Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Tayanch harakat a’zolarida muammolari bo’lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinfni va dars jarayonini moslashtirish


Download 0.61 Mb.
bet55/76
Sana21.07.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1661543
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76
Bog'liq
5302fbcbdcb169642546bce3f64a2999 инклюзив таълим

Tayanch harakat a’zolarida muammolari bo’lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinfni va dars jarayonini moslashtirish
Yengil darajagi harakatlanishida muammolari bo’lgan bolani umumta’lim sinflarida o’qitish uchun ko’p narsa talab etilmaydi. Ammo boladaning harakatlanishidagi mummolar og’ir darajada bo’lsa, umta’lim tizimida o’qitishda sinfni moslashtirish bo’yicha quyidagilar tavsiya etiladi:
1. Harakatlanshida muammosi bo’lgan bola o’tirganda boshi va
gavdasini to’g’ri tutishi uchun maxsus o’rindikdarning mavjud bo’lishi
yoki o’rindikdarni bu bolaga moslashtirish;

  1. Uqituvchi va tengdoshlari bolani tushuna olishlari uchun muloqat taxtalari (masalan, rasmli yoki turli ramziy belgilardan tashkil topgan taxtalar)dan foydalanish;

  2. Bola sinfda harakatlana olishi uchun sinf xonasining devorlari yoniga yordamchi vositalar qo’yish (Masalan, yog’ochdan tirgagichli "yo’lakcha"lar yasash);

  3. Agar bola aravacha o’tirsa sinfxona partasini imkon qadar harakatlanishida muammosi bo’lgan bolaning aravachasi uchun moslashtirish;

  4. Agarda bolaning nutqida og’ir nuqsonlar bo’lsa muloqotning boshqa shakllaridan, masalan rasmlar yoki chizilgan ramziy kartochkalardan foydalanish mumkin. Ular sinf taxtasiga joylashtirilsa, bola o’z fikrini bu vositalar orqali ifoda etadi;

  5. Bolani og’zaki savollar berishga undash, lekin unga o’z nutqi bilan yoki boshqa vositalar orqali javob berishga fursat berish;

  6. Tengdoshlaridan ushbu bola bilan o’zaro muloqat qilishlarini so’rash, chunki bolalar doimi bir-birlari bilan muloqat qilish yo’lini topadilar;

  7. Qo’l, oyoqlarini boshqara olishda qiynalgan bolalar yozishda juda ko’p qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun ularning yozishlariga qo’shimcha vaqt ajratish lozim, yoki ularga ma’lumotning nusxasi berilishi yoki boshqa o’quvchi ularga yozib berishi mumkin.

Tayanch harakat a’zolarida muammolari bo’lgan bolalar nutqining o’ziga xosligi va olib boriladigan korreksion ishlar
Tayanch harakat a’zolarida muammolari bo’lgan bolalarning ko’pchiligida ayniqsa bolalar serebral falajida turli xildaga nutq nuqsonlari uchraydi. Eng ko’p uchraydigan nutq nuqsonlaridan biri dizartriya deb ataladi. Dizartriya-nutqning markaziy asab tizimi (bosh miyadagi nutq markazlari)ning jarohatlanishi natijasida kelib chiqadigan nutq nuqsoni. Dizartriya uchun markaziy hamda pereferik nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida nutqiy organlar mushaklari (muskullari)ning falajlanishi tufayli tovushlar talaffuzi va ovozning buzilishi xarakterlidir. Dizartriya nutq nuqsoni mavjud bo’lgan bolalarni doimiy ravishda nutqini tuzatish ustida ish olib borish lozim. Inklyuziv ta’limda imkoniyati cheklangan bolalarni o’qigishda har bir bolaning zaruriy ehtiyojlarini amalga oshirish eng asosiy talabdir. Chunki imkoniyati cheklangan bola bilan korreksion ish olib borish eng dolzarb masalahisoblanadi.
Tayanch harakat a’zolarida muammolari bo’lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni tuzatish ishlari asosan maktab logopedi tomonidan amalga oshiriladi. Ammo boshqa darslarda ham o’qituvchilar tomonidan korreksion ishlar davom ettirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi bola bilan mashg’ulotlarni mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda muntazam o’tkazish tavsiya etiladi.
Nutq a’zolari uchun mashqlar. Nutq a’zolarining asosiy harakatlarini rivojlantirish, aniqlash, mustahkamlash maqsadida birinchi bosqichda nutq mashqlari majmuasi tavsiya etiladi.
Nutq a’zolarining to’g’ri harakati va tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish uchun ma’lum holatni shakllantirish nutqiy mashqlarning asosiy maqsadidir. Nutq a’zolar uchun mashqlarni to’g’ri tanlash va uni nutq a’zolarida shakllantirish yaxshi samara beradi. Harakat ko’nikmalarini mustahkamlash, yanada mukammal bajarish maqsadida nutq a’zolari mashqlarini har kuni 4-5 marta, 3-5 daqiqa mobaynida o’tkazish mumkin. Har bir mashqni pedagog o’zi ko’rsatib berishi
lozim.
1. Til uchun harakatsiz mashklar.
a) "Qushchalar"-og’iz katta ochiq, til o’z o’rnida tinch holatda bo’ladi;
) "Kurakcha"-og’iz ochiq holatda, keng bo’shashgan, til pastki lablar ustida yotadi;
s) "Tog’oracha"-og’iz keng ochiq holatda. Tilning old va yon qismi ko’tariladi, lekin tishlarga tegmaydi;
<1) "Nayza"og’iz ochiq holatda. Uchli, uzun, zo’riqqan, qattiq, til oldinga chiqariladi;
ye) "Tepacha"-og’iz ochiq holatda. Til uchi pastki tishlarga tiraladi. Tilning o’rtasi ko’tarilib, "tepalik" hosil qilinadi;
g) "Tarnovcha"-og’iz ochiq holatda. Tilning ikki ChvKKMsh
yuqoriga ko’tarilib, "tarnovcha" hosil qilinadi;
d) "Qo’ziqorin"-og’iz ochiq holatda. Tilni tpnglnysh
yopishtirib so’riladi.
2. Til uchun harakatli mashqlar.
a) "Soatcha"-og’iz biroz ochiq, lablar tabassum holatidi. Til uchi og’iz burchaklari tomon galma-gal harakatlanadi.
) "Iloncha"-og’iz keng ochiq holatda. Til uchi uzun chiqarilib, so’ng ogiz ichkarisiga tortiladi.
s) "Arg’imchoq"-og’iz ochiq holatda. Tarang, til yuqori va pastki burun va iyak tomon yoki yuqori va pastki tishlar tomon harakatlanadi;
y) "Futbol"-og’iz yopiq holatda. Til o’ng va chap lunjlanrga uriladi.
ye) "Tish tozalash"-og’iz yopiq holatda. Til lab va tishlar
orasida (milklarda) aylanma harakatlantiriladi.
g) "Bo’yoqchi"-og’iz ochiq holatda. Keng til uchi yuqoridagi tishlardan boshlab, yumshoq tanglaygacha harakatlantiriladi.
§) "Shirin murabbo"-og’iz ochiq holatda. Keng tid uchi bilan yuqori lab yalanib, til og’iz bo’shlig’ining ichkarisiga olinadi.
3. Lab uchun mashqlar.
a) "Tabassum"-lablarni tabassum holatida tutib
turiladi. Tishlar ko’rinmaydi.
) "Devorda"-yuqori va pastki tishlar ko’rsatib turiladi. Lablar tabassum holatida.
s) "Naycha"-lablarni uzun trubka shaklida oldinga cho’chchaytirish.
b) "Xartumcha"-jipslashgan lablarni cho’chchaytirish.
ye) "Teshik kulcha"-tishlar jipslashgan, lablar teshik kulcha shaklida ozgina oldinga cho’zilgan. Yuqori va pastki tishlar ko’rinib turadi.
g) "Quyoncha"-tishlar jipslashgan holatda. Yuqori labko’tarilib, tepa tishlar ko’rinib turadi. Ushbu mashqlar ketma-ket bajariladi. Tayyorlov davrida pedagog yoki ota-ona yuqoridagi mashqlardan ayrimlarini, ya’ni noto’g’ri talaffuz qilinadigan tovushni to’g’ri shakllantirishga mos keladigan mashqlarnigina tanlashi lozim.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling