Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Sotsial iqtisodiyotsining Amerika modeli


Download 1.46 Mb.
bet34/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

3.Sotsial iqtisodiyotsining Amerika modeli.
Sotsial-iqtisodiy rivojlanishining Amerika liberal bozoriy modeli tadbirkorlik faoliyat erkinligini har taraflama rag’batlantirish, resurslarning to’liq bandligini va narxlar barqarorligini ta`minlash tizimi bo’yicha tuzilgan. Bu holat aholining eng faol qismini boyishi uchun sharoit yaratadi. Urushdan keyingi davrlardagi AQSHning kuchli iqtisodiy qudrati asosida aholi turmush darajasi va turmush sifatini yuqori ko’rsatkichlarga erishish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Iqtisodiy va sotsial hayotning o’zaro aloqalar amerika modeli mehnat unumdorligining yuqori darajasiga va shaxsiy muvaffaqiyatlarga erishishning ommaviy intilishiga asoslangan. “Umumiy tinchlik”, “xalq kapitalizm”, “xalq farovonligi” nazariyalari amerika turmushini aks ettiradi. Jahon iqtisodiyotiga xos, ko’plab sotsial muammolar AQSHda oldinga surilmaydi. Masalan, sotsial guruhlar orasidagi tuliq sotsial tenglikka erishish vazifasi iqtisodiy siyosatda yo’nalish sifatida o’z aksini topmagan. Buning evaziga kam ta`minlangan guruhlar uchun shaxsiy imtiyoz va nafaqa hisobidan ma`qul turmush darajasi ta`minlanadi.
Eng samarali bo’lgan bozoriy iqtisodiyot ham sotsial rivojlanishga ayrim xavf tug’diradi, jiddiy sotsial muammolarga olib kelishi mumkin. Ular davlatning faol sotsial siyosati orqali hal etilishi mumkin. Daromadlarni taqsimlash bozor mexanizmi tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiradi tabiiy qobiyaliyatga ega bo’lgan, oliy ma`lumotli, mehnat malakasiga, to’plangan kapitalga va mulkga ega bo’lgan odamlar yuqori daromadlarga va ta`minlangan hayotga ega. Bundan tashqari, biron - bir sabablarga ko’ra yuqorida aytib o’tilgan tomonlarga ega bo’lmagan odamlar toifasi ham mavjud. Keksa insonlar, jismoniy va aqliy nuqsonli jamiyat a`zolari, bevalar, ishsizlar, etim bolalar va boshqalar jamiyat tomonidan yordam va qo’llab-quvvatlanishga muhtojdir.
Hatto, AQSH kabi iqtisodiy rivojlangan mamlakatda qambag’allik masalasi eng jiddiy tarzda muammo holicha qolmoqda.
AQSH hukumati iqtisodiy siyosatining eng muhim vazifasi - daromadlardagi tafovutlarni kamaytirish hisoblanadi.
Bu siyosatning muhim yo’naltirishlari, qo’yidagichadir:
1) Muhtojlar, boqimandalar, nogironlar, ishsizlarga yordam pulini to’lash uchun muljallangan transfert to’lovlarni joriy etish;
2) “Mediker” sotsial dasturni amalga oshirish. Bu dastur kasalliklar bo’yicha davlat tomonidan sug’urtalash, bepul tibbiy yordam ko’rsatkichdan iborat.
3) Bozorda narx shakllanishiga davlatning aralashuvi orqali daromadlarning qayta taqsimlanishi. Davlat fermerlik xo’jaliklar mahsulotiga kafolatlangan narxlar belgilaydi.
4) Eng kam ish xaqining chegaralari qonuniy asosda belgilash.
5) Badavlat kishilar daromadlarining bir qismini soliq tizimi orqali daromadlari o’rtacha darajadagi past bo’lgan sotsial guruhlarga berish. (“Robin Gud samarasi”).
Tadbirkorlik erkinlikka, raqobatchilikka, bozor va bozorga oid bo’lmagan mexanizmlari orqali daromadlar qayta taqsimlanishi jarayoniga davlatni aralashuviga asoslangan Amerika liberal bozoriy modeli halq turmushining yuqori darajasini ta`minlagan. Lekin iqtisodiy o’sish va hal qilinmagan sotsial muammolar orasida doimo ziddiyatlar paydo bo’lib turadi. Iqtisodiy pasayish, inflyatsiyaning ko’chayishi, ishsizlikning oshishi, harbiy xarajatlarning oshib ketishi davrlarida Amerika hukumati sotsial ehtiyojlarga xarajatlarni kamaytirish, nafaqalarni, yordam pullarni, ish haqini muzlatish kabi tadbirlarni amalga oshiradi. Tarmoqlararo kasaba uyushmalari o’z a`zolarining sotsial ahvolini yaxshilash maqsadida doimo hukumat bilan kurash olib boradi. Hukumatning soliq siyosati, daromadlarni qayta taqsimlanishining salbiy ta`siri doimo tanqid ostida olinadi. Amaldagi soliq siyosati boy va kambag’allar o’rtasida tafovutni qisqartirmaydi, balki, aksincha, bu farq yildan yilga osha bormokda. Natijada hukumatning sotsial dasturlari doimo o’zgarib turadi. Kayd kilish lozimki, jiddiy sotsial muammolarni hal etishda AQSH etarli resurslarga ega.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling