Tarix o`qitish uslubiyati o`qitish jarayonining tarbiyaviy qismlari ular o`rtasidagi qat’iy takrorlanadigan o`zaro aloqa va bog``lanishlarda namoyon bo`ladigan qonuniyatlarni ochib beradi va tarix o`qitish jarayonining takomillashtirishda ulardan foydalanish yo`l-yo`riqlarni ko`rsatib beradi. Demak, tarix o`qitish uslubiyati bo`lajak o`qituvchilarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari bilan qurollantiradi. Shuningdek metodika ularni tarix o`qitish jarayonini o`rganishning tekshirish metodlarini o`rgatadi. Tarixiy jarayon ikki yo`l bilan o`rganiladi. Birinchisi ko`zatish metodidir. Bu metoddan foydalanganda turli xildagi o`quv-uslubiy adabiyotlar, o`quvchilarning yozma ishlari, ma‘ruzalari, ularning javoblari berilgan stemogrammalar va magnitafon yozuvlari, o`qitishga berilgan baho va chiqarilgan xulosalar bilan tanishib chiqiladi, darslar ko`zatiladi, o`quvchilarning bilimi va ko`nikmalari o`rganiladi.
Shunday qilib, kuzatish metodidan foydalanganda, tadqiqotchi tarix o`qitishning mavjud tajribasi doirasidan chetga chiqmaydi, uni tabiiy ravishda ko`zatadi va o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |