Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети


Download 2.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/96
Sana03.11.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1741716
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи

Tizimning modelliligi - bu tizim strukturasini, faoliyat ko„rsatish 
usulini hamda strukturani vaqt o„tishi bilan o„zgartirish qonuniyatlarini 
rasmiylashtirish imkoniyatidir. 
Determinalashadigan model - chiqish parametrlarining kirish 
parametrlariga bog„liqliklari tasvirlangan model. 
Dinamik model - vaqtning funksiyasi bo„lgan model. 
Diskret model - diskret vaqtda faoliyat ko„rsatuvchi dinamik 
model. 
Axborot-mantiqiy model - texnologik jarayon yoki apparatning 
formal tavsifidir. 
Konseptual (mazmunga asoslangan) model - bu mazmun 
darajasidagi qiziqishlar tizimining tavsifidir. 
Davriy qurilmaning mantiqiy-dinamik modeli - texnologik 
operatsiyalar va ularning o„zgarishini, shuningdek, qurilmani ishga 
tushirish va to„xtatish rejimlarini aks ettiruvchi davriy qurilmaning 
umumlashtirilgan modeli. 
Matematik model - axborot nazariyasi va tizimli tahlil nuqtai 


209 
nazaridan matematik modelni sifatida interpritatsiya qilinishi mumkin 
bo„lgan chiqish parametrlari ni berilgan sistema holat 
o„zgaruvchilarining fazosida va chiqiy o„zgaruvchilari qiymatlarining 
fazosida funksional ifodalovchi funksional operator 
sifatida 
interpritatsiya qilinishi mumkin, ya‟ni: 
bunda Z – bezovta ta‟sir; U – boshqaruvchi ta‟sir. 
Uzluksiz model - uzluksiz vaqt ichida faoliyat ko„rsatuvchi 
dinamik model. 
Statik model - ob‟ektning vaqtga invariant modeli. 
Stoxastik model - chiqish parametrlarining kirish parametrlariga 
bog„liqliklari noma‟lum bo„lgan va faqat kirishlar funksiyalari 
ko„rinishidagi chiqishlarning matematik kutilishi ma‟lum bo„lgan 
model. 
Apparat moduli (bloki) - nisbatan avtonom kimyoviy va 
texnologik tizim bo„lib, u mustaqil ravishda ham, unga o„xshash boshqa 
tizimlar bilan birgalikda ham tashkil etish tamoyili asosida ishlay oladi. 

Download 2.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling