Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti (mamlakat va mintaqalar)yo’nalishi 414-guruh talabasi Elmuradov Elyorbekning Yaqin Sharq Mamlakatlari tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti. Mavzu: XX asr boshida aqsh va eron munosabatlari


Download 6.41 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi6.41 Kb.
#1459393
Bog'liq
AQSH va ERON munosabatlari

Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti (mamlakat va mintaqalar)yo’nalishi 414-guruh talabasi Elmuradov Elyorbekning Yaqin Sharq Mamlakatlari tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti . Mavzu:XX ASR BOSHIDA AQSH VA ERON MUNOSABATLARI.

Reja: 1.Xalqaro maydonda AQSh Eron Keskinlik sabablari. 2 .AQShning yaqin sharq mamlakatlariga yaqinlashuvi

AQSh-Eron munosabatlari AQSh va Eron oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hisoblanadi. Mamlakatlar oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1883-yilda oʻrnatilgan va 1980- yilda tugatilgan. 2013-yil 27-sentabr kuni 30 yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta Prezidentlar Barak Obama va Hasan Ruhoniy oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtgan.

  • AQSh va Eron (oʻsha paytda Fors deb ataladigan) 1883-yilda diplomatik munosabatlarni yoʻlga qoʻydilar. Ikkinchi Jahon urushi davrida Amerikaning Eronga kirib borishi kuchaydi, chunki bu mamlakat SSSRga kredit-lizing taʼminot yoʻlaklaridan biriga aylangan edi. Eronda Amerikaning bir qancha ob’ektlari qurilib, ushbu obʻyektlarga amerikalik harbiylar joylashtirildi. 1945-yil dekabr oyida Tehronga AQShning Erondagi federal mulkini arzon narxda sotish hamda Eronning kredit-lizing qarzini toʻlash toʻgʻrisida ikkita AQSh-Eron kelishuvi tuzildi. Kredit-lizing qarzi 8,5 million dollar miqdorida toʻlanishi belgilandi. AQShning Eron inqirozini hal qilishda ishtirok etishi, Vashingtonning Erondagi pozitsiyasini mustahkamlashga olib keldi. Sovuq urush boshlanishi sharoitida, 1947-yil aprel oyida Qoʻshma Shtatlar Eronga Amerika harbiy texnikasini sotib olish uchun 25 million dollar kredit berdi, shuningdek, harbiy maslahatchilarning Shoh qoʻshinlari hamda jandarmeriyasida qolish muddatini 1949- yilgacha uzaytirdi.
  • 1953-yilda AQSh va Britaniya razvedka idoralari ishtirokida demokratik yoʻl bilan saylangan Bosh vazirga qarshi davlat toʻntarishi boʻlgan. 1978-yilda Eronda islom inqilobi sodir boʻlishi natijasida natijada davlat rahbari mamlakatni tark etishga majbur boʻlgan. Hokimiyat tepasiga esa radikal ruhoniylar keldi. 1980-yilga kelib AQShning Tehrondagi elchixonasi xodimlari qoʻlga olinishi tufayli Qoʻshma Shtatlar Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi. AQSh hukumati hozirda Eron bilan diplomatik yoki konsullik aloqalariga ega emas.

AQSh doimiy ravishda Eronning yadroviy dasturi, Eronning terrorizmni qoʻllab-quvvatlayotgani hamda mamlakatda inson huquqlari buzilishidan xavotir olib keladi. Eronni xalqaro hamjamiyat bilan muzokaralar boshlash va yadroviy dasturi bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga majbur qilish uchun AQSh va xalqaro hamjamiyat tomonidan Eronga nisbatan keng qamrovli sanksiyalar roʻyxati qoʻllanilgan. Eron hokimiyati oʻz ritorikasida Isroil davlatining mavjud boʻlish huquqini qayta-qayta shubha ostiga qoʻydi, shuningdek, Xamas, Hizbulloh va Falastin Islomiy Jihodi kabi guruhlarga qurol yetkazib berishi bilan Yaqin Sharq mojarosining hal etilishiga toʻsqinlik qildi.

  • 2013-yilda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy kelishi bilan ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yana qaytadan yaxshilana boshladi. Hasan Ruhoniy Gʻarb bilan eng murakkab masalalarni ochiq muhokama qilishga tayyorligini bildirib, mamlakatning ichki kursi oʻzgarganini koʻrsatuvchi qator tadbirlar oʻtkazdi: siyosiy mahbuslar ozod qilinishi ijtimoiy tarmoqlarga kirish maʼlum muddatga ochilishi, va hokazo. 2013-yil sentabr oyida 34 yilda birinchi marotaba ikki davlat rahbarlarining oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

2020-yilning 3-yanvarida Donald Trampning buyrugʻi bilan AQSh havo kuchlari Bagʻdod aeroportiga hujum qilgan. Havo hujumi chogʻida Al-Quds maxsus kuchlari va Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi boshligʻi general Qosim Sulaymoniy vafot etgan. Arab bahori tarixi va Yaqin Sharq geopolitikasi boʻyicha mutaxassis Set Jons bu suiqasd AQSh va Eron oʻrtasidagi ziddiyatni yangi bosqichga olib chiqqanini, taʼkidlagan.

Bunga javoban 2020-yilning 8-yanvarida Eron AQShning Iroqdagi harbiy obyektlariga raketa hujumi uyushtirdi.

Eronda chop etilgan asarlar Qoʻshma Shtatlarda mualliflik huquqiga ega emas deb qaraladi.

  • 2022-yil 10-avgust kuni AQSh Adliya vazirligi vakillari Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi aʼzosini AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchisi Jon Boltonga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda sirtdan aybladi. Shahram Pursafi aybdor deb topilsa, 25 yilgacha qamoq jazosi va 500 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin. Shu jumladan, rasmiy Vashington Tehron AQSh fuqarolari, jumladan, nafaqadagi amaldorlarga qarshi hujumlar uyushtirsa, jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 6.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling