Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi
Download 1.83 Mb.
|
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI
Begonalik
Ba’zi odamlar uzoq yillar birgalikda umr kechirib, o’z hayotining muayyan bir davrida umuman bir-birirga begona bo’lib borishadi. Ularni bir-biriga bog’lab turuvchi asosiy qadriyatlar biri bo’lib faqat farzandlar qoladi. Ular o’zaro munosabatlarini “shunday bo’lishi kerakligi”, yoki farzandlar “baxti-saodati” uchun ushlab turishadi. Ya’ni, ularning oila ekanligi tashqi ko’rinishdagina bo’lib, aslida bu odamlar o’zaro turmush kechirishmaydi. Ayollar uchun bunday vaziyatda erining moddiy ko’magi muhim bo’lib, ayol kishi mazkur moddiy ko’makdan voz kecha olmaydi. Erkak uchun esa, kundalik turmushning meyorida ketayotganligi, uni hyech kim turtmayotganligi muhim bo’lib, o’zaro tomonlarning har biri o’ziga kerakligi bo’lgan narsani olayotganligi bois ular ajralishmaydi. Ammo aslini olganda ular batamom o’zaro begona bo’lib borayotgan odamlar bo’lib, ularning ushlab va birlashtirib turgan narsa umumiy farzandlar, quda-andalar, milliy an’analar hamda metalitetdir. Charchoq Inson faqat jismoniy jihatdan emas, balki ma’naviy-ruhiy jihatdan ham juda qattiq charchashi mumkin. Mana shu charchoqning bosh sabablaridan biri uning turmush o’rtog’i bo’lishi mumkin. Hox ayolga qarshi, xoh erkakka qarshi yo’naltirilgan, muntazam takrorlanib turadigan, nafsoniyatga tegadigan, o’z mohiyatiga ko’ra adolatsiz, insonning oilaviy mavqyeini tushirishga yo’naltirilgan o’z turmush o’rtog’ini mensimaslik, uni jerkish, uning oilaga kerak emasligi ta’kidlash, uning ishlaridan qoniqmaslik, uni pastga urish, uni ma’naviy xo’rlash, uning ishlaridan va so’zlaridan kir qidirish, uning gaplariga qo’pol ravishda aralashish, uning so’zlarini bo’lish, uni qoralash, uni rashq qilish, uni “o’tirsa o’poq, tursa so’poq” tarzida nazoratda ushlashga harakat qilish, uning fikrlarini eshitmaslik, uni inkor etish ma’naviy-ruhiy portlash va yoki chuqur depressiyaning boshi bo’lishi mumkin. Bunday hol, ko’pincha bu vaziyatlarni amalga oshirayotgan tomonning ichki kompleksi hisobiga yuz buradi. Inson o’zini aslan ichida past baholaydi, shuning uchun u o’z kuchi va mavqyeini ko’rsatish maqsadida ikkinchi tomonni doimo pastga urib turadi, bu bilan u o’zi ko’tarilganday bo’ladi. Shu bois, bunday vaziyatlar bir tomon ikkinchi tomonning uyda bo’lishini uncha xohlamaydi, ikkinchi tomon uyda bo’lganida esa, o’zini “dor”da yurgandek his qiladi. Birinchi tomon o’zini yakka xis qiladi. Ammo, umumiy maqsadlar (bolalar, ular kelajagi) ko’pincha birinchi tomonni qat’iy qaror qilib, ajralib ketishdan saqlaydi. Bir tomon ta’ziyqidan ikkinchi tomonning ma’naviy-ruhiy charchashi tomonlarni aslan bir-biridan tamomila ajratib yuborishga qodir bo’lgan xususiyatdir. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling