Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Daromadning taqsimlanishi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Daromadning taqsimlanishi. Mazkur muammo talqini sifatida Rikardo
qiymatning mehnat nazariyasi tanlanishi sabablaridan biri sifatida tushuntiradi. Agarda qiymat mehnat tomonidan yaratilib, keyinchalik daromadlarga bo`linadigan bo`lsa, ulardan birining oshishi, boshqasining kamayishiga olib keladi. Agarda, qiymat xarajatlardan kelib chiqgan holda belgilanadigan bo`lsa, daromadlardan birining oshishi, boshqasiga ta`sir ko`rsatmaydi, ammo uning summasi, ya`ni bahosini oshirishi mumkin. Demakki, mehnat qiymatining daromadlarga bo`linishi sinflar orasidagi qarama- qarshilik asosida yotib, uni Rikardoning fikricha, siyosiy iqtisodning asosiy muammosi deb qabul qilish lozim. Mahsulotning qaysi qismi ish xaqi sifatida to`lanishi, daromad o`rganilishidagi nihoyatda muhim masaladir deb yozgan edi u. Bu holat, ish haqining katta yoki kichik bo`lishiga ayniqsa salmoqli katta ta`sir o`tkazishi mumkin. Rikardo antipatiyasi, bunda er egalari tomonidan daromad taqsimlanishini tadqiq etishga qaratilgan edi. Er egasi manfaati, - deb yozgan edi u, - jamiyatdagi istalgan boshqa sinf manfaatiga qarama - qarshi turadi. Bu kabi ish haqi va er rentasidan daromadga bog`liqligini Rikardo non qonunlari munozaralari jarayonida tilga olgan edi. Uning fikricha, tovar olib kelinish bojlari oshishi va mamalakat ichida non narxlari oshishi, nafaqat er egalari daromadining oshishiga, balki ishchilar tomonidan iste`mol qilinayotgan ne`matlarini predmetlar 57 qimmatlashishiga olib keladi. Demakki, kapitalistlarning ish haqi to`lashdagi xarajatlari o`sib, daromadlari kamayadi. Rikardoning fikricha, non protektsionistik non qonuniyatlari mavjud bo`lmagan taqdirda ham, er rentasi oshishi mumkin, Chunki qishloq xo`jaligi mahsulotlariga nisbatan talabning aholi o`sishi va er hosildorlik darajasi tushishi sababli oshishi, aylanmaga Yangidan - Yangi erlarni jalb etishga majbur etib, bu erlarning unumdorligi darajasi pastligi sababli katta miqdordagi mehnat xarajatlarini talab etadi. Rikardoning fikricha, jamiyat uchun zarur bo`lgan mehnat xarajatlari maksimal xarajatlardan kelib chiqgan holda belgilanishi sababli (sifat darajasidan past er uchastkalarida), boshqa uchastkalardagi fermerlar, nisbatan pastroq individual ishlab chiqarish xarajatlariga ega bo`lgan holda, o`z mahsulotini soha bo`yicha yagona narxlarda sotishga majbur bo`ladi, bu narxlar esa maksimum tayanganligi sababli, mazkur fermerlar yirikroq daromadga ega bo`lib, ularni Rikardo “differentsial renta” deb atagan, Chunki , ular oxir-oqibatida er egalari qo`liga kirib, ijaraning haqqi oshishiga olib keladi. Rikardoning fikricha, uchastkalar differentsiatsiyasi, kon sanoatida ham mavjud bo`lib, u erda ham differentsial renta yuzaga kelgan. Kapital. Smitdan farqli o`laroq, Rikardo kapital tushunchasini nafaqat moddiy kapital zahirasi sifatida, balki qiymat aylanmasi sifatida qabul qilib, uning davomiyligini asosiy va aylanma kapital sifatida farqlagan. Kapitalni tadqiq etar ekan, Rikardo shaxsan o`zi echa olmagan qarama - qarshilikka duch keldi. Bir tomondan, u narxni faqatgina mehnat xarajatlari bilan belgilagan bo`lsa, boshqa tomondan asosiy kapitalning elementlari bo`lmish texnika va boshqa elementlar qo`llanilishi, tovarning nisbiy narxi, tovar ishlab chiqarilishiga sarflangan mehnat miqdori bilan belgilanishi haqidagi printsipini mutlaqo o`zgartiradi. mazkur qarama - qarshilik, daromad muammosida namoyon bo`ladi. Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq, u boshqa daromadlar qiymatiga bog`liq. Shu bilan birgalikda, Rikardo teng kapitalga teng daromad printsipi real iqtisodiyotda mavjudligini ham tan olgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling