Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169
Narx va tannarx. Smit fikricha, barcha tovarlar umumiy xususiyatga ega, 
ya`ni ular mehnat mahsulidir. Demakki, tovar ishlab chiqarilishiga sarflangan 
mehnat, tannarxlar yuzaga kelishi hamda narxlarning o`zaro qarama - qarshiligi 
uchun asos yaratadi. Tannarx miqdorini belgilovchi mehnat sifati va miqdorini 
tadqiq etar ekan, u oddiy va murakkab (mutaxassis) mehnatini ajratib, ko`rsatgan 
bunda murakkab mehnat ayniqsa qimmatroqdir. Bundan tashqari, Smit fikricha, 
tannarx hajmi mo„ayyan ishlab chiqaruvchi mehnatining aniq xarajatlari bilan 
emas, mazkur tovar yaratilishi uchun zarur bo`lgan sohalar bo`yicha o`rtacha 
xarajatlar bilan belgilanadi. 
Shu bilan birgalikda, А.Smit tannarx bevosita mehnat orqali belgilanishi 
mumkin emas (masalan ishchi ish vaqti bilan), Chunki mehnat turlari xilma - 
xildir deb aytadi. Shu sababli u, bir tovar narxini, boshqa tovarlar bilan belgilashni 
taklif etadi. «Tovarlar tez-tez almashib turadi, Shu sababli tovarlar mehnat bilan 
emas, balki boshqa tovarlar bilan taqqoslanadi». Uning almashinish tannarxini
boshqa biror – bir tovar miqdori bilan belgilash lozim. Shu bilan birgalikda 
ko`pchilik insonlar, mo„ayyan tovarning, mo„ayyan miqdori, mo„ayyan mehnat 
miqdoriga tengligini tushunishmaydi. 
Birinchi jihat, qo`lda ushlab bo`ladigan predmet bo`lsa, ikkinchisi abstrakt 
tushunchadir. Agarda mazkur tovarlardan umumiy ekvivalent (pul) ajratilib 
chiqarilgan bo`lsa, pullardagi narx o`lchovi yuzaga keladi. Smit fikricha, narx 
tannarxdan farqlanishi mumkin: ya`ni qisqa muddat davomida, talab va taklif 
o`zgarishi va uzoq muddatga, monopoliya xukmronlik oqibatida farqlanishi 
mumkin. 


52 
Oddiy tovar ishlab chiqarish misolida, narxni taxlil qilgach, Smit kapitalistik 
iqtisodiyotga o`tib, bu sharoitda ishchi tovar yaratadi, kapitalist esa mazkur tovar 
egasi va sotuvchisiga aylanadi deb aytadi. Kapitalist uchun tovar narxi asosida, 
ishchilarning ish haqqi, ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va er ijarasi 
xarajatlari yotadi. Ammo kapitalist uchun xarajat qilingan mablag`, ishchilar uchun 
daromadga aylanadi. Mablag`lar, oxir-oqibatda ishchilar, kapitalist va er egasi 
uchun daromadga aylanadi.
Smitning ish haqi, daromad va renta narxning boshlang`ich uchta manbalari 
ekanligi haqidagi fikri yotadi. Shunday qilib, Smit tomonidan, narx borasida ikki 
nazariya ilgari surilgan:
Sodda tovar ishlab chiqarilishi uchun ish haqqi bilan bog`liq ish haqi 
belgilanashi va kapitalistik iqtisodiyot uchun narx kapitalist xarajatlaridan kelib 
chiqishi. 
Smitdan keyingi barcha mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalari ikki guruhga 
bo`linishdi, ya`ni qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari, va qiymatning 
xarajatlar bilan belgilanish nazariyasi namoyandalari. 
Har ikkala guruh o`z nazariyasini kapitalistik iqtisodiyotga nisbatan tadbiq 
etib, bu holat Smit faoliyatida ham kuzatilgan edi. 
Narxning daromadlarga bo`linishi. Smit jamiyat a`zolarining uchta sinfga 
ajratgan: ishchilar, kapitalistlar va daromad oluvchi er egalari yotadi. Buning 
asosida, ish haqqi, daromad va er rentasi (ijara haqqi yotgan). Daromadlar 
nazariyasi, narx nazariyasidan kelib chiqgan. Agarda narx, kapitalistik iqtisodiyot 
sharoitlarida, sarf etilayotgan mehnat bilan belgilanadigan bo`lsa, taqsimlanadigan 
barcha daromadlar ham mehnat orqali yaratiladi. “Ammo bunday holatda, - deb 
yozadi Smit, - ishchi doimo ham o`z mehnati mahsulotiga ega bo`lavermaydi”. 
Ko`pchilik holatlarda, u o`z daromadini uni yollagan kapital egasiga berishi lozim. 
Kapitalist tomonidan daromad olinishini Smit kapitalist tomonidan ishlab - 
chiqarishni tashkil etish bilan oqlagan bo`lsa, er egasi tomonidan olinadigan yana 
bir daromadni Smit to`laligicha inkor etadi. “Butun er maydoni xususiy mulkka 
aylangan paytlardan boshlab, - deb yozadi u, - er egalari doimo o`zlari ekmagan 
hosildan ulush olishga harakat qilishadi”. 
Agarda, narx kapitalist xarajatlari miqdori bilan belgilanadigan bo`lsa, har - 
bir daromad mo„ayyan resurs ya`ni mehnat, kapital (ishlab chiqarish vositalari), va 
er uchun, to`lovga aylanadi. Smit fikricha ish haqqining eng quyi chegarasi, ishchi 
va uning oilasi yashashi mumkin bo`lgan mablag`larning minimal darajasi bilan 
belgilanib, bu daraja mamlakat moddiy va madaniy rivojlanish darajasiga bog`liq. 
Shu bilan birgalikda, ish haqqi, ishchi kuchiga mehnat bozoridagi talab va 
taklifdan ham kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari u, nominal ish haqqini ham 


53 
belgilab, bu ish haqqi, naqd mablag`larda xisoblanishi, real ish haqqi esa, iste`mol 
predmetlariga nisbatan narx o`zgarishi bilan belgilanishini ham aytib o`tgan. 
Uning fikricha daromad kapitalning muyayan ishga jalb etilishi bilan 
belgilanadi, kapital miqdoridan kelib chiqgan holda u yirik yoki kichik bo`lishi 
mumkin. Er rentasi xaqidagi fikrida er narxiga erning hosildorligi va uning 
joylashishi kabilar renta xajmiga ta`sir etuvchi omillar ekanligi aytilgan. 
Kapital. Kapital deb, Smit daromad keltirishi mumkin bo`lgan moddiy 
boyliklarni aytgan. Uning fikricha, kapital tejamkorlik natijasida yig`ilib, 
xarajatkorlik natijasida kamayishi mumkin. Smit kapital aylanmasining o`ziga xos 
talqinini beradi. Uning fikricha, asosiy kapital, daromadni bir kishidan boshqa 
kishining qo`liga o`tishisiz ham o`sishi mumkin. Bular sirasiga Smit bino va 
inshootlar qurilishi, er uchastkalarining yaxshilanishi, ishchilarning professional 
malakasini va texnikaning rivojlanishini kabilarni kiritadi. Aylanma kapital o`z 
egasidan bir formada ketib qolib, boshqa formada qaytib kelishiga aytiladi. Bular 
sirasiga, mablag`, xom - ashyo, va tayyor mahsulot kabilar kiritilgan. Shunday 
qilib, Smit aylanma vositada, biror - bir narsaning bir kishidan, boshqa kishining 
qo`liga o`tishini aytgan bo`lsa, aylanma kapital faqatgina iqtisodiyot doirasida 
aylangan. Asosiy kapital, faqatgina aylanma kapital yordamida mo„ayyan 
daromad keltirishi mumkin deb aytgan edi Smit. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling