Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


E’tiqod Diniy e’tiqod insonning tabiiy ehtiyojlaridan


Download 1.83 Mb.
bet95/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

E’tiqod
Diniy e’tiqod insonning tabiiy ehtiyojlaridan
hisoblanadi. Ammo avvallari diniy e’tiqodni odamlar ro’y rost ko’rsata olmas edilar. Bugungi kunda esa e’tiqod erkinligi tamoyili amal qilmoqda. Buning natijasida avvallari o’z e’tiqodini namoyon qila olmagan ba’zi insonlar uning to’la bajarish imkoniyatiga ega bo’lmoqdadirlar. E’tiqod va uni ko’rsatish alomatlari bo’yicha ba’zan oilalarda turli inqirozlar ham yuzaga kelmoqda. Masalan, o’qimishli oila. Oilada ota ham, ona ham davlat idoralarida ishlaydi. Otaning do’stu yorlari uni diniy e’tiqod bo’yicha bilim va malakasini oshirishga yordam berishadi. Ammo unda haddan tashqari diniy e’tiqodga berilish, hayotining hamma sohalarini diniy e’tiqod bilangina baholash xususiyatlari paydo bo’la boshlaydi. Shu bois, u birdaniga o’z oilasida xotini va qizlarining hijobga kirishini talab qila boshlaydi. Ular esa buni istashmaydi. Oila boshlig’i bo’lgani uchun, ota o’z xotini va qizlarini otasiga bo’ysunmaganlikda ayblay boshlaydi. Ularning hijob o’ramaganliklarini uni hurmat qilmaganliklari, uni mensimaganliklari sifatida baholaydi. Men ota bo’lganligim uchun oilada hamma meni aytganimni qilishi shart, deb biladi. Oilaning tinchi buziladi. Ammo islom dini erkin e’tiqodga asoslangan ekanligini, diniy e’tiqodga hyech kimni majburlab bo’lmasligi, diniy e’tiqod insonning erkin xoxishi va irodasi mahsuli ekanligini ota o’qimishli bo’lsa ham inobatga olmaydi. Natijada, oila buzilishi uchun sabab sun’iy ravishda yaratiladi. Diniy e’tiqod muhim ijtimoiy kategoriya. Uni azaldan mavjud bo’lib, insonlarni yaxshilik va poklikka undovchi zaruriyat sifatida har doim ardoqlangan. Ammo diniy e’tiqodni sun’iy ravishda majburan singdirib bo’lmaydi. Diniy e’tiqod konrket inson tasarrufidagi majburiyat bo’lib qoladi. Shu bilan birga, mamlakatimiz qlnunchiligi asosida dahriylar, ya’ni hyech qanday dinga ishonmaganlar huquqlari ham tan olinadi. Bu esa, dahriylar yomon, bizga to’g’ri kelmaydigan odamlar ekan-da, degan xuosalarga olib kelmaydi. Islom dini bag’rikeng dinlardan hisoblanadi. Islom dini inson erkini hurmat qilish yo’lidan borishni chaqiradi. Shuning uchun, agar inson diniy e’tiqodli va taqvodor bo’lishni istasa, faqat machitlardagi da’vatlarni eshitibgina qolmay, balki erinmasdan asl manbalarni o’rganib, ularni mutolaa qilish yo’lidan bormog’i lozim. Asl manbalarning barchasida dinni majburlamaslik bo’yicha ma’lum aqidalar ta’kidlanadi.
Do’stlar
Oilaviy tinch munosabatlarga rahna soluvchi voqyeliklarlardan biri – bu qiz va yigitning do’stlari hisoblanadi. Agar ular oila ishlaiga hadeb aralashavermasalar, yosh oilaning tinchini o’ylasalar, bu – to’g’ri vaziyat. Ammo ba’zan yigitning do’stlari uni har kecha choyxonalarga olib chiqib ketib, u yerdan kuyov kech qaytib, keyin o’z xotinini behurmat qilaversa, bunda oila o’z tinchi va o’z hurmatini ham yo’qota boshlaydi. Ko’pchilik ayollar oilaning buzilish uchun ikki asosiy sabab mavjud deb o’ylaadi.Ular – agar er kuch ishlatsa, xotitini ursa, va keyingi sabab – er alkogol ichimliklarga xuruj qilsa. Uchinchi sabablardan biri – erning, yoki xotinning juda tarmoqlab ketgan do’stlari bo’lishi mumkin. Do’stlar o’zi xohlamagan holda er va xotin o’rtasiga sovuqchilik kiritib ko’yishi mumkin. Yosh oila o’z qadriyatlarini yaratib, o’zi oyoqqa turib olguniga qadar, boshqalar uning faoliyatiga keng ravishda aralashmagani ma’qul.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling