Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat uchun savollar: 1. Ouen qiymat nazariyasi va nasroniy faylasuflarning adolatli qiymat nazariyasi o`xshash tomonlari nimada? 2. Adolatli almashinuv bozorlarining tanazulga uchraganligi sabablari nimada? 3. Sismondi va Ouen realizatsiya nazariyasining o`xshash va farqli tomonlari. Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Оуэн Р. Избранные сочинения: В 2 т. М.; Л., 1950. 69 VIII-BOB. XIX ASR O`RTALARIDA MUMTOZ SIYOSIY IQTISODNING TUGASHI 8.1. Dj.S. Mill` iqtisodiy nazariyasi XIX asrning o`rtalarida mumtoz siyosiy iqtisod yuqorida ko`rsatilgan uch yo`nalish doirasida rivojlanishni davom ettirdi, ammo asrning o`rtalariga kelib, mazkur metodolik yondashuvlardan kapitalistik iqtisodiyot tadqiqotlari, o`zining mantiqiy yakuniga etib keldi. 1848 yilda, mumtoz siyosiy iqtisod nazariyachilaridan biri Dj. S. Mill` yozishicha, - «Qiymat qonuniyatlarida zamonaviy yoki kelajakda tug`ilajak mualliflar aniqlashi mumkin bo`lgan hech narsa qolmadi. Mumtoz siyosiy iqtisod, natijalarini aniqlashtirish davri kelib, uning asosiy toifalari tenglashtirila boshlandi». Bu ish, XIX asr o`rtalari mumtoz siyosiy iqtisodning yirik namoyandalaridan Dj. S. Mill` va K. Marks tomonidan amalga oshirildi. Shu bilan birgalikda, ularning asarlarida, Yangicha nazariy yo`nalishlarni metodolik elementlari aks etgan bo`lib, ular mumtoz siyosiy iqtisod o`rnini bosdi. Ushbu yo`nalishlar Mill` g`oyasi bo`yicha «Marjinalizm» va Marks fikriga ko`ra esa «Institutsionalizm» nomini oldi. Mazkur Yangi yo`nalishlar, XIX asrning oxirida iqtisodiy fandan mumtoz siyosiy iqtisodni siqib chiqara boshladi, ammo iqtisodiy ta`lim sohasida u XX asr boshigacha hukmronligini davom ettirdi. Faqatgina mumtoz siyosiy iqtisod tarafdorlari bo`lmish marksistlar, iqtisodiy tadqiqotlarni XX asrda ham davom ettirshdi. Iqtisodchi va faylasuf Djon Styuart Mill` (1806-1873), iqtisodchi Djeyms Mill`ning o`g`li edi. Dj. S. Mill`ning o`zini Rikardo maktabi tarafdori deb hisoblagan, ammo haqiqatda XIX asr birinchi yarmi mumtoz iqtisodchilari barcha nazariyalarini umumlashtirgan bo`lsa ham , Dj. S. Mill` falsafa sohasida O. Kant va G. Spenser bilan bir qatorda pozitivizm nazariyasi asoschisi bo`ldi. Bundan tashqari, u faol jamiyat arbobi, parlament a`zosi bo`lib, kambag`allar, yollanma ishchilar, xizmatchilar va ayollar huquqlarini kengaytirish uchun kurash olib borgan. Uning fikricha, insoniyat rivojlanishining hozirgi holatida asosiy maqsad, xususiy mulk tizimini barham qilish emas, jamiyat tomonidan kelitirib chiqarilgan foydalarda jamiyatning barcha a`zolari qatnashishi uchun teng to`liq huquqlarni bergan holda, bu tizimni yaxshilashdan iborat. Mill`ning asosiy iqtisodiy asarlari «Siyosiy iqtisodning ba`zi echilmagan muammolariga nisbatan ocherklar» (1844) va «Siyosiy iqtisod asoslari va ularning ijtimoiy falsafada qo`llanilish mo„ayyan aspektlari» (1848) deb nomlanadi. Bu asarlar yarim asr davomida universitet siyosiy iqtisod kurslari asosi sifatida o`rganilgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling