Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Harbiy xizmatchilarning pensiya ta`minoti
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
5. Harbiy xizmatchilarning pensiya ta`minoti.
1990-yil 28-aprelda qabul qilingan «Harbiy xizmatchilarning pensiya ta`minoti to’g’risida»gi Qonunga asosan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiy xizmatchilar, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari va boshqa harbiylashtirilgan xizmatlarda band bo’lgan xodimlarni, ularning oila a`zolarini pensiya ta`minoti bilan ta`minlash shartlari va tayinlash normalarini tartibga soladi. Qonunga asosan yuqorida ko’rsatilgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolariga ko’p yillik xizmati, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari tayinlanadi. Bu pensiyalarni tayinlash ishlari bilan Mudofaa, Ichki Ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlarining Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining tuman(shahar) bo’limi shug’ullanadilar, lekin muddatli harbiy xizmatchilarga va ularning oila a`zolariga nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari ularning hoxishiga binoan Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limi tomonidan tayinlanishi mumkin. Biz bu mavzuda muddatli harbiy xizmat davrida nogiron bo’lib qolgan oddiy askarlar tarkibidagi muddatli harbiy xizmatchilar pensiya ta`minoti haqida so’z yuritamiz. Muddatli harbiy xizmatning oddiy askarlar, serjantlar va starshina tarkibidagi harbiy xizmatchilarga ushbu Qonun asosida nogironlik pensiyasi harbiy xizmatni qancha davom etganligi va harbiy xizmatdan oldingi ishidan qat`iy nazar quyidagi shartlar: — nogironlik agar harbiy xizmat davrida sodir bo’lgan bo’lsa; — harbiy xizmatda sodir bo’lgan kasallanish, yaralanish, jarohatlanish yoki kontuziya olish tufayli keyinchalik nogiron bo’lib qolgan bo’lsa; — harbiy xizmatdan bo’shagandan so’ng 3 oy ichida nogiron bo’lib qolgan bo’lsa tayinlanadi. Harbiy xizmatchilarga nogironlik pensiyalari miqdori quyidagilarga bog’liq: — nogironlikning kelib chiqish sabablariga; — harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar ishlaganlik faktiga; — nogironlik guruhiga; — harbiy xizmatda bo’shatilgan vaqtda harbiy unvonining borligiga; — pensiyaga qo’shimcha olish huquqiga. Harbiy xizmatchilarning nogironlik sabablari bir necha xil bo’lib, uni turlarini o’z harbiy burchini bajarishi bilan bog’liqligi va harbiy burchiga tegishli bo’lmay faqat harbiy xizmatda bo’lgan davrda sodir bo’lganligiga qarab ajratamiz. a) Urush nogironlari,ularga tenglashtirilgan harbiy xizmatchi nogironlarga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249- sonli qarorini 2- ilovasida ko’rsatilgan shaxslar kiritilib, ularga o’z harbiy xizmat burchini bajarish bilan bog’liq bo’lgan holda sodir bo’lgan kasallanish, yaralanish, mayiblanish, jarohatlanish, kontuziya olish tufayli nogiron bo’lib qolgan muddatli harbiy xizmatchilar kiradi; b) Armiya nogironlari, harbiy xizmatni o’tayotgan davrda harbiy burchini bajarish bilan bog’liq bo’lmagan kasallanish, yaralanish, jarohatlanish yoki boshqa baxtsiz hodisa tufayli nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilardir. Ularga nogironlik guruhlari va sabablari harbiy gospitaldan berilgan kasallik tarixiga asosan TMEKlar tomonidan belgilanadi. Nogironlik belgilangandan keyin u hohlagan vaqtda pensiyaga murojaat qilishi mumkin, chunki harbiy xizmatchilarga nogironlik pensiyasi tayinlashda ish stajining ahamiyati yo’q. Harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar ishlagan muddatli harbiy xizmatchilarga nogironlik pensiyasi harbiy xizmatdan oldin olgan o’rtacha oylish ish haqidan hisoblab chiqariladi. Harbiy xizmatchi harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar hech qaerda ishlamagan bo’lsa, nogironlik pensiyalari qat`iy (minimal) miqdorlarda aniqlanadi.Harbiy xizmatchilarning oila a`zolariga boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlashda, pensiyani hisoblash miqdoriga harbiy xizmatchini vafot etish sababi ta`sir ko’rsatadi. 1) Harbiy xizmatni bajarayotganda, ya`ni o’z harbiy burchini bajarish bilan bog’liq bo’lgan sabablar bilan vafot etgan harbiy xizmatchi, urushda halok bo’lganlarga tenglashtiriladi. 2) Harbiy xizmatni o’tayotgan davrda, harbiy xizmat bilan bog’liq bo’lmagan kasallanish, mayiblanish, kontuziya olish tufayli vafot etsa, armiyada vafot etgan deb hisobga olinadi. Harbiy xizmatchilarning oila a`zolariga boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini tayinlash uchun, harbiy xizmatchining harbiy xizmatga chaqirilishdan oldin olgan o’rtacha ish haqi olinadi. Agar harbiy xizmatchi, harbiy xizmatga chaqirilishdan oldin ishlamagan bo’lsa, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi qat`iy miqdorda belgilanadi. Harbiy xizmatchilarning pensiya ta`minoti to’g’risidagi Qonunning 33-moddasiga asosan quyidagi ishga yaroqsiz oila a`zolari boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo’ladilar. a) farzandlar,aka-uka,opa-singil va nabiralar 18 yoshga to’lmaganbo’lsalar, yoki undan katta bo’lsalar 18 yoshga to’lgunicha nogiron bo’lib qolgan taqdirda, o’quvchilar 23 yoshga to’lgunicha, shu bilan birga aka-uka, opa-singil va nabiralarning ishga yaroqli ota-onalari bo’lmagan taqdirda; b) ota-ona, er yoki xotin yoshga doir pensiya olish yoshiga etgan bo’lsa yoki nogiron hisoblansalar, d) er yoki xotindan biri, ota-ona, aka-uka, opa-singillardan biri marhumning 8 yoshga to’lmagan farzandini boqish bilan mashg’ul bo’lib, ishlamasalar; e) bobo yoki buvi — qonun asosida ularni boqishi shart bo’lgan shaxslar bo’lmagan taqdirda. Farzandlar, ota-onalar, ishga yaroqsiz hisoblansalar vafot etgan harbiy xizmatchining qaramog’ida turmagan bo’lsalar ham, kun kechirish uchun zarur bo’lgan mablag’ini yo’qotgan bo’lsalar, pensiya olish huquqidan foydalanadilar. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlashda agar o’gay ota yoki o’gay ona vafot etgan harbiy xizmatchini 18 yoshga to’lgunicha kamida 5 yil tarbiyalagan bo’lsalar, haqiqiy ota-onalar kabi pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar. O’gay farzandlar ham agar o’z ota-onasidan aliment olmayotgan bo’lsalar, haqiqiy farzandlar kabi pensiya olish huquqidan foydalanadilar. Farzandlikka olgan ota-ona, haqiqiy ota-ona kabi, farzandlikka olingan bolalar esa haqiqiy farzandlar kabi pensiya olish huquqiga egadirlar. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling