Konkret sotsiologik tadqiqotlarning turlari
1. Dastlabki sinov (pilotaj) tadqiqotlari.
2. Tasniflovchi tadqiqotlar.
3. Analitik tadqiqotlar.
4. Bir marta o’tkaziladigan tadqiqotlar.
5. Ko’p martalik tadqiqotlar va ular ko’rinishlari.
Konkret sotsiologik tadqiqotlar deganda biz o’rganilayotgan ob`ekt haqida yangi bilimga ega bo’lishiga ko’maklashadigan nazariy va amaliy jarayonlar tizimini tushunamiz.
Bu tadqiqotlar umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalardan kelib chiqadigan tamoyillar, tushunchalar, ko’rsatkichlar asosida aniq ijtimoiy jarayonlarni o’lchash imkoniyatini beradi.
Sifatli va miqdoriy kontent tahlil
Sifatli ma`lumotlar- dala tadqiqotlari orqali to’plagadigan ma`lumotlarni ob`ektivligi, sezuvchalik, xaqqoniyligi , detallar boyligini ko’rsatib bera olishida ifodalanadigan termin hisoblanadi.
Miqdoriy ma`lumotlar – yig’ilgan ma`lumotlarni takrorlanish va ahamiyatiga qarab raqamlarda va turli statistik shakllarda o’lchash mumkin bo’lgan ma`lumotlarni nomlashda qo’llaniladigan termin hisoblanadi.
Ma`lumotlar to’plangandan so’ng uni tahlil etish keying muhim bosqich xisoblanadi. Sifatli va miqdoriy metodlar orqali to’plangan ma`lumotlar tahlili uchun turli xil usullardan foydalaniladi. Miqdoriy ma`lumotlar uchun tadqiqodchilar tajribada sinalgan statistik texnologyalarni kompyuter modellaridan foydalangan holda amalga oshiradilar. Odatda ma`lumotlar tahlilini rejasi yig’ilishidan oldin tuzib chiqiladi.
Sifatli ma`lumotlarning tahlili tadqiqotchining dala tadqiqotlari yozib borgan qaydnomasi, kuzatuvdagi tasmali qaydlar va intervyu beruvchilarning bergan ma`lumotlarini yozib borish orqali amalga oshiriladi. Intervyu jarayoni jarayoning tasmali qaydi va ovozlarning yozib olish tahlil qilishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Sotsiolog tahlil etishda o’zini qarashlari bilan odamlarning o’rganilgan qarashlarini ajrata olish muhim sanaladi. Sifatli ma`lumotlari turkumli tahlilini amalga oshirish uchun ko’plab sxema va kompyuter modellari mavjud So’rov usulining mohiyati shundan iboratki, tadqiqot olib boruvchi savol beradi va respondent o’zining dunyoqarashi, ma`lumoti, bilimi va xoqishidan kelib chiqib, savollarga javob beradi.11
Do'stlaringiz bilan baham: |