Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi


Sotsiologiyada gumanistik oqim asoschisi


Download 0.77 Mb.
bet15/95
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1565020
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog'liq
c464f076a0f5a659fa0f01759e953055 МУТАХ.КИРИШ соц. маж 1-курс Word

Sotsiologiyada gumanistik oqim asoschisi...

  1. O.Kont

  2. E.Dyurkgeym

  3. P.Sorokin

  4. Veber

  1. «Protestant axloqi va kapitalizm ruhi» asarinig muallifi...

  1. T.Parsons

  2. M.Veber

  3. O.Kont

  4. G.Spenser

MAVZU 3 -Mavzu:Sotsiologiya metodologiyalari va metodlari. To’plangan ma`lumotlarni qayti ishlash va tahlil qilish metodlari


Reja:
1.Metodologiya tushunchasi
2.Sotsiologiya metodologiyasi
3. empirik sotsiologik metodlar
4.Sifatli va miqdoriy kontent tahlil
Metodologiya tushunchasi va sotsiologiya metodologiyasi
Metodologiya fanning alohida bir bo’limi bo’lib, u bilish jarayonining murakabbligi va turli-tumanligini tadqiq qila borib, bilimning tamoyillari, shakllari va metodlari ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Barcha fanlarda metodologiya masalalari doimo dolzarb vazifa bo’lib kelgan. Metodologiyaning shakllanish jarayoni empirik tadqiqotlar amaliyoti rivoji bilan bog’liq bo’lib, buning natijasida metodologiya ayrim hollarda tadqiqotlarning empirik vositasi va metodi deb sharxlanadi. Metodologiyani bunday sharxlanishi tor ma`noga ega. CHunki u anfaqat empirk, balki nazariy bilim olish, fanning fundamental tamoyillari va asoslarini ishlab chiqish bilan ham jiddiy shug’ullanadi.
Tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodologiyaning asosiy turlarini tahlil qilib chiqish muhim ahamiyatga ega. Metodologiya turlarga ajratish turli mezonlar asosida amalga oshiriladi. Bularning orasida eng keng tarqalgan mezon bu – tahlil qilish va tadbiq etish mezonidir. Bu mezon asosida fanning umumiy, maxsus va empirik metodologiyasini ajratib olish mumkin bo’ladi.
Umumiy metodologiya fundamental tadqiqotlar negizida shakllanadi. U voqelikni bilishning yalpi tamoyillari va shakllarini ishlab chiqish, nazariy va empirik bilimlar mog’iyati, umummetodologik muammolarni hal qilish, bilishning turli shakllari va metodlarining ahamiyatini aniqlaga intiladi. Umummetodologik tushunchalar va tamoyillar tadqiqotlarning barcha darajalarida ishlatiladi. YA`ni, ham yalpi yaxlitlik tahlili darajasida, ham uning alohida sohalarida.
Umumiy metodologiya bilan bir qatorda maxsus metodologiya ham mavjud. Bu metodologiya ob`ekt tadqiqotining ma`lum bir sohasiga tadbiq etish uchun ishlab chiqilgan maxsus metodologiya bo’lib, u sotsiologiyada hali to’liq rivojlanmagan hasiblanadi.
empirik tadqiqotlar ham o’zlari uchun alohida bir metodologiyaga ega bo’lishga erishdilar. Fanda metodologiyalarni umumiy, maxsus va empirik darajalarga ajratish ma`lum bir ma`noda shartlidir. CHunki, ko’pgina xususiy yo’nalishlar umumiylikka da`vogarlik qilsalar, fundamental tamoyillar esa empirik tadqiqotlarga aylanadilar.
Empirik sotsiologik metodlar
Sotsiologiya tadqiqotlar sotsiologlar tamonidan savollarga javob topish yuzasidan olib boradigan faoltyati majmuidir.
Sotsiologik tadaqiqotlar ilmiy farazlarni tekshirish uchun ilmiy uslub xamdir. Sotsiologiya tadkikotlar quydagicha tartibga ega bo’lishi mumkin: Muammo qo’yish, Ob`ektni aniklash, tadqiqot dasturini ishlab chiqish , ma`lumotlarni yig’ish,ma`lumotlarni kayta ishlash. Bu jarayonda ma`lumotlarni izchiligi va uni umumlashtirish zarur bo’ladi.9
Empirik sotsiologik tadqiqot usullari asosan qo’yidagilardir:

  1. So’rov usuli.

  2. Hujjatlarni o’rganish usuli.

  3. Interv’yu usuli.

  4. Kuzatish usuli.

Sotsiologik tadqiqot usullari ichida hozirgi kunda eng keng tarqalgani so’rov usulidir. So’rov usulining qulayligi shunda namoyon bo’ladiki, tadqiqotning kuzatish va eksperiment usullarini faqat mutaxassis sotsiologlar qo’llashi mumkin bo’lsa, so’rov usulida tadqiqot o’tkazishga qisqa muddatli tayyorgarlikdan o’tgan yordamchilarni ham jalb qilish va ular yordamida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin.
So’rov usuli boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot ko’lamini kengaytirishda so’rov usulining imkoniyatlari juda katta.
Bu usul qo’llanilganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamlakat miqyosida ham tadqiqot o’tkazish mumkin.
Tadqiqotchi respondentga savol berishdan avval o’zi bir necha savollarga javob topishi kerak. Bu savollar quyidagilar:

  1. Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi?

  2. Respondent savollarga javob berishni xoqlaydimi yoki yo’qmi?

  3. Respondent qo’yilgan savollarga javob bera oladimi, yo’qmi?

  4. Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qay yo’sinda, qay tarzda va qay shaklda berish kerak? Mana shu savollarga javob topa olgan sotsiolog tadqiqotning muvaffaqiyatli chiqishini ko’p jihatdan ta`minlagan bo’ladi.

To’planishi kerak bo’lgan ma`lumot xarakteri va uni to’plash usuliga qarab so’rovlar ikki turga bo’linadi:

  1. Anketa so’rovi.

  2. Interv’yu.

Savol berilishi mumkin bo’lgan odamlar yoki potentsial respondentlarni qay darajada qamrab olishiga qarab so’rovlar yana ikki turga bo’linadi:

  1. YAlpi so’rovlar.

  2. Saylanma so’rovlar.

Bulardan tashqari, ochiq va yopiq so’rovlar, yuzma-yuz va sirtdan so’rov singari turlar ham mavjud.
hujjat o’z semantik ma`nosiga ko’ra isbot etish mazmunini ifodalovchi so’zdir.
Tadqiqot davomida tadqiqot ob`etni o’zgartish mumkinligi va vaziyatga qarab moslashtirish mumkin. Hususan jarayon davomida interviyu, muhokama, tahlilni o’sha guruhni kuzatish davomida amalga oshirish mumkin. Kuzatuv sifatli tadqiqotlar sirasiga kirsa ham to’plagam ma`lumotlarini mavzuga oid jihatlarini umulashtirishda qayd qilingan solishtirishda miqdoriy jihatlarni ham hisobga oladi. Bevosita kuzatish borasida olim Hovell quydagicha to’rt bosqichni muhim deb hisoblaydi.

  • O’rganadigan kishilari bilan o’zaro hamjihatlikni barpo etish

  • Butun ob`ektni bir butunlikda qamrab olish

  • Kuzatuv ma`lumotlarini qayd qilib borish

  • Yig’ilgan ma`lumotlarni umumlashtirish

Kuzatuv metodning quydagicha turlari mavjud:



  • Bilvosita ishtirok – o’rganish davomida axoli yoki ob`ekt bilan umumiy aloqa mavjud bo’maydi

  • Passiv ishtirok- tadqiqotchi ma`lum rol bilangina cheklanadi

  • Mo’tadil ishtirok- tadqiqotchi “ichkari” va “tashqari” borasidagi balansni saqlab qoladi

  • Faol ishtirok- tadqiqotchi o’rganilayotgan guruhning to’laligicha a`zosiga aylanib kompleks tarzda ma`lumotlarni to’laydi

  • Mukammal ishtirok - tadqiqotchi aholi bilan bevosita integratsiyaga kirishib ma`lumotlarni to’laydi vaziyatga qarab boshqa me`todlarni ishtirok davomida qo’llaydi10

Hujjat usuli tarixiy adabiyotlarda keng qo’llanilgan. Abu Rayhon Beruniyning «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ko’pdan-ko’p yozma manbalardan keng foydalaniladi.
Hujjat - moddiy material manba hisoblanib, voqea va faktlar xususidagi ma`lumotlarni o’zida ifodalaydi.
Hujjatda inson yoki jamoa fikri yozma va boshqa belgilarda namoyon etilgan bo’ladi. Hujjat sifatida turli formulalar, chizgilar, grafiklar, ramziy belgilar bo’lishi ham mumkin. Bunday shartli belgilar muayyan ma`lumotga ega kishilar tomonidan o’qiladi.
Hujjatlarning o’ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagi tasnifni e`tiboringizga havola etamiz:

  1. Sotsiologik tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega holat, fakt avvalo inson tomonidan (yoki mahsus moslamalar ko’magida) qayd etiladi, so’ngra hujjat shaklida ifodalanadi. Demak, hujjat inson ongida avval paydo bo’lib so’ng og’zaki, yozma manbalarda ifoda etiladi, qayd qilinadi, saqlanadi va tarqatiladi.

  2. Har qanday holatlarda ham muayyan fakt va holatlarningmuhim jihatlari xususidagi informatsiyaga ega bo’ladi (tekst, ovoz yozish moslamalari, nurli ifodalarda yoki chizma belgilarda aks ettiriladi).

  3. Ayrim hujjatlar mazmuni faqat muayyan mahsus bilimlarga ega bo’lgan kishilargagina tushunarli bo’ladi. Masalan, murakkab texnologiya loyihalari, qurilish smetalarini, elektron-hisoblash mashinalari beradigan ma`lumotlarni mahsus bilimlarsiz anglab olish qiyin. Ammo bunday hujjatlar mazmuni mahsus bilimlarga ega bo’lgan har xil kishilar uchun bir xil ma`no berishi kerak.

  4. Hujjat, uning saqlanishi va yagona mazmun berishi xususiyatlari tayin bo’lsa, istalgan manbada bayon etilishi va istalgan usulda ifodalanishi mumkin.

Tashkilot, muassasa va mansabdor shaxs tomonidan beriladigan hujjatlar umumiy qabul qilingan muayyan guvohlik mazmunini ifodalovchi rasmiy rekvizitlarga ega bo’ladi. Ularni taxminan shunday xarakterlash mumkin:

  1. hujjatlarda muhr, shtamp, bosmaxona blanki belgilari bo’lib, ular muayyan muassasa, tashkilotga tegishli ekanligidan dalolat berib turadi.

  2. hujjat ma`lum mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo’lib,

uning ismi-sharifi va unvoni aks etadi.

  1. hujjatda, u tuzilgan joy, vaqt, qabul etish va muayyan adresga jo’natish belgilari qayd etilgan bo’ladi.

Albatta, sotsiologiya fani uchun hujjatda aks ettirilgan mazmun birinchi darajali ahamiyatga ega, ammo mazkur hujjatning nechog’lik haqqoniyligi va realligi uning tuzilish shakliga ham bog’liqdir.
Hujjatlarning bir qancha xillari bor:
a) qayd etish usuliga ko’ra farqlanadigan hujjatlar (qo’lyozma, bosma yozuv, kino va magnit tasmasidagi yozuvlar), fotosuratlar);
b) muayyan maqsad qo’yib olinadigan hujjatlar (tadqiqot dasturiga ko’ra sotsiolog tomonidan maxsus tuziladigan hujjatlar);
v) shaxsga doir (shaxsiy xujjatlar, xatlar, kundaliklar) va shaxsga bevosita aloqasi kam hujjatlar (statistik materiallar, matbuot ma`lumotlari, majlis prtokollari);
g) rasmiy darajasiga ko’ra farqlanuvchi hujjatlar (davlat statistika idoralari tomonidan rasmiy hujjatlarga ilova qilinadigan ma`lumotlar, qarorlar, farmonlar, ko’rsatmalar, shuningdek norasmiy hujjatlar-alohida shahs tomonidan tuziladigan arizalar, shikoyatlar, taqrizlar, guvohlik ko’rsatmalari va boshqalar);
d) hujjatlar informatsiya manbaiga ko’ra ham farqlanadi (birlamchi informatsiyalar bevosita kuzatish yoki so’rash usuli orqali olinadi, ikkilamchi informatsiya esa birlamchi ma`lumotni umumlashtirish, qayta ishlash hamda qayta tekshirish natijasida olinadigan ma`lumotlar tufayli qo’lga kiritiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling