Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmet va uslub
Ishlab chiqarish mehnati. Smit kabi Mal`tus ham, faqatgina moddiy ishlab
chiqarish sohasidagi mehnat foydali ekanligini ta`kidlab, buning oqibatida ishlab chiqarish natijalari realizatsiyasi taklifni oshirishga olib kelganligi xamda mehnatni ham foydali ekanligini inkor etmagan. 6.3. S.Sismondi iqtisodiy qarashlari Mazkur muammolar bo`yicha Rikardo Sey nuqtai nazari tarafdori bo`lgan. S. Sismondi iqtisodiy nazariyasi. Simon Sismondi (1773-1842) asli shveytsariyalik, Smit nazariyasi tarafdori bo`lib, u 1803 «Tijorat boyligi haqida» asarini nashr etdi. Ammo erta kapitalizmning salbiy tomonlari (og`ir mehnat sharoitlari va ishchilarning past darajadagi maoshlari; ularning huquqlarini himoya etuvchi qonunchilikning mavjud bo`lmaganligi; dehqon va hunarmandlarning kapitalistik ishlab chiqarish bilan raqobatchilikka dosh berolmagan dehqon va hunarmandlarning xonavayron bo`lishi) Simondini Smit nazariyasining tarafdorlari bo`lmish Sey, Mal`tus va Rikardo nazariyalaridan uzoqlashishiga sabab bo`ldi. Bu holat, uning «Siyosiy iqtisodiyotning Yangi bosqichlari» (1819) kitobida yoritilib, unda Sismondi notabiiy kapitalizmga tabiiy kichik tovar ishlab chiqarilishini qarshi 64 qo`ygan. Shunday qilib, Sismondi, mumtoz siyosiy iqtisodda kichik burjua yo`nalishini boshlab bergan. Predmet va uslub. Mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalarining barchasi kabi, Sismondida ishlab chiqarish sohasi iqtisodiyotida primat mavjud bo`lib, Shu bilan birgalikda qator nazariyalarda namoyon bo`lgan iste`mol sohasiga nisbatan mo„ayyan qiziqish ham kuzatiladi. Iqtisodiyotga nisbatan yondashuvning farqli metodologik jihati, mumtoz siyosiy iqtisodiyotning mo„ayyan ma`naviy etik elementlari asosiy printsiplari bilan to`ldirilganligi bo`lib, bu holatlarni u doimo ta`kidlab kelgan va siyosiy iqtisod oddiy hisob-kitob fani emas, ma`naviy fan deb atagan. Sismondi fikricha, faqatgina raqamlar bilan ishlash, ko`pchilik xatoliklarga olib kelib, har - bir ilgari surilgan g`oya asosida insonlarning his - tuyg`ulari va manfaatlari e`tiborga olinishi kerak deb hisoblagan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling