Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi
Download 1.83 Mb.
|
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot funksiyasi
- Differensiasiya funksiyasi
Ogohlantiruvchi funksiya konfliktni jamiyat muayyan holatining ko’rsatkichi sifatida xarakterlaydi. Konflikt bu yerda odatdagi ijtimoiy aloqalar va munosabatlarda nimadir izdan chiqqanligini, nimadir tub o’zgarishlarga muhtojligini ko’rsatadi. qoidaga ko’ra, konfliktning o’zi uni yuzaga keltirgan sabablarni chuqur aks ettirmaydi. Biroq uning mavjudligi qator masalalarni amaliy ko’rib chiqish uchun yetarli hisoblanadi. Agar analogiya qo’llanilsa, konfliktning ogohlantiruvchi funksiyasini tirik organizm rivojlanishidagi og’riqning fiziologik roliga qiyoslash mumkin.
Axborot funksiyasi ogohlantiruvchi funksiyaga yaqin hisoblanadi. Konflikt doimo aniq sabablarga ko’ra yuzaga keladi, ular bilan obyektiv bog’liq va unda bu sabablar o’z ifodasini topadilar. Konfliktli vaziyatning avj olishi , kechishi, o’zgarishlari uni yuzaga keltirgan sabablar haqida muayyan axborot yuklamasini ifodalaydi, ularni o’rganish ijtimoiy jarayonlarni bilishning muhim vositasi hisoblanadi. Ijtimoiy konfliktlarda konflikt subyektlari va ishtirokchilarining ehtiyojlari , manfaatlari , intilishlari, shuningdek ularning ijtimoiy noroziligi va qoniqmaslik sabablari to’laligicha aynan o’z ifodasini topadiki, bu holat odatdagi faoliyatda va xulq-atvorda yashirin bo’ladi. Konflikt holatida taraflar o’zlarining ham, ular manfaatiga qarshi turganlarning ham harakatlarini yanada aniq tasavvur qiladilar, ijtimoiy taraqqiyot ziddiyatlari va obyektiv muammolarining mavjudligini yanada chuqur anglaydilar. Differensiasiya funksiyasi konflikt ta’sirida vujudga keluvchi ijtimoiy differensiasiya jarayonini xarakterlaydi, bu holat ko’pincha avvalgi ijtimoiy tuzilmalarni buzish va o’zgartirish orqali yuz beradi. Bu funksiya konfliktdagi ijtimoiy xulq-atvorning umumiy xususiyatini ifodalaydi, unga jalb etilgan ijtimoiy kuchlarning qayta joylashuvi va qayta guruhlashuvidan iborat. Konflikt ta’sirida ijtimoiy differensiasiya jarayoni ikki qarama-qarshi yo’nalishda rivojlanadi. Agar jonli tabiat analogiyasidan foydalanilsa, yirik va uzoq davom etuvchi konfliktda ijtimoiy differensiasiya jarayoni jonli hujayraning bo’linishini yodlatadi. Dastavval harakat yagona markazni cho’zishga yo’naltiriladi, avvalgi butunning alohida elementlarini o’ziga tortuvchi qarama-qarshi qutblar shakllanadi. Bu yo’nalishda qarama-qarshi kurashuvchi kuchlar qutblanishi yuz beradi. Shu bilan birga qarama-qarshi jarayon ham yuz beradi, ya’ni birlashish jarayoni, yangidan paydo bo’lgan markazlar atrofida parchalangan kuchlarning jipslashish jarayoni yuz beradi. Masalan, konfliktlashuvchi davlatlar o’z ittifoqchilarini safarbar qiladilar, janjallashuvchi odamlar o’z nuqtai nazarlari tarafdorlarini to’playdilar. Konfliktning bu ta’siri shu darajada kuchli bo’lishi mumkinki, u ijtimoiy konfliktning differensiyalovchi ta’siridan, ijtimoiy kuchlarning qutblanishi va yangi jipslashish jarayonidan chetda qolishni xohlagan shaxslar yoki ularning birlashmalarini ham o’z ta’sir doirasiga tortishi mumkin. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling