Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Nogironlik va nogironlik pensiyalari tushunchasi


Download 1.46 Mb.
bet79/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

3.Nogironlik va nogironlik pensiyalari tushunchasi.
Hozirgi kunda aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy himoyasi davlatimiz olib borayotgan ichki siyosatlarning asosiysi bo’lib hisoblanadi. Nogironlar aholining ijtimoiy zaif va yordamga muhtoj tabaqalari qatoriga kirganligi uchun nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofazalashga doir bir qancha huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
1991-yil 18-noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi Qonun mustaqillik e`lon qilingandan keyingi ilk qadam bo’lib, keyinchalik «Fuqarolarni sog’ligini saqlash to’g’risida»gi qonun va boshqa qarorlar va Davlat Dasturlari qabul qilindi.
«Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 1- moddasida «Nogiron» tushunchasini ta`rifi berilgan, unga ko’ra «Jismoniy va aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs, nogiron hisoblanadi. SHaxsning turmush faoliyatini cheklanganligi uning o’ziga-o’zi xizmat qilish, yurish, yo’lni topa bilish, muloqat qilish, o’z hattiharakatlarini nazorat qilish, shuningdek mehnat bilan shug’ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to’la yoki qisman yo’qotganligida ifodalanadi ».
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki,nogironlik ya`ni ishga yaroqsizlik holati turli sabablar asosida kelib chiqishi mumkin. Bu holatlar, aqliy zaiflik, ko’zi ojizligi, harakat organlarining ishlamasligi, kar-soqovligi yoki boshqa sabablar oqibatida o’z-o’zini idora qilishi, harakat qilishini qiyinlashib qolishidan iborat. Surunkali kasallik bilan qiynalgan yoki anatomik kamchiliklari bo’lgan shaxslarga, shu kasallik va kamchiliklar organizm faoliyatini bo’zib, kasbiy mehnatni bajarishga halaqit beradigan va davolansa ham barqaror tus oladigan hollarda nogironlik belgilanadi.
Mehnat qobiliyatining turg’un darajada buzilishi natijasida bemorning kasbiy mehnatini uzoq muddatga to’xtatishga yoki mehnat sharoitini birmuncha o’zgartirishga olib keladigan holatlar nogironlikni belgilash uchun asos bo’ladi. Nogironning ishida bir oz o’zgarish qilish yoki uni yengillatish malakasini yo’qolishi yoki pasayishiga, yo bo’lmasa mehnat hajmining keskin qisqarishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasida nogironlikni oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Nogironlarni o’qitish, ishga joylashtirish, ularga imtiyozlar belgilash, ularga ijtimoiy yordam berish yo’li bilan ularning kamol topishlari, ijodiy ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish ana shunday olib borilayotgan tadbirlardir.
Mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasiga qarab, nogironlik 3 guruhga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17- iyuldagi 328-sonli va 1994-yil 23-iyundagi 317-sonli qarorlari asosida nogironlik guruhlari quyidagi tartibda belgilanadi. Nogironlikni 1-guruhini belgilash uchun organizm faoliyatining buzilishi natijasida nogiron o’ziga o’zi xizmat qila olmasligi va boshqalarning doimiy yordamiga muhtojlik sezishi asos bo’lib hisoblanadi. 1-
guruh nogironligi salomatlik holatini vaqtincha yomonlashuvi tufayli tasodifiy, onda-sonda xizmat ko’rsatish yoki parvarishlashga emas, balki har kuni, muntazam xizmat ko’rsatish, yordam berishga muhtoj bo’lib qoladilar. 1-guruh nogironligini belgilash uchun asos birinchidan, mehnat qobiliyatini doimiy yoki uzoq muddatga yo’qotganligi, boshqalarning yordamiga muhtojligi bo’lsa, ikkinchidan, organizm mutlaqo ishlamasligi ko’rinib turishi va boshqalarning yordamiga muhtojligi yoki
yordamiga qaramay maxsus yaratilgan sharoitlarda mehnat faoliyatiniayrim turlariga moslasha olishi mumkinligi (uyda, maxsus sexlarda ishlashi) hisoblanadi.
Nogironlikni 2-guruhini belgilash uchun organizm faoliyatining birmuncha buzilishi, biroq boshqa kishilarning yordamiga muhtojlik sezmaydigan, ammo yo maxsus yaratilgan sharoit tufayli alohida mehnat turlari to’g’ri keladi, yoki boshqa doimiy yoki uzoq muddatga yo’qotishiga olib keladigan holatlar asos bo’ladi.
Nogironlikni 2-guruhi birinchidan, mehnat qobiliyatini doimiy yoki uzoq muddatga yo’qotgan, lekin birovlarning yordamiga muhtoj bo’lmagan shaxslarga, ikkinchidan, mehnat faoliyati ta`siri ostida salomatligi yomonlashganligi tufayli barcha ish turlari uzoq muddatga to’g’ri kelmaydigan, uchinchidan og’ir surunkali kasallik bilan og’rigan, tayanch-harakat a`zolarida murakkab nuqsonlari bor,
ko’rish qobiliyati ancha yo’qolgan, mehnat qilish zararli bo’lmay, maxsus yaratilgan sharoitlarda ishlashi mumkin bo’lgan shaxslarga belgilanadi. 3-guruh nogironligi uzluksiz kasallik yoki tanadagi anatomic kamchiliklar tufayli mehnat qobiliyati pasayganda belgilanadi. Bu nogironlik belgilangan shaxslar engil ishlarda ishlashlari mumkin bo’lib, ayrim hollarda 3-guruh nogironligi belgilanganda, xodimni engilroq ishga o’tkazish zarurligi belgilanadi. TMEKlar haqidagi Nizomning 41- moddasiga asosan nogironlikni quyidagi sabablari belgilanadi.
Umumiy kasallik — bu nogironlik shaxs organizmining kasallanishi, mehnat faoliyati va burchi bilan bog’liq bo’lmagan holdagi baxtsiz hodisa natijasida mayiblanishi, jarohatlanishi, kontuziya olishi natijasida kelib chiqadigan holatdir.
Mehnatda mayiblanish — mehnat faoliyatini bajarish bilan bog’liq holdagi mayiblanish, jarohatlanish natijasida kelib chiqadi.
Kasb kasalligi — ishlayotgan kasbining inson salomatligiga ta`siri tufayli vujudga keladi.
Harbiy xizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan nogironlik
— harbiy xizmat vazifalarni bajarish vaqtidagi yaralanish, kontuziya, shikastlanish, kasallanish natijasida paydo bo’lib, bu frontdagi nogironlik, urush harakatlarida qatnashgan nogironlik, baynalminal burchini bajarish vaqtidagi nogironlik va boshqalar bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
11-mayda qabul qilingan 249-sonli qarorining 2- ilovasiga asosan urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar nogironligi deb yuritiladi.
Harbiy xizmatni o’tayotganda sodir bo’lgan nogironlik — harbiy xizmatni o’tash davriga to’g’ri kelib, nogironlikni kelib chiqish sababi, kasallanish, mayiblanish, jarohatlanish, yaralanish harbiy xizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq bo’lmay, armiya nogironlari deb yuritiladi.
Bolalikdan nogironlik — tug’ma yoki 16 yoshga to’lguncha bo’lgan vaqtidagi kasallanish, mayiblanish tufayli nogiron bo’lib qolganda belgilanadi. Nogironlik guruhlari va sabablari Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to’g’risida»gi Qonunining 1-moddasiga asosan ish stajiga ega bo’lgan fuqarolargina davlat pensiyasi olish huquqiga egadirlar. Nogironlik pensiyasi tayinlashda esa, pensiya mehnat qobiliyatini yo’qotilishi munosabati bilan belgilanadi. Demak nogironlik pensiyasini tayinlash uchun zarur shart birinchidan, TMEK tomonidan nogironlik guruhini belgilanishi bo’lib pensiyaning miqdori mehnat qobiliyatini yo’qotish
darajasiga bog’liq. Nogironlik pensiyasi nogironlik qachon boshlanganligidan, ish
davridami, ishga kirgunga qadarmi, uni tugatgandan keyinmi qat`iy nazar tayinlanadi.
Agar nogironlik mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli sodir bo’lsa, pensiya ishining davomiyligidan qat`iy nazar tayinlanadi. CHunki nogironlikning bu turlari yuqorida ko’rsatilgan mavzularda ko’rsatib o’tganimizdek, mehnat faoliyati bilan yoki u bilan tenglashtirilgan faoliyat bilan bog’liq bo’lgan holda sodir bo’ladi. SHuning uchun bu sababli nogiron bo’lgan shaxslarga pensiya tayinlash uchun ish stajini kam yoki ko’pligi emas, umuman ish staji bo’lmagan
hollarda ham nogironlik pensiyasi tayinlanishi mumkin. Mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi tufayli nogironlik pensiyasi tayinlashda nogironning yoshi va stajining ahamiyati yo’q.
Misol: Arizachi ayol mehnatda mayiblanganlik bo’yicha 2-guruh nogironi deb tan olingan. YOshi 34 da, hech qaerda ishlamagan. Qo’shnisinikida yong’in sodir bo’lganida, uning uyida qolgan bolalarini qutqarish vaqtida kuyib nogiron bo’lib qolgan. Ayol fuqarolik burchini bajarish chog’ida nogiron bo’lib qolganligi uchun ish stajidan qat`iy nazar unga nogironlik pensiyasi tayinlanadi. Nogironlik umumiy kasallik tufayli sodir bo’lgan bo’lsa, nogironlik pensiyasi tayinlashda nogironning yoshiga nisbatan quyidagi jadvaldagidek ish staji talab qilinadi. Agar nogironlik umumiy kasallik tufayli sodir bo’lgan bo’lsa, yuqorida ko’rsatilganidek, nogironning yoshi yuqori bo’lgan sari talab qilinadigan ish staji ham oshib boradi.
YOshi Ish staji (yil hisobida)
23 yoshga qadar 2
23 yoshdan 26 yoshga qadar 3
26 yoshdan 31 yoshga qadar 5
31 yoshdan 36 yoshga qadar 7
36 yoshdan 41 yoshga qadar 9
41 yoshdan 46 yoshga qadar 11
46 yoshdan 51 yoshga qadar 14
51 yoshdan 56 yoshga qadar 17
56 yosh va undan yuqori 20
Umumiy kasallik bo’yicha pensiya tayinlashda ba`zan nogironlik boshlangan vaqt ahamiyatga ega bo’ladi. Agar umumiy kasallik bo’yicha nogironlik 20 yoshga to’lguncha ish davrida yoki uni to’xtatgandan keyin boshlangan bo’lsa, nogironlik pensiyasi pensiyaga murojaat qilgan vaqtdan qat`iy nazar, mehnat staji talab qilinmasdan tayinlanadi.
Nogironlik pensiyalari miqdori nogironning ish staji, nogironlik guruhi, o’rtacha oylik ish haqi miqdori va boshqa imtiyozlarga bog’liq. Qonunning 25-moddasiga asosan pensiya miqdori quyidagilardan iborat: pensiyaning tayanch miqdori; ish staji uchun oshirish; ustama haqlar. 1-2-guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun- pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining
foizi, lekin eng kam ish haqining 100 foizidan kam bo’lmagan miqdorda aniqlanadi. (Bu miqdor hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarida ko’rsatilgan eng kam yoshga doir pensiya miqdoridan kam bo’lmasligi kerak).
Pensiyaning tayanch miqdorini aniqlashda olinadigan o’rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqini 8 hissasidan oshmasligi, o’rtacha ish haqi kam bo’lgan hollarda pensiya eng kam ish haqidan hisoblab chiqarilishi kerak, lekin har qanday holda ham pensiyaning tayanch miqdori belgilangan eng kam miqdordan kam bo’lmasligi kerak. 3-guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin
eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo’lmagan miqdorda hisoblanadi.
To’liq ish staji bilan nogironlik pensiyasi tayinlashda nogironlik sababidan qat`iy nazar nogironning yoshiga nisbatan talab qilingandan ortiqcha har bir to’liq yil uchun pensiya miqdori quyidagicha oshiriladi. 1-2-guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida; 3-guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi
miqdorida oshiriladi.
Nogironlik pensiyalariga ustama haqlar eng kam ish haqiga nisbatan foiz miqdorlarda aniqlanib, uni belgilash uchun nogironni tegishli nogironlik guruhi va sababiga yoki boshqa imtiyozlarga ega bo’lishidir. Qonunning 28-moddasida ustama haqlar belgilangan bo’lib, nogiron bir vaqtning o’zida bu ustamalarning 1 tasi yoki bir nechtasini olish huquqiga ega bo’lishi yoki umuman ustama haq berilmasligi ham mumkin. Nogironlik pensiyalari Qonunning 47-moddasiga asosan quyidagi muddatlarda tayinlanadi. Nogironlik pensiyasi agar nogironlik belgilangan kundan boshlab 3 oy ichida pensiya so’rab murojaat etilgan bo’lsa, TMEK nogironlik belgilagan kundan e`tiboran tayinlanadi. Nogironlik belgilangan kun TMEK ma`lumotnomasida ko’rsatiladi. Nogironlik pensiyalari 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayollarga umrbod muddatga tayinlanadi. Ularni qayta ko’rikdan o’tkazish ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi. Boshqa nogironlarga nogironlik pensiyasi TMEK ma`lumotnomasida ko’rsatilgan muddatgacha tayinlanadi, muddat tugagandan keyin nogiron qayta ekspertiza
ko’rigidan o’tishi shart. Qayta ko’rikdan o’tish nogironlik muddati tugashidan oldingi oyda amalga oshiriladi va pensiya to’lovi qayta davom ettiriladi. Agar kechikib TMEK ekspertizasidan o’tilsa va nogironlik guruhi o’zgarib pensiya qayta hisoblanishi kerak bo’lsa, nogironlik pensiyasi murojaat qilgan oydan
keyingi oyning birinchi chislosida pensiya qayta hisoblanadi. Agar TMEKdan o’tish muddati uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan bo’lsa va u yana qayta nogiron deb tan olinsa, pensiya to’xtatilgan kundan ko’rikdan o’tkazilgan vaqtgacha bo’lgan muddat uchun ham pensiya to’lanadi. SHu vaqt uchun pensiya statsionarda davolanishda bo’lgan kunlaridan tashqari kunlarga (komandirovka, turar joyidan uzoqda ta`tilda, tabiiy ofatlar, oilasidagi biror uzrli sabablar) ko’pi
bilan 1 oy muddatga to’lanadi. Bunda keyingi nogironlik guruhi avvalgi nogironlik guruhidan past yoki yuqori bo’lsa, pensiya avvalgi nogironlik guruhi bo’yicha to’lanadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling