Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi
Download 379.19 Kb.
|
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va
Ikkinchisi eksperiment metodi. O`qituvchi o`qitish jarayonini o`zi xoxlaganicha uyushtiradi. Unga ba‘zi o`zgarishlar kiritadi, natijasini tekshirib ko`radi. Xullas, ijodiy ish qiladi va uning ishi ilmiy eksprimentga o`xshab ketadi. Biroq, o`qituvchi qilgan ijodiy izlanishlarning ilmiy eksprimentdan farqi, avvalo shundaki, o`qituvchi darsda amaliy vazifani xal qiladi, uning xulosalari esa o`z faoliyatining natijasi bo`ladi. Ilmiy eksperimentga ko`pchilik o`qituvchilarning ishi uchun umumiy bo`lgan qonuniyatlar tadqiq etaladi, chiqarilgan xulosalar ilmiy asosda rasmiylashtiriladi.
Shuning uchun ham tarix o`qitish jarayonini tadqiq etishdagi ko`zatish uslubini eksperimental tadqiqotdan farq qila bilishi kerak. Tarix o`qitish uslubiyati tarix fani bilan o`zviy bog`langandir. Tarix o`qitish o`quvchilarga tarixiy voqeilikni bildirishdan iboratdir. Shu jihatdan o`quvchilarning tarixiy voqeilikni bilish yo`llari tarixiy-tadqiqotga uxshab ketadi. O`quvchilar tarixni o`rganishda olimlar tomonidan ilmiy jihatdan tekshirib ko`rilgan va taxlil qilib chiqilgan faktlar hamda ilmiy xulosalarga asoslangan, ba’zan tarixiy manbalarni o`rganish asosida ba’zi faktlarni yanada aniqlash, tarixiy faktlardan umumiy xulosalar chiqarish, umumiy xulosalardan yangi faktlarni o`rganish uchun foydalanishlari mumkin.O`qitish jarayonida o`quvchilar tarix fanini va uning ba’zi tadqiqot uslublarini bilib oladilar.Shunday qilib, tarix fani va tarix o`qitish uslubiyati o`zining alohida o`rganish ob‘ekti, vazifasi hamda tadqiqot uslubiga ega. Tarix o`qitishda o`quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va ruxiy faoliyatini e‘tiborga olmasdan turib, ularning o`quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo`lmaydi. Shu sababli uslubiyot ruxshunoslik fani bilan bog`langan. Metodika ham, psixologiya fani ham amalda Mustaqil davlat siyosati, mafkurasiga asoslanadi va nazariya ularni metodologik asosini tashkil etadi. Psixologiyaning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti maktabda fanlarni o`qitish jarayonini ilmiy asosda xar tomonlama chuqur tadqiq etish va uni o`qitishni yanada yaxshilash uchun imkoniyatlarni yaratib beradi. Tarix o`qitish uslubiyati ham tarix o`qitish jarayonini o`rganishda psixologiya faniga suyanadi. Psixologiya fani o`quvchilardagi psixik faoliyatini umumiy qonuniyatlarini o`rganadi, uslubiyot esa o`quvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy materiallarini o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan tomonlarinigina tadqiq etish metodidan ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o`rgatadi, metodika esa o`quvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy materiallarini o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan tomonlarinigina tadqiq etadi. Shuningdek o`quvchilardagi psixik faoliyatining tadqiq etish metodlaridan ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o`rganadi, metodika esa tarix o`qitishning mazmuni va metodik usullari psixik faoliyat orqali erishiladigan natijalar o`rtasidagi qonuniyatlarni bog`lanishlarni o`rganadi. Demak, har ikkala predmetning o`rganadigan ob‘ektlari qisman o`xshash bo`lsada vazifalari boshqa-boshqadir. Shunday qilib, tarix o`qitish uslubiyati o`qitishda yaxshi natijalarga erishish o`quvchilarning tarixiy materiallarini puxta o`zlashtirishi bilan psixik faoliyati o`rtasidagi qonuniyatli bog`lanishlarni ham o`rgatadi. O`quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda psixologiya faniga suyanadi. O`quvchilarning psixik faoliyatini o`rganishda psixologiya tekshirish uslublaridan foydalanish usullarini ham ko`rsatib beradi. Uslubiy ta‘lim-tarbiya haqidagi pedagogika fani uning tarkibiy qismi bo`lgan didaktika bilan chambarchas bog`langan. Uning Mustaqil bir tarmog`idir. Uslubiyot pedagogik jihatdan yaxshi natijalarga erishish maqsadida ham tarix o`qitish jarayonini o`rganadi. Metodika o`rganadigan tarix o`qitish jarayoni ham o`qitishda yaxshi natijalarga erishishni ko`zda tutadi. O`qitish jarayonini o`rganish metodlari pelagogik metodlar bo`lib, o`qitishni natijalarining ko`rsatgichlari ham pedagogik ko`rsatgichlardir. Tarix o`qitish metodikasi huquqiy davlat, o`zlikni anglash didaktikasining asosiy prinsiplari tarix o`qitish jarayoniga tatbiq etishda uning mazmunidagi o`ziga xos xususiyatlarini ham e‘tiborga oladi, tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi qonuniy bog`lanishi va munosabatlarni aniqlashtiradi va shu asosda o`qitish maqsadi, mazmuni, metod va usullari hamda o`qitish jarayonini jihozlashga doir talablarini belgilab beradi. Shunday qilib, tarix o`qitish pedagogika fanining Mustaqil bir tarmog`i bo`lib, u o`zining Mustaqil tekshirish predmetiga ega. Uslubiyotning nazariy qismini egallagan tarix o`qitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini bilib olishga va bu qonuniyatlardan yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berish va kamol toptira borish ishini yanada takomillashtirish maqsadida foydalanishga yordam beradi. Tarix ta‘limining mazmuni va sinf o`quvchilarining umumiy saviyasiga qarab bilishning umumiy qonuniyatlari turlicha nomayon bo`ladi. Tarix o`qitish uslubiyati o`rganadigan eng muhim qonuniyatlardan biri o`qitish jarayonining rivojlanish qonuniyatidir. Bu rivojlanish ta‘lim jarayonida o`quvchilarni qiziqishi, bilimi, ko`nikma va malakalari hamda tafakkurning o`sib borishda namoyon bo`ladi, ayni bir vaqtda, o`quvchilarning xar tomonlama yanada kamol toptirishni ta‘minlaydi. Tarixning xar bir kursi, uning bo`limi va xar bir mavzusi o`quvchilarning bilim olishi, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi va kamol topishda muhim bir bosqich bo`lib xizmat qiladi. Download 379.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling