Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi


Download 0.77 Mb.
bet18/95
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1565020
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
Bog'liq
c464f076a0f5a659fa0f01759e953055 МУТАХ.КИРИШ соц. маж 1-курс Word

Jamiyatning ta`siri

Sotsial kutish superegoningko’rinishida namoyon bo’ladi

YOsh bolalarga tashqi olam ta`siri kuzatiladi

Jamiyatga barqarorlik va sotsial mutanositblikni saqlash joiz bo’ladi

Agentlarning ijtimoiy nazoratining bosimi oshib boradi

Boshqalarning kutishi orqali sotsial rollarni o’zlashtirish

SHaxs sotsiologiyasi aksariyat hollarda shakllanish, rivojlanish, tarbiya, sotsializatsiya kabi kategoriyalaridan foydalanadi. SHaxsni vujudga kelishi tushunchasi iste`mol qilinganda inson shakllanishi, rivojlanishiga maqsadli tarzda ta`sir qilayotgan ob`ektiv sharoitlar va sub`ektiv omillar nazarda tutiladi.
SHaxs rivoji tushunchasi kishining ongi va hulq-atvorida sodir bo’layotgan tadrijiy va ilgarilab borayotgan o’zgarishlarni ifoda etadi. Tarbiya sub`ektiv faoliyat bilan bog’liq bo’lib, u insonda uni o’rab turgan olam haqidagi tasavvurlarni paydo qiladi.
Sotsializatsiya esa shaxs shakllanishi, u tomonidan jamiyatda ishlab chiqilgan tartib-talablarni izchil tarzda o’zlashtirish, uni jamiyat bilan o’zaro munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan ongli faoliyati va hulq-atvorini vujudga keltirish uchun kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalarini vujudga keltiradigan jarayondir.
SHaxs sotsializatsiyasi kishi hayotining ilk yillaridan boshlanib, uning butun umri davomida kechadi.Aynan shu ma`noda biz ota-onalarning pedagogik madaniyati, inson tomonidan fuqarolik burchlarini bajarilishi va shaxslararo muloqat qoidalariga amal qilish haqida alohida to’xtashimiz lozim. Zero, sotsializatsiya kishi tomonidan unga jamiyat tomonidan qo’yilayotgan axloqiy me`yorlar va qoidalarni bardavom tarzda bilib borish jarayonidir. O’z ongli xatti-harakati va hulq-atvorining poydevorini tashkil qiladigan eng oddiy ma`lumotlarni kishi dastlab oiladan oladi.
Birlamchi va ikkilamchi sotsializatsiya.
Sotsializatsiya hayotiy jarayoni bo’lib, u ikki muhim qismlarga ajraladi: Birlamchi sotsializatsiyabolalar va o’smirlarning ilk hayot davrida sodir bo’ladi. Ikkilamchisi esa uning mantiqiy davomi bo’lib, u birlamchiga bog’liq holda kechadi. CHunki, kishilar endi har xil sotsial gruppalarga tegishli bo’lib boradilar.Lekin ayrim olimlar bu ikki davrni o’zaro kombinatsiya qilib borish lozimligini ta`kidlaydilar.
Mortimer and Simmono kabi olimlar sotsializatsiyaning yuqorida ko’rsatib o’tilgan ikki qismi bir-biridan farq qilishining uchta xususiyatlarini ajratib ko’rsatadilar:
1. Bolalikdagi sotsializatsiya biologik elemantlarni muvofiqlashtirish va qadriyatlar hamda o’zini namoyish qilish sifatlarini rivojlantirishdan manfaatdordir. Balog’at yoshida esa sotsializatsiya yana ham ochiq va konkret me`yorlar va xatti-harakatlarni qamrab olishga xizmat qiladi.
2. Ilk davrlarda ijtimoyilashayotgan kishi oila, maktab ma`nosida ochiq-oydin tarzda o’quvchi maqomini qabul qiladi. Bu davr kishining emotsional holatini izohlab beradi.
3. Go’dak, yoki o’spirin kattalarga qaraganda ancha tobelik sifatiga ega bo’ladi. Katta yosh davridagi sotsializatsiyada ko’ngillilik asosiy ma`noga ega bo’ladi, chunki, kattalar bu jarayonni hohlagan vaqtlarida to’xtatishlari mumkin.15
Albatta, sotsializatsiya bu insonlar o’zaro muloqatini taqazo etadigan jarayondir. Ta`kidlab o’tilganidek, u birlamchi va ikkilamchi davrlar bilan izohlanadi va bir qator ma`nolar kasb etishi mumkin. Sotsializatsiya kechishiga ota-onalar, do’stlar, maktab, aka-ukalar va hamkasblar, shuningdek, madaniyat eng katta ta`sirni ko’rsatadi.
Ayrim jamiyatlarda oilaning muhim sotsial institut sifatidagi qadriyatlar tizimi uzoq vaqt davomida etarli darajada e`tiborga olinmadi. Boz ustiga sobiq tuzum davrida kshi tarbiyasini oila zimmasidan olib, uni maktab, mehnat jamoasi va jamoat tashkilotlariga yuklab qo’yishdi. Bu holat esa ayanchli holatlarni keltirib chiqargani bizga yaqin tariximizdan yaxshi ma`lumdir.
SHaxs sotsializatsiyasi estafetasini oiladan endi maktabqabul qilib oladi. Asta sekinlik bilan ulg’ayib borish tufayli kishini fuqarolik burchlarin bajarish uchun zarur bo’ladigan bilimlar murakkablashadi. Bunday sharoitlarda ta`lim muassasasi kishiga ona Vatan, o’zi yashayotgan jamiyat va uning qonun-qoidalari haqidagi bilimlarni tizimli tarzda singdirib boradi. Lekin, sotsiologlarni doim bir masala qiziqtirib kelmoqda: nima uchun shaxs sotsializatsiyasining dastlabki jarayoni turlicha, katta hayotga chiqayotgan yoshlarda o’z qarashlari va tasavvurlari har xil bo’lgan va bunda ularda qadriyatlar tizimi bir-biriga zid keladigan holatlarni shakllanishiga maktab qanday qilib yo’l ochib qo’ymoqda? Bu savollarga javob topish hozirda juda muhimdir.
SHaxs sotsializatsiyasini amalga oshiriruvchi kuchli mexanizm bo’lib OAV namoyon bo’lishadi. Ular tomonidan jamoatchilik fikri shakllantiriladi va boshqariladi.
Ommaviy axborot vositalari sotsializatsiyaning muhim aganti bo’lib namoyon bo’ladilar. Faqat televidenie o’zi bizning ijtimoiylashuvimizga ulkan ta`sirini ko’rsatayapti. Bunga yana matbuot, kitoblar, yangiliklarni ifoda etuvchi axborotlar, Internet, musiqa, radio va boshqalarni ilova qiling. Natijada Siz jamiyat haqida kuchli tasavvurga ega bo’lasiz. Lekin ko’pchilikni bu ma`lumotlarning bir turi bolalikdagi ijtimoiylashuv uchun o’ta zararliligi tashvishga soladi. Masalan, OAV orqali berilayotgan zo’ravonlik haqidagi ma`lumotlar bolalar uchun o’ta xavfli va zararlidir.
Aynan shu holat ayrim mamlakatlardagi maktablarda sodir bo’layotgan qurolli otishmalarga sabab bo’layotgandir. CHunki bolalar agressiv hulq-atvorga taqlid qilishga moyildir. Lekin bolalar teleko’rsatuvlarni vaakum holatida tomosha qilmaydilar. Ular ota-ona bag’rida ulg’ayishadi va shu erda ular kuchga tayangan hulq-atvorni o’zlashtirishali. SHuning uchun ularning sotsializatsiyasida yuqoridagi muammolar bo’lmasligiga oila kafolatchi bo’lishi zarur.16
Va nixoyat, shaxs sotsializatsiyasi kishining mehnat, ijtimoiy-siyosiy va bilish faoliyati bilan yaqindan bog’liqdir. CHunki, faqat bilimlarga ega bo’lish emas, balki ularni real hayotga tadbiq etish orqali o’zida ma`lum bir dunyoqarashni shakllantirish ham sotsializatsiyaning tarkibiy elementlaridandir.
SHunday qilib, shaxs sotsializatsiyasi inson tomonidan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida mapvjud bo’lgan fuqarolik munosabatlarini o’zlashtirishning o’ziga xos shakli sifatida gavdalanadi
Zamonaviy sharoitlarda sotsializatsiya kishilarning ma`naviy qiyofasi, e`tiqodi va hatti-harakatlariga yangi talablarni qo’ymoqda:
- birinchidan, jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-siyosiy islohotlar muvaffaqiyati faqat yuqori darajada ma`lumotli, malakali va faol ijtimoiy faoliyat olib borayotgan kishilarga bevosita bog’liq;
- ikkinchidan, shaxs sotsializatsiyasi jarayoni haddan ziyod murkkabligi tufayli u vosita va mexanizmlarni toboro takomillashtirib borilishini taqazo etadi;
- uchinchidan, shaxs sotsializatsiyasi barcha ijtimoiy muammoalar echimining ajralmas qismi bo’lib, mazkur muammolarni o’z vaqtida bartaraf eish ijtimoiy taraqqiyotning muhim garovi bo’lib xizmat qiladi.
- to’rtinchidan, shaxs sotsializatsiyasi kishilar ongi va hulq-atvoridagi salbiy illatlarni bartaraf qilishni nazarda tutur ekan, sotsiologiya hali ham nima uchun bir xil boshlang’ich masofada turgan kishilarning ayrimlari bezori, alkogolik, o’g’ri, boshqalari esa byurokrat, hushomadgo’y, mansabparast bo’lishmoqda va kishilarda jamiyat uchun o’ta xavfli anti-ijtimoiy hulq-atvorlar shakllanayapti degan savolga to’liq javob bera olmadi.
- va nixoyat, shaxs sotsializatsiyasi milliy va umuminsoniy madaniyatlar o’zaro ta`siri ostida kechayotgan ekan, milliy o’zlik bu jarayonda dominant bo’lib namoyon bo’lmoqda.

  1. Ijtimoiylashuv jarayonida o’zi singarilar bilan munosabatda bo’lish bir ijtimoiy guruh boshqa guruhni "hayot qonuniyatlari"ga o’rgansa, u xolda, bu jarayon ijtimoiy "Men"ning shakllanishi deyiladi. Inson bolasi xayvonlarga qaraganda etuk bo’lmagan boskichda tug’iladi va u murakkab dunyoda yashashga majbur (ijtimoiy tuzilmaga ega bo’lgan real hayot). Tabiat insonga to’g’ri keladigan mos hayot tarzi to’g’risida qayg’urmagan. SHuning uchun inson o’z hayoti davomida ijtimoiy boshpana qidiradi. Lekin bu jismoniy nukta nazardan emas, albatta, balki, ijtimoiy muhit, joy izlaydi. Ijtimoiylashuv ijtimoiy muhitga qarab butun hayot davomida chuziladigan o’rganish jarayoniga aylanadi. Kattalarning ko’pchiligida o’zlarining "ijtimoiy uy"lari bor - mehnat taqsimoti sistemasida mustahkam joylar, uni status yoki soha boshqacha qilib aytsa ham bo’ladi. Lekin, eng muhimi ushbu muhit boqadi. mustakillik beradi, ertangi kunga ishonch uygotadi, lekin bolada o’zining ijtimoiy joyi yo’q. 15 yildan ortik u o’z ota-onasiga qaram holda yashaydi.

Siyosiy (pasport olish, ovoz berishga xukukli bulish, tanlangan bulish), iktisodiy (ishga joylashish), ijtimoiy (oila kurish, ota-onadan ajralib ota-ona statusiga ega bulish) mustakillikni kulga kiritish ijtimoiylashuvning 2 boshlangich (ertangi) va davom etuvchi (kechki) boskichlarining chegarasi hisoblanadi. Ammo ijtimoiylashuv - bu ijtimoiy va iktisodiy mustakillikka erishish emas, balki, shaxsning shakllanishi xamdir. individ - jarayonning boshlangich nuqtasi, etuk individ - bu tugallangan nuqtadir.
YAngi tugilgan chakalok shaxs bo’la olmaydi, chaqalok shaxsiy "men"ini ajrata olmaydi, chunki unda "men" degan tushuncha xali paydo bo’lmagan bo’ladi. 2 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davrda to’g’ri yurishni, gapirishni, fikrlashni va anglashni o’rganadi. Keyinchalik murakkabrok faoliyatni o’zlashtirish (rasm chizish, mexnat) va nixoyat o’rta va kechki bolalikda maktabda o’rganish - bular xammasi bir jarayon, ya`ni o’zini "men"ini anglash jarayonining bosiqchlari hisoblanadi. Bola quloksizlik qilib, mumkin bo’lmagan chegaralarga teginib o’tadi. Bu "ijtimoiy mumkin bo’lgan" xatti-xarakat chegarasi bo’libgina qolmay balki, o’zining "men"ini boshqalarga ta`sir kiluvchi qadriyatlar chegarasidir. "Men" o’z ota-onamga qadriyatlarni taqdim qilaman, do’stlarim o’qituvchilarimgachi? ular nimalarga majburlar va nimalarga aralasha olmaydilar? men o’z shaxsiy fikrimni bildirishga xaqqim-bormi, yo’qmi? ularga do’stlarim kanday karaydilar? kanday sifatlarim uchun ular meni kadrlaydilar? kay darajada ular meni yaxshi ko’radilar? ota-ona muxabbati qanday bo’ladi? tengdoshlarning do’stligi va sotqinligi nima? men abadiy yashaymanmi va hayotning ma`nosi nimada? o’smir kachonki shunday savollar berar ekan, ijtimoiy "men"ning shakllanish jarayonining poyoni xisoblanadi. individuallikdan shaxsiylikka o’tiladi. Rivojlangan individuallik rivojlanmagan shaxsiylikni keltirib chikaradi. SHaxsiylikning keyinchalikdagi rivojlanishi uzoq davom etishi mumkin.
O’zining "men"ini anglash va o’qish - 2 turli xil vaziyatdir. o’zining "men"ini ukish falsafiy savollar bilan bog’lik. uzining "men"ini anglash esa ancha avvalrok sodir bo’ladi. Boshkalarni anglash natijasida bola o’zining "men"ini shakllantiradi. Birinchi bulib bu jarayonni CH.Kuli tasvirlab beradi. Gap shundaki, boshkalar, (ota-onalar, tengdoshlar, begonalar) bola uchun kuzgu vazifasini o’taydi. oddiy ko’zguga biz tashki ko’rinishimizni (soch turmagini, galstukni, kuylakni to’g’irlash) uchun karaymiz. Boshkalarga esa o’zimizni ichki dunyomiz, xatti-xarakatlarimizni to’g’irlash uchun karaymiz. ushbu ko’zguda ko’rgan narsalarimizni bizning xatti-xarakatlarimizga boshkalarning reaktsiyasidir. Biz xar doim biz to’g’rimizda boshkalar kanday fikrdalar, tashkaridan kanday ko’rinaman, mening biror-bir xarakatlarimni boshkalar kanday kabul kiladilar kabi muammolar to’g’risida o’ylaymiz. Albatta, ba`zi xarakatlarimizni to’g’irlaymiz. ushbu fikrlar bizni xayotimiz davomida tark etmaydi.
3.Demak, sotsializatsiya so’zi ijtimoiylashuv ma`nosini anglatadi. Sotsializatsiya jarayoni insonning jamiyatga qo’shilishi uchun jamiyatda mavjud bo’lgan va shakllangan hatti-xarakatlar, me`yorlar, qadriyatlar, madaniyat, din,tarbiya,bilim va malakalarni, urf-odatlarni o’ziga singdirib borishi va o’zlashtirishiga aytiladi. Sotsializatsiya murakkab jarayon hisoblanadi va insonning butun umri davomida sodir bo’ladi. Bu jarayon 2 davrga bo’linadi:
1. Adaptatsiya-shaxsning jamiyatda mavjud bo’lgan voqelikka ko’nikishi yoki moslashishi;
2. Interiorizatsiya-shaxsning o’z hoxishi, intilishi va irodasi orqali jamiyatga qo’shilishi.
Sotsiologiyada sotsializatsiya davrlariga yana 2 yondoshuv mavjud.
1-yondoshuv:sotsializatsiya jarayoni 3 davrga bo’linadi:
A) Mehnatgacha bo’lgan davr
B) Mehnat davri
V) Mehnatdan keyingi davr.
2-yondoshuv. Sotsializatsiya jarayoni quyidagi davrlarga bo’linadi:
1-davr-go’daklik davri(1 yoshdan 4 yoshgacha)
2-davr-bolalik davri(4 yoshdan 10 yoshgacha)
3-davr-o’spirinlik davri(10 yoshdan 13 yoshgacha)
4-davr-o’smirlik davri(13 yoshdan 18 yoshgacha)
5-davr-mehnat davri
6-davr-mehnatdan keyingi-nafaqa davri
Mustakil xayotga tayyorlanish an`naviy jamiyatlarda bugungi kunda nafakat davom etuvchi, balki, kimmatli marosimdir. Barchaga, ya`ni ijtimoiy katlamlarga to’lik bilim berish inson jamiyatida XX asrda muvaffak bo’ldi. 10 ming yillab buning uchun moddiy resurs to’plaganlar. Umumiy o’rta ta`lim xozirgi davrning jiddiy yutug’idir. Xamma harajatlarni hisobga olganda rivojlangan mamlakatlarda ta`lim uchun davlat milliy davromadning 3 dan bir kismini sarf kiladi. Avvallari an`naviy jamiyatlarda o’rganish stixiyali tusda bo’lgan (kattalar oilada kichiklarga bilim berganlar) fakat, sanoklilargina maxsus tashkilotlarga (maktab, litseylar, gimnaziyalar, universitetlarga bora olganlar), ba`zi fikrlar shundayki, ijtimoiylashuv fakat ko’yidagilar bilangina chegaralangan: bolalarni o’rgatish, kattalar xayotiga tayyorlanish, jamoat xayotidagi oddiy konuniyatlarni kabul kilish. Sotsiologlar bunga kengrok tushuncha beradilar. Ijtimoiylashuv chakaloklikdan boshlanib, to qariguncha ijtimoiy rollarni va madaniy me`yorlarni kabul kilish jarayonidir. Nima uchun sotsiologlar ijtimoiylashuv tushunchasining tor ko’rinishi bilan qoniqmaydilar. Gap shundaki, maktab, universitet, ishlab chiqaruvchi yoki, boshka bilimlar - bilimlarni o’rganish uchun muljallangan texnik tashkilortlardir. yosh yigit ma`ruza tinglaydi, kitob o’qiydi, uy va seminar vazifalarini bajaradi, amaliyot davrini o’taydi va imtxon topshiradi. Oxirida unga biron bir bilim doirasidagi kvalifikatsiyasini belgilochi sertifikat beriladi. Bunday bilim berish (o’rganish) 5 yil yoki 2 oy davom etishi mumkin, lekin fanni o’rganish va xayotni o’rganish boshka-boshka narsalar. Xech kanday o’kituvchi yoki maktablar insonni yaxshi turmush o’rtok, oila boshligi, uy bekasi, yozuvchi, o’zining ishining professionali kilib tarbiyalay olmaydi.
Buning uchun u butun xayoti davomida o’rganishi kerak. Xatolarga yul qo’yib ularni tuzatishi kerak va bularni u laboratoriya sharoitida emas, real xayoti davomida bajarishi kerak. Sotsial rolni kitoblarga karab yoki biror ishning metodiga karab ijro etib bo’lmaydi. Sarbon yoki Qirol yollanma odamlarni atrofdagilar boshkaruv qouniyatlari yordamida uzoq yillar tarbiyalaydilar. Xar bir ijtimoiy rol o’zida madaniy me`yorlar, xatti-xarakat konuniyatlari ijtimoiy ipga tizilgan - xak-xukuk, majburiyatlar munosabatlarni mujassamlashtiradi va bularni xammasini kabul kilish kerak.
SHuning uchun ijtimoiylashuvda "kabul kilish" termini "o’rganish termin"iga karaganda ko’prok ko’llaniladi. ijtimoiylashuv bolalikdan insonning shaxsi 70 foizga shakllanganda boshlanishi kerak. Jamiyatdan tashqarida saklangan bolalar ijtimoiy planda xalok bo’ladilar, lekin ba`zi xollarda kattalar yolgizlikni izlaydilar (uzok bo’lmagan vaktga) chunki ularga fikrlarini chukurlashtirish kerak bo’ladi. Xatto shunday vaziyatlarda jamiyatdan uzok vaktga xam chetlatilsalar ular xam ruxiy xam ijtimoiy bardosh bera oladilar. Ba`zida esa kiyinchiliklarni engish natijasida uzlarining xali ochilmagan kirralarini topishi mumkin. masalan, Robinzon Kruzo hayoti bunga misol bo’lishi mumkin..
4. Ijtimoiy nukta nazardan ijtimoiylashuv - bu inson shaxsining shakllanishini chegaralovchi, yunaltiruvchi, kolipga soluvchi agentlar va institular birlashmasidir. Bolaning yordamga muxtojiligi va atrofdagilarga to`beligida ijtimoiylashuv jarayoni tashkaridagi kimdirning yordami bilan amalga oshishini kuramiz. yordamchilar - odamlar va idoralar. ularni ijtimoiylashuv agentlari deb ataydilar.
Cotsializatsiya agentlari bu – biror bir ijtimoiy kutishni uzatayotgan manba, struktura yoki insondir. Kishilar biror bir holatni normal deb hisoblasalar, ular sotsial kutishni boshqalarga uzatishadi. Cotsializatsiya kishilar orasida odiygina kechmaydi. Bu jarayon sotsial institutlar doirasida kechadi. CHunki institutlarda sotsial hulq-atvorning namunalari mujassamlashgandir. Aksariat institutlar sotsializatsiya jarayonini shakllantiradi. Jumladan, oila, OAV, din, maktab va hakazolar.17
YOsh avlod sotsializatsiyasida oila juda muhim hisoblanadi, lekin u sotsializatsiya agentligining yagona vakili emas. Bolalar ulg’ayishi bilan ular sotsializatsiyaning boshqa davrlari bilan duch kelishadi. Bu holat esa ulardagi oilaviy kutishga zid kelishi mumkin.18
Din sotsializatsiyaning boshqa bir kuchli agenti bo’lib, diniy ko’rsatmalar bolalar sotsializatsiyasiga ta`sir ko’rsatadi. Bolalarda huddi ota-onalari kabi diniy e`tiqodni o’zlashtirish va rivojlantirishga intilish kuchli bo’ladi.
Dindan xatto yuz o’girganlar ham yoshlik chog’larida diniy e`tiqodning kuchli ta`sirida bo’lganliklari kuzatiladi. 19
Ko’pgina kishilar sportni qiziqish va hordiq chiqarish deb o’ylaydilar. Lekin, sport ham sotsializatsiya agenti bo’lib gavdalanadi. Aynan sport musabaqalari tufayli erkaklar va ayollar o’zlari haqida tasavvurga to’liq ega bo’ladilar. Xatto, atlet bo’lmagan erkaklar uchun sport haqidagi bilimlar va musobaqalar ulardagi gender sotsializatsiyasining manbasi bo’lib xizmat qiladi. Sport musabaqalari raqobatchilik, etiket, halol o’yin kabi oliyjanob qadriyatlarni tarannum etadi. Sport kishilarda odamiylik xislatlarini kuchaytiradi.
YOshlar maktabga chiqishlari bilanoq sotsializatsiyaning boshqa davri boshlanadi. Maktab, o’qituvchilar, va boshqa o’quvchilar endi yangi kutishning mabasi bo’lib xizmat qilishadi. Maktabdagi kutishlar bilan duch kelayotgan o’quvchilarning hulq-atvorini o’zgarishiga ta`sir ko’rsatadi.20
Ijtimoiylashuv agentlari - ijtimoiy rollarni o’zlashtirishda va madaniy me`yorlarga o’rgatishdagi mas`ul odamlar. Ijtimoiylashuv institutlari ijtimoiylashuv jarayoniga ta`sir etuvchi va uni yo’naltiruvchi idoralar. Ijtimoiylashuv birlamchi va ikkilamchi ko’rinishga bo’linsa, agent va institlar xam birlamchi va ikkilamchilarga ajratiladi. Birlamchi ijtimoiylashuv agentlari - ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, bobo-buvilar, uzok-yakin karindoshlar, yollanma enagalar, oila dustlari, tengdoshlar, o’kituvchilar, trenerlar, vrachlar, yoshlar ijtimoiy gurux liderlari.
Birlamchi atamasi sotsiologiyada insonni o’rab turgan va ajralmas narsalarga aytiladi. SHuning uchun sotsiologlar kichik guruxlarni birlamchi gurux sifatida talkin kilganlar. Birlamchi muxit insonga yakin bo’libgina kolmay, uning shakllanishida asosiy rol o’ynaydi. Ikkilamchi ijtimoiylashuv agentlari - maktab, administratsiya xodimlari, universitet, tashkilot, armiya, politsiya, cherkov, davlat, televidenie xodimlari, radio, nashriyot, partiya, sud xodimlari. Ikkilamchi atamasi ta`sir ko’rsatuvchi kuchlarning 2 chi "vagon"i xisoblanadi va u insonga muxim bo’lmagan ta`sir ko’rsatadi. ushbu agentlar bilan aloka kam bo’ladi. Ular davomiy emas. ularning ta`siri birlamchi agentlarga karganda chukur emas. Ikkilamchi guruxlarni sotsiologlar rasmiy tashkilot idoralar deb ataydilar. Ijtimoiylashuv institutiga aynan ular mansubdirlar. oila xakida umumiy fikr bildirilganda, uni birlamchi sotsiologiya instituti sifatida kabul kiladilar. Oila a`zolari va karindoshlarni esga oladigan bo’lsalar, ularni agentlar deb atashadi.
Birlamchi ijtimoiylashuv agentlarining funktsiyasi o’zaro boglik va uzgaruvchan, ikkilamchi ijtimoiylashuvda esa yo’k. Birlamchi ijtimoiylashuv universal 2 chisi esa maxsus. masalan, tengdoshlar va ota-onalar funktsiyalari o’zaro boglik va o’zgaruvchan. Tengdoshlar tez-tez ota-onalarning o’rnini egallab ularning ijtimoiylashuv funktsiyasini bajaradi va aksincha. Lekin ikkilamchi ijtimoiylashuv agentlarini tor maxsuslashgan bo’lgani uchun ularni bunday deyish bo’lmaydi: sud’ya, brigadir yoki o’kituvchining o’rnini bosa olmaydi.
Birlamchi ijtimoiylashuv agentlari universaldirlar. Kadriyatlar birlashmasi xisoblangan ota-onalardan farkli ravishda tengdoshlar bir laxza "men" xarakatga tashki ko’rinishga kuprok ta`sir ko’rsatadilar. Birlamchi ijtimoiylashuv agentlari va ikkilamchi ijtimoiylashuv agentlari o’rtasidagi yana bir fark bu ikkinchi ijtimoiylashuv agentlari o’zlarining vazifalarini bajarganliklari uchun pul oladilar. Birlamchi ijtimoiylashuv agentlari esa yuk.
5. Ijtimoiylashuv xayot tsikli bilan mos tushadigan boskichlarni bosib o’tadi. Insonlarni o’zining "men"ini shakllanishida rol uynaydi: oliy ukuv yurtiga kirish (talabalik xayotining tsikli), oila kurish (oilaviy xayot tsikli), kasb tanlash (mexnat tsikli), armiyada xizmat kilish (armiya tsikli), nafakaga chikish (nafaka tsikli). Xayotiy tsikl ijtimoiy rollarning o’rin almashishi bilan boglik. yangi statusga erishish oldingi odatlardan voz kechish, atrofdagilar, do’stona munosabatlarni o’zlashtirish bilan boglik. Inson yangi xayot tsikliga kadam ko’yar ekan, u ko’p narsalarni kayta o’rganib chikishga to’g’ri keladi. Ushbu jarayon sotsiologiyada 2 boskichda namoyon bo’ladi. eski kadriyatlardan, me`yorlardan, rol va xatti-xarakat konuniyatlaridan voz kechish, desotsializatsiya deyiladi.
YAngi kadriyatlarni, me`yorlarni, rollar va xatti-xarakat konun-koidalarini kabul kilish, resotsializatsiya deyiladi. desotsializatsiya va resotsializatsiya - bu davomiy yoki kattalar ijtimoiylashuvining 2 tomoni xisoblanadi. Bolalik yoki usmirlik davrida individ oilada, maktabda tarbiyalanar ekan, uning xayotida jiddiy burilish bulmaydi. Ota-onalarning ajralishi tarbiyaning internatda yoki bolalar uyida tarbiyalanishini xisobga olmaganda. Uning ijtimoiylashuvi bir maromda o’tadi va o’zida yangi bilimlar va kadriyatlar me`yorlarini to’playdi. bolaning xayotidagi yirik uzgarish u kattalar xayotiga kadam kuyishida ruy beradi. Ushbu yoshda xam ijtimoiylashuv bo’lsa xam ularning moxiyati tubdan o’zgaradi. SHunda desotsializatsiyaning birinchi bosikichi namoyon bo’ladi. (eskilardan tonish) va resotsializatsiya sodir bo’ladi(yangilarini topish). Ba`zida inson shunday vaziyatlarga tushib koladiki, desotsializatsiya chukur asorat koldiradi va natijada insonning shaxsiy xususiyatlari xam vayron bo’ladi va resotsializatsiya ustun keladi, lekin u yo’kotilgan kadriyatlar, me`yorlar va rollarni tiklay olmaydi. SHunday vaziyatlarga kamoklarda, lagerlarda, ruxiy kasalliklar shifoxonasida, ba`zi xollarni armiyada muddat o’taganlar tushib koladilar. Mashxur amerikalik sotsiolog Irving Goffmon ekstremal sharoitlardagi resotsializatsiyani "tuban institutlar" deb ataydi va xususiyatlarini belgilab beradi.Tashki dunyodan ajratish (baland devor, kafas, maxsus propusk);
-bir xil odamlar bilan ya`ni birga ishlovchi, dam oluvchi insonlar bilan doimiy aloka;
- ismni o’rganish, ya`ni ismni o’rniga nomer olish, statusga erishish;
- askar, kasal, kamokdagi odam;
- eski kadriyatlar, me`yorlar, urf-odatlardan voz kechib yangilarini kabul kilish;
- xarakat erkinligini yo’kotish.
Bunday xollarda individ yo’nalishini o’zgartirib kolmay, uning xususiyatlari buziladi. bolalarning ijtimoiylashuvi boshka sharoitlarda yuz beradi:
- tashki dunyodan ajralib kolishining yo’kligi;
- turli xil odamlar bilan mulokotda bo’lish;
- avvalgi agentifikatsiyaning tiklanishi;
- ismni, kiyimni o’zgartirish yo’kligi;
- xarakat erkinligining kengligi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling