Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Download 1.83 Mb.
bet71/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Do’stona va iliq munosabat omillari

  • suhbatdoshingizga o’zaro tenglik tamoyili asosida muomala qilasiz, uni suhbatdagi hamkor deb qabul qilasiz, uning maqsadlarini o’zingizga bo’ysundirmaysiz;

  • suhbatdoshingizning o’z shaxsiy fikri mavjud bo’lishi mumkinligi huquqini hurmat qilasiz, shu bois o’z fikringizni u albatta qabul qilishi lozimligi talab etmaysiz, u sizning fikringizga qo’shilmasa, undan hafa ham bo’lmaysiz, chunki har bir odamning o’z qarashi mavjud bo’lishi lozimligi tabiiy hol. Insonning individualligi fikrlari va qarashlarida ham o’zini namoyon qiladi.

  • uning qarash va fikrlarini behurmat qilmaysiz hamda ular mavjudligi e’tiborga olasiz. Masalan, “Faqat ahmoqlar shunday deb o’ylashi mumkin”, “Sen asli aqli pastroq odamsan-da, shunaqa xulosaga kelibsan”, “Xotinlarning asli aqli pastroq bo’ladi, sendan bundan boshqa yana nimani kutardik...”, “Erkaklar har doim mana shunaqa qo’rs bo’ladi, “Siz ham odammisiz, gapga tushunadigan…” qabilidagi jumlalar suhbatni keskinlashtiradi. Opponentingizning fikri noto’g’ri bo’lsa ham, bu fikr – uning uchun o’z fikri bo’lganligi sababli qadrli ekanligin unutmaslik lozim, unga o’z fikrini o’zgartirish uchun imkon berish dakror.

  • boshqa insonlarning o’z hayotiy tajribasi, xulosalari, qadriyatlari mavjudligini hisobga olasiz. Har bir inson – alohida, mustaqil qadriyatdir. Fikrlar almashuvi zarur holat, ammo fikrni majburlash, tanqid qilish, o’z fikrini ustun qo’yish orqali singdirib bo’lmaydi.

Mana shu suhbatni “sovuqlashtiruvchi” yoki “iliqlashtiruvchi” omillar asosida o’z harakatlaringizni sinab ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Tahlil nima narsalarni qilmaslik lozimligini sizga ochiq ko’rsatadi. Inson o’z malakalarini tahlil qilishga o’tganda, u o’z xato va kamchiliklarini tuzatishga ham o’tgan bo’ladi. Xato to’g’rilanmagunicha xato hisoblanadi. Xato tuzatilgandan so’ng xato emas, balki yangi voqyelikka aylanadi.
Shu bilan birga, ba’zan biz o’zimizni ham suhbat “sabotajchisi” sifatida tutamiz. Agar suhbatdoshimiz avvallari bizni hafa qilgan, bizning ko’nglimizga tegadigan gap qilgan, yoki o’zi asli bizga yoqmaydigan odam bo’lsa, biz o’zimizni shunday tutishimiz mumkin. Demak, bu hollarda ham bizning amallarimiz, so’zlarimiz odamlarga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini bilish, xato holatlarning oldini olishga teng keladi. Aslida, “sabotajchilik” har ikki tomonga ham tavsiya etilmaydi. Suhbat tomonlarning o’zaro munosabatini yorqin va aniq ko’rsatadigan ijtimoiy voqyelik hisoblanadi.
Sizning suhbatdan maqsadingiz o’z suhbatdoshlaringizga o’zingiz haqidagi ma’lum tartibda mujassam etilgan axborotlar tizimini uzatishdan iboratdir. Uning maqsadi ham shunday. Ya’ni, ikkala tomon axborot almashuv orqali o’z munosabatlarini aniqlashtirib olmoqchi. Axborot almashuvni esa boshqa tomon manfaatlarini buzgan holda olib borish – noto’g’ri va madaniyatsizlik alomati hisoblanadi. Shu bois, muloqotni eng avvalgi shartlaridan biri – o’z suhbatdoshini hurmatlash hisoblanadi.
Sizni to’g’ri va samimiy qabul qilinganingiz sizni xursand qilganidek, sizga g’ayrli va adolatsiz munosabat sizning ko’ngligingizni og’ritadi, hafa qiladi. Sizning fikrlaringiz, qarashlaringiz, xulosalaringiz tanqid qilanaversa, siz bunday holatlarni o’zingizga nisbatan nohaqlik sifatida qabul qilasiz. Ammo hurmatli odam bo’lish uchun faqat maqtovlar ichida yashash hyech ham shart emas. Odam birovlarning maqtovi, hushomadisiz ham o’zini ulug’vor ko’rsatishi mumkinligi aniq.
Odamlar bilan ellashish va ularga yoqimli bo’lish uchun aqldan ko’ra qalb ko’proq foyda beradi.
J.Labryuyer
Boshqaning inson ekanligini xis qilgan taqdiringdagina inson bo’la olasan.
A.N.Radishev
Yaqin kishilarimizga o’zlariga qarab munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz ularga o’zlaridan ko’ra yaxshiroq odamlar yedya yondoshsak, ularni biz yana yaxshiroq bo’lishga majbur etamiz.
I.Gyote
Birovni yerga ursang, bu bilan o’zing ham yerga urilasan.
B.Vashington
Muloqotni iliqlashtiruchi omillar
Empatiya deb atalgan tushuncha bor. Empatiya – boshqa bir odamning harakatlari va amallarini yuzaga keltirayotgan omillar va xis-tuyg’ularni to’g’ri tushunish, ularni adekvat anglash va hamdardlik ko’rsata olish hisoblanadi. Mana shunday o’zingga yaqin, xatto ba’zan tanish bo’lmagan odamlar xis-tuyg’ulariga ochiqlik, ularni tushunish - o’zaro anglash va hamdardlik, o’zaro kontakt qila olish qobiliyatidan darak beradi. Mana shunday qobiliyatni o’zida tarbiya qila olgan, o’stirib borgan odam, shu qobiliyatni egallagan odam, muloqot madaniyatining eng zarur talabini bajargan hisoblanadi. Agar siz ruhan eng yaqin insonni ko’z oldingizga keltirsangiz, siz va mana shu inson o’rtasida:

  • samimiylik;

  • ochiqlik;

  • o’zaro bir-biridan sir yashirmaslik;

  • o’zaro ishonch;

  • qarashlar yakdilligi;

  • muammolarni ochiq ayta olish, o’z muammosini aytganda “bu odam yomon ekan” degan hayollarga bormaslik;

  • uning siz to’g’ringizda hyech qachon yomon fikrga bormasligiga, sizni “muhokama” etib turmasligiga ishonch;

  • uning sizni har doim ochiq yuz bilan kutib olishi;

  • siz uchun hyech qachon vaqt ayamasligi;

  • siz bilan har vaqt bir tekis muomala va suhbat qurishlari;

  • sizga hamdardlilik bildira olishlari;

  • yordam kerak bo’lganda, ularning har doim tayyorligi va shu kabi o’nlab xususiyatlarning namoyon bo’lishi oydinlashadi.




Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling