Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
Шахс
Давлат ва жамият Узлуксиз таълим Фан Ишлаб чиқариш Мактабгача таълим Умумий ўрта таълим Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими Олий таълим Олий ўқув юртидан кейинги таълим Кадрлар малакасини ошириш ва уларни қайта тайёрлаш Мактабдан ташқари таълим I-IV синфлар V-VI синфлар Академик лицей Касб-ҳунар коллежи Бакалавриат Магистратура Аспирантура Адьюнктура Докторантура Мустақил тадқиқотчилик 8-chizma. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi mohiyati Oliy ta`lim tizimida katta o’zgarishlar amalga oshirildi. Oliy ta`lim ikki bosqichdan — bakalavriat va magistraturadan iborat bo’lib, qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o’quv yurtlarida ta`lim olayotgan bo’lajak bakalavr va magistrlar soni 2003-2004 o’quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. Bu oliy o’quv yurtlarida 18486 nafar professor-o’qituvchilar mehnat qilmoqdalar. Ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. O’tgan 4 yil davomida barcha yo`nalishlar bo’yicha bakalavr va magistrlar uchun qo’yiladigan talablarni o’zida mujassamlashtirgan Davlat ta`lim standartlari, o’quv dasturlari yaratildi. Oliy ta`lim uchun 1129 nomdagi darslik va o’quv adabiyotlari nashr etildi va oliy o’quv yurtlari kutubxonalariga tarqatildi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste`dodli yoshlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish, chet elda o’qishni qo’llab-quvvatlash maqsadida “Respublika bolalar fondi”, “Sog`lom avlod uchun”, “Iste`dod” jamg`armalari tashkil etildi. “Zulfiya” mukofoti ta`sis etildi. Ta`lim sohasida xalqaro tashkilotlar bilan bir qator hamkorliklar yo`lga qo’yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda taxsil olib keldi. O’zbekiston ta`lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg`otmoqda. Moskvadagi Oliy ta`lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V. SHukshunov O’zbekistonda ishlab chiqilgan ushbu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo`q hujjat, deb ta`rifladi. O’zbekistonda yaratilayotgan ta`lim tizimi “Ta`limning o’zbek modeli” deb e`tirof etildi. Milliy dasturni hayotga tatbiq etish borasida keyingi 10 yil davomida talay natijalarga erishildi. Talabalar ta`lim olayotgan oliy ta`lim muassasalaridagi o’zgarishlarning amaliy natijasi 2008 yilning sentabrida O’zbekiston Milliy universitetining 90 yilligini nishonlash tantanasida yorqin va yaqqol ko’zga tashlandi. Xulosa qilib aytganda, taraqqiyotning o’zbek modeli jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy va ma`naviy hayotida o’zini to’la oqladi. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos yo`nalishi qat`iy belgilangan tartibda mamlakat ravnaqi uchun xizmat qilmoqda. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling