga bog„liqligi.
Kinetik tenglama - konsentratsiyasi, muhit harorati va h.z.lar kabi
fizik kattaliklarning o„zgarish tezligini
aniqlash imkonini beruvchi
tenglamalar. Ular quyidagi umumiy ko„rinishga ega:
bunda
x - fizik konstanta,
τ - vaqt,
k - kinetik konstanta deb ataladigan
koeffitsiyent.
Klaster tahlili - ob‟ektlarni funksiyalar to„plami bo„yicha
tasniflash tamoyillari va algoritmlarini o„rganadigan fan.
Do'stlaringiz bilan baham: