Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169
Predmet va uslub. Sey mumtoz iqtisodiy nazariyasini tizimlashtirish 
borasida ham ulkan ishlarni ham amalga oshirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida 
yashab o`tgan mashhur rus iqtisodchisi A.I. CHuprov o`zining «Siyosiy iqtisod» 
asarida quyidagilarni yozgan edi: «Sey, siyosiy iqtisod sohasidagi ilk 
tizimlashtirishga harakat qilgan olimdir. O`zining siyosiy iqtisodiyot haqidagi 
traktatida, u ilk marotaba iqtisodiy fanning butun sohasini qayta ishlab, aniq lo`nda 
talqin yaratishga muvaffaq bo`lgan edi».
Boylik. Sey fikricha boylik tushunchasi insonlar tomonidan tekin olinishi 
mumkin bo`lgan mahsulotlarga (suv, havo) nisbatan emas, mo„ayyan narxga ega 
bo`lgan mahsulotlarga nisbatan qo`llanilishi mumkin, Chunki bu mahsulotlar o`z 
egalarining mutlaq mulkidir. Bundan tashqari, Sey Smitning boylik to`g`risidagi 
tushunchasini cheklaganligi uchun tanqid qilib, «Smit bu doiraga moddiy 
bo`lmasada, ammo real kuchga ega bo`lgan boyliklarni ham kiritishi lozim edi, 
masalan tabiiy yoki o`rganilgan iqtidorni» deb yozgan. 
Narx. Narx masalasini har tomonlama ko`rib chiqishga harakat qilgan va 
quyidagicha fikr yuritgan: «Ishlab chiqarish materiyani yaratmaydi, ammo 
foydalilikni yaratishi mumkin. Mazkur foydalilik darajasi predmetlarga boylik 
yaratishi bilan bir qatorda u ishlab chiqarish boyligi ham bo`ladi». 
Shu bilan birgalikda, Sey Smitni quyidagi holatlar bo`yicha ham tanqid 
qilgan ya`ni Smit faqatgina mehnatni narxni keltirib chiqaruvchi omil sifatida 
tadqiq etgan. Ammo aniqroq tahlil ko`rsatishicha, narx o`z kelib chiqishiga ko`ra, 
uch toifaning birlashgan holda mehnat qilishi maxsulidir, ya`ni inson, tabiat kuchi 
va kapital (ishlab chiqarish vositalari). 
Sey fikricha, narx bozorda talab va taklif asosida yuzaga keladi. Shunday 
qilib, u mo„ayyan ma`noda neomumtoz maktabi namoyandasi bo`lib, mazkur 
maktab narx nazariyasi asosida foydalilik, ishlab chiqarish xarajatlari va talab va 
taklif mutanosibligi birlashgan edi. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling