Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar


Download 410.9 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi410.9 Kb.
#1605833
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Toshboyeva Iroda kurs ishi eksperimental

Kurs ishning maqsadi:


Kichik maktab yoshi o`quvchilarida ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini o`rganish.

Kurs ishining vazifalari:


  • Tanlangan mavzuga oid adabiyotlarni o`rganish, tahlil qilish psixologik ta'limotlarni umumlashtirish:

  • Kichik maktab yoshi o`quvchilarining ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishning ahamiyatini psixologik tahlil qilish.

  • Kichik maktab yoshi o`quvchilarining ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini aniqlash;

  • Kichik maktab yoshi o`quvchilarining ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishning samarali mеtod va vositalarini aniqlash;

Kurs ishning obyekti: Boshlang`ich sinf o`quvchilari.
Kurs ishning predmeti: Kichik maktab yoshi o`quvchilarining ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish bosqichlarini aqliy rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar, bilish jarayonlarini rivojlantirish usullari.

Kurs ishning amaliy ahamiyati:


  • Boshlang`ich ta`lim tizimida o`quvchilar ixtiyoriy diqqat ini rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolarning yechishda psixologiya yo`ndashuvlarining nazariy va amaliy tomonlaridan foydalanish mumkin.

  • Yosh va pedagogik psixologiya fanini o`tishda foydalanish mumkin.



Kurs ishining tuzilisi. Kirish, asosiy qism boblari, I-bob nazariy qism bo`lib, 2 paragrafdan iborat, II-bob amaliy qism ham 2 paragrafdan iborat, III-bob xulosa va tavsiyalar , foydalanilgan adabiyotlar ro`yxari, ilovalardan iborat.


O’quvchilarda diqqatning taqsimlanishi va ko’chuvchanligini eksperimental o’rganish metodlari

    1. Ixtiyoriy diqqatni muammosining psixologiya fanida o`rganilishi

Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish va barkamol insonni shakllantirish, ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Hayotga ziyrak ko`z bilan qaraydigan, teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Shuning uchun biz boshlang`ich sinf o`quvchilarini mustaqil fikrlovchi aqliy jihatdan kamol toptirish lozimligini o`rganishga ahamiyat qaratdik.


Boshlang`ich sinf o’quvchilari 6-10 yoshli bo`lgan (I-IV) sinflarning o’quvchilari kiradi. O’quvchi maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanayotganda tayyorlanadi. Talabalar bilan tanishadi. Bunda u maktabda o’quvchilarga quyiladigan xar xil talabalar bilan tanishadi. Fon, asoslarini o’rganish uchun biologich va psixologik jihatdan tayyor bo’ladi.
Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda o’quvchining obektib va subektiv jihatdan maktab talabiga ta’limiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Binobarin , uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi o’quvchi idrokining o’tkirligi rvshanligi, sog’ligi , aniqligi, o’zining qiziquvchanligi dikkashligi xayrixoxoligi , ishonuvchnaligi xayolning yaqqolligi, tafakkurining yaqqolligi xotirasining kuchliligi, tafakkurning yorqinligi bilan boshqa yoshdagi o’quvchilardan ajralib turadi.Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan o’quvchiga diqqat nisbatan uzoq muddati va shartli barqaror bo’ladi. O’quvchi diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o’yinlarda rasm chizish va qurish- yashash mashg’ulotlarida loy hamda plastilindan o’yinchoqlar tayyorlashda matematik amallarni yeshichda, hikoya tinglash va tuzishda ko’rinadi. O’quvchi o’z diqqatini muayyan obyektga yo’naltirish, to’plash taqsimlash bo’yicha ma’lum darajada ko’nikmaga ega bo’lib o’z diqqatini boshqarish va kerakli paytda to’plashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib-qarayib kishini tajjubga soladi gap ma’lumot va xodisalarni puxta esa olib qolish esda saqlash esga turush imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotni o’zlashtirib kelgan bo’lsa endi o’z xoxish –irodasi bilan zarur ma’lumotlar to’plashga o’z oldiga aniq maqsad va vazifa qo’yishga harakat qilinadi. O’quvchining ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganini bildiradi. U she’r hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko’p takrorlash yod, olishning eng qulay yo’l va usullaridan foydalanish ta’lim. Jarayonida unga juda qo’l keladi. Birinchi sinf o’quvchisi ko’pincha yaqqol obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham , bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi aksincha ta’lim so’z-mantiq xotirasini taqozo etadi.So’z – mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosi tushunib esda olib qo’lish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan ma’lumki,o’quvchi ma’nosiz so’zlardan ko’ra manodor tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta’limga tayyorgarlik bosqichiga kattalar bilan muloqotda kirishish kishilarning fikrini uqib olish va to’g’ri idrok qilish, darajasida , nutqining tuzilishi esa gramatika qoidalariga mos mantiqdan izchil ifodali miqdor va ko’lam jihatdan fikr almashinish yetarli bo’ladi.U eshitgan va ko’rganlari to’g’risi dagi ma’lumotlarni tushuna oladi. Ozidagi axbrotlarni muayyan tartibda bayon qila oladi,aqliy saloyihat operatsiyalaridan o’rinli foydalanadi. (ularni taqqoslaydi oydinlashtiradi guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi xukm va xulosa chiqarishga xarakat qiladi).
Yirik psixologlarning tadqiqotlari oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdai o’quvchilarning taffakurini jadal rivojlantiradi. Masalan: ular lingviztika , fizika matematikaga doir ilmiy tushunchalarni o’zlashtiradilar, soddaroq masalalar tuzadilar, o’zlashtiradilar, soddaroq engil mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va maxsuldor fikr yuritishga intiladilar.
Olti yoshli o’quvchining psixik tayyorgarligi to’g’risida gapirilganda ko’pincha muayyan reja asosida tartibli ko’p qirrali maqsadga yo’naltirilgan o’zaro mantiqiy bog’liq, izchil boshlang’ich ta’limga zamin vazifasi o’tovchi psixik o’sish darajasini nazarda tutamz. Shuningdek ta’lim uning psixik o’shish darajasidan tashqari, o’quvchi turmushi va faoliyatining tavofutlari sharoitlari o’ziga xosligi , uning sixat –salomatligi uslubiy jihatdan tayorgarligi,oddiy ko’nikmalarning o’zlashtirgani kabi omillarni xisobga olish maqsadiga muvofiqdir. Yuqorida aytilganlarning hammasi o’quvchining maktab ta’limiga psixologik jihatdan tayyorgarligining obyektiv tomonlarini ifodalaydi.
O’quvchi maktab ta’limiga psixologik tayyorlanishning sub’yektib tomoni xam muvjudir. Uning makabga o’qish hohishi intilishi, kata yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bog’liqdir. O’quvchida shu davrga kelib, o’qish bilim olish, haqida to’g’ri tasavvur shakllanadi. U maktab jamoasi azolarining masuliyati vazifalarini anqlaydi va ularga itoat qilishiga ularning ko’rsatmalarini boshqarishga moyil bo’ladi. Lekin o’quvchilar hammasi bir xil emasligi sababli ular o’rasida muhim farqlar vujudga keladi. Ba’zi o’quvchi maktanga butun vujudi bilan talpinadi. O’qishga qancha qolganini uzluksiz sanaydi. O’quv ashyolarini oldinroq tayyorlab qo’yishga xarakat qiladi. Boshqa bir o’quvchi esa maktabdan qatiy, voz kechishgacha borib yetadi. O’qishga salbiy munosabat ko’pincha kattalarning qo’rqitishlari oqibatida vujudga keladi. Shunigdek aka va opalarning maktadagi qiyin kechinma va vaziyatlar to’g’risidagi gaplar yuda o’quvchilarni ko’proq dars tayyolashga majbur qilish xam o’qishga salbiy munosabat uyg’otadi. O’qishga salbiy munosabatdagi o’quvchilar ta’lim muxitida kirishga qiynaladilar.
Maktabda ta’lim tarbiya ishlarini tashkil qilishda boshlang`ich sinf o’quvchilrning anamotik fiziologik xususiyatlari jismoniy kamolot darajasini xisobga olish muvaffaqiyat qarovidir.

Mazkur yoshdagi o’quvchining idroki o’zining xatti harakati o’yin va mehnat faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Qandaydir narsani idrok etish o’sha narsa bilan mashg’ul bo’lishini. Anglatib keladi. O’quvchi o’zining ehtiyoji mayli qiziqish intilishi va turmush faoliyatiga mos, shuningdek, o’qituvchi tavsiya etgan. Savollar tug’iladi. O’quvchilarning vaqti idrok qilish ham tor ma’nodagi tushunchalardan iborat bo’ladi va ular asr eramizdan avvalgi davr kabi atamalarni nimaligini tushunmaydilar.


Harakat deganda o’quvchi ko’pincha jismoniy mexanik harakatini nazarda tutadi, lekin uning biologik ijtimoiy kimyoviy xarakatlarni bilishi to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emas.
O’quvchi hatto samolyot qush, reketa va o’qing tezligini ham noto’g’ri idrok qiladi. Masalan u – doirasida qirilib bitgan bayahbat kaltakesaklar haqidagi ma’lumiotni eshitgan bo’lsa, uyda kelib buvisidan uni ko’rgan yoki ko’rsatmaganligi so’raydi. Ta’lim jarayonida va kattalarning yordami bilan turmush tajribasining o’rtishi tufayli o’quvchilarda jazo vaqt va harakatni idrok qilish ko’lami kengayadi. Ular vujudga kelgan savollarga javob to’pa beradilar. Bundan tashqari ularning nazariy bilimlari amaliy faoliyatda sinab ko’rish orqali ham boyib boradi.




    1. Download 410.9 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling