Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy nazariy holatlar
- Realizatsiya
Predmet va uslub. Ouen fikricha iqtisodiyot tadqiqotlari predmeti va asosi
mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalarining barchasi kabi ishlab chiqarish sohasi bo`lib, uning metodologiyasi esa mo„ayyan farqlarga ega bo`lgan. Birinchidan, uning fikricha tabiiy tuzilish, kapitalizm emas, kichik tovar ishlab chiqarish bo`lib, sotsializm g`oyasini Ouen agrar va ishlab chiqarish va kooperativ korxonalariga ega bo`lgan jamoalar tizimi sifatida tasavvur qilgan. Ikkinchidan, Sismondidan farqli o`laroq, Ouen iqtisodiy munosabatlarda ma`naviy - etik yondashuvni xush ko`rib, avvalambor adolat tushunchalaridan kelib chiqgan. Asosiy nazariy holatlar. Narx va mablag`. Ouen qiymatning mehnat nazariyasiga tayanib, Smitdan farqli o`laroq, uning fikricha qiymatni belgilanishi bevosita mehnat xarajatlariga asoslangan holda amalga oshirilishi kerak. «Insonlarning o`rtacha jismoniy kuchi, - deb yozgan edi u, - o`lchanishi mumkinligi kabi, o`rtacha inson mehnati ham aniqlanishi mumkin. Demakki alohida mahsulotda ham, uning qiymati belgilanib, buning asosida uning almashinuv narxini ham aniqlanishi mumkin. Shunday qilib, inson mehnati o`zining tabiiy va ichki narxiga ega bo`lishi mumkin». Ouenning fikricha, mablag`, yomonlik maksimumi va ezgulik minimumi erishilishi uchun yolg`on ishlatilishidir. Ouen mablag`ni narx va almashinuv vositasi sifatida inkor etgan. 68 «To`g`ri va ratsional ravishda tuzilgan jamiyatda, - deb yozgan edi, u - oltin, kumush yoki kredit qog`ozlari almashinuv vositasi sifatida hech - qachon ishlatilishi mumkin emas». Ouenning normativ nisbatga yondashgan almashinuvi, xususan uning «Almashinuv, mehnat xarajatlariga mutanosib ravishda amalga oshirilib, adolatsiz kapitalistik jamiyatda mehnat narxi qonuniyati buzilishi kuzatiladi. Ba`zi tovarlar, ularga mehnat sarflanganligiga qaramay, sotilmaydi, boshqa tovarlar uchun esa xarajat qilingan narxdan pastroq baho belgilashadi». Adolatsiz kapitalistik bozorga muqobil bozor sifatida, Ouen 1832 yilda adolatli almashinuv milliy bozorini tashkil etishni taklif etadi. Mazkur bozorga ishlab chiqaruvchi o`z tovarini olib keladi va uning tovarni obro`li komissiya tomonidan baholanadi xamda tovar narxi haqida ma`lumotnoma beriladi (mehnat mablag`lari). So`ngra, ishlab chiqaruvchi tovarini bozor omborxonasiga adolatli almashinuv uchun topshirib, ishlab chiqaruvchi mazkur ma`lumotnoma asosida, ilgari topshirilgan tovarlar qatoridan o`z tovariga teng narxda boshqa tovar olishi mumkin edi. Ammo bozorning faoliyati uzoq davom etmadi, Chunki omb`orxonada sotilish imkoniyati mavjud bo`lmagan tovarlar yig`ilishi bilan u o`z faoliyatini tugatdi. Nima bo`lganida ham, bunday bozorlarni tashkillashtirishga qaratilgan yana ikki harakat Angliyada Dj. Brey va Frantsiyada P.J. Prudon tomonidan amalga oshirilib, natija esa o`sha - o`sha bo`lib qolaverdi. Daromadlar. Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq Ouen, daromadni uchta sinflar orasida ish haqi, daromad va rentaga bo`linishini adolatsiz deb hisoblagan. «Ishchi o`zi ishlab chiqargan mahsulotga sarflagan mehnatiga muvofiq ravishda maosh olishi kerak». Realizatsiya. Sismondi kabi, Ouen ham kapitalizm sharoitlarida to`la realizatsiya mavjudligini tan olmagan, va talabning taklifdan orqada qolishini inqiroz belgisi sifatida qabul qilgan. Bunday qoloqlik sababini u kapitalizmda daromadlarning adolatsiz ravishda taqdirlanishida deb bilgan. «Jamiyatda mavjud bo`lgan tuzilish, - deb yozgan edi u, - ishchiga mehnati uchun etarli darajadagi mukofotni ta`minlab bera olmaydi, va buning oqibatida bozorlar rivojlanmaydi». Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling