Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
D. Rikardo iqtisodiy qarashlari
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmet va uslub
- Asosiy nazariy holatlar Narx
5.2. D. Rikardo iqtisodiy qarashlari
Ingliz iqtisodchisi David Rikardo (1772-1823), yirik kapitalist va jamoatchilik arbobi bo`lib, fanga ilk marotaba publitsist sifatida ingliz banki emission faoliyati haqidagi munozaralarda qatnashgan holda kirib kelib, uning 1809-1811 yillar davomida nashr etilgan ko`pchilik maqolalari ham shu masalaga bag`ishlangan. Keyinchalik u, Angliyaga bug`doy olib kelinishiga nisbatan yuqori bojxona to`lovlari borasidagi munozaralarda ham qatnashgan (bu jarayon tarixda “non qonunlari” deb atalgan). 55 Bu haqda Rikardo «Non narxining» kapital daromadiga ta`siri haqida tajriba» deb nomlangan kichik asarni yaratib, asar doirasida uning daromad bo`linishi nazariyasi asoslari yoritilgan. Nihoyat, keng qamrovli iqtisodiy nazariyasini u “siyosiy iqtisod boshlanishi” deb nomlangan asarida yoritib bergan (1817). Predmet va uslub. Mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalari kabi, Rikardo sinflar orasida daromad bo`linishi masalalarini ko`rsatgan holda, tadqiqotining asosiy predmeti sifatida ishlab chiqarish sohasi asosidan kelib chiqgan o`z nazariyasini talqin etgan. Uning yozishicha, - «Mazkur bo`linishni boshqaruvchi qonuniyatlarni aniqlash, - siyosiy iqtisodning asosiy vazifasidir». Rikardo nazariyasi yuqori darajadagi abstraktsiyasi bilan farq qilar edi. Qator iqtisodiy tushunchalar talqining ikki taraflamaligi va ketma - ketsizligi bilan farq qiluvchi Smit g`oyalarini tanqid etgan holda, u boshlang`ich toifa printsipi bo`yicha qarama-qarshiliklarga ega bo`lmagan mantiqiy nazariyani qurishga harakat qilgan. Asosiy nazariy holatlar Narx. Rikardo, o`zining mehnat qiymati haqidagi nazariyasida Smit, Sey va Mal`tusning narx belgilanishi haqidagi turli fikrlarni umumlashtirishga harakat qilgan. Shu bilan birgalikda, u Sey g`oyalarida uchragan predmet narxining uning foydalilik darajasidan kelib chiqib belgilanishini inkor etgan («Bu g`oya tovar narxi iste`molchilar tomonidan belgilangan taqdirda to`g`ri bo`lar edi»). Ammo Shu bilan birgalikda kam uchrash omili ta`sirini ham tan olgan («Tovar narxi uning kam uchrashi oqibatida ham o`sishi mumkin»). Narxning qilingan xarajatlar asosida belgilanishini esa, Rikardo moddiy xarajatlarni zahira mehnati deb talqin etgan holda, narxning mehnat borasidagi qilingan xarajatlar bilan belgilanish g`oyasi tarafdori bo`lgan. Shunday qilib, Rikardo narxga ta`sir etuvchi barcha omillarni ajratgan holda, uning kelib chiqish asoslarini mehnat bilan bog`lagan. Mashhur Shved iqtisodchisi, G. Myurdal`, bu holatni haqiqatga ko`ra realroq bo`lgan, va bo`lishi mumkin bo`lgan mo„ayyan holatga tasodifan emas, aniq o`tuvchi doimiy va zarur bo`lgan predmetning asl narxini topishga eski metafizik harakat deb tushuntirgan. Rikardo Smitning narx, mehnat nazariyasiga ham ma`lum qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritgan. Rikardo fikricha, narx kapitalistik iqtisodiyotga, aniqrog`i esa, kapitalizmning doimiy sifatiga ega ekanligi bilan bog`lab, kapitalizm ibtidoiy jamoa davrida boshlanib, tabiiy jamoatchilik tuzilishi deb talqin qilgan. Bundan tashqari, Rikardo narxni o`rtacha sohaviy emas, maksimal mehnat xarajatlari bilan belgilagan. Rikardo, Smit atamalarini aniqlashtirib, narx tushunchasini turli iqtisodiy holatlarga nisbatan qo`llagan. «Adam Smit, - deb yozgan edi u, - almashinuv 56 narxining asosiy manbaini to`g`ri aniqlagan holda, nazariya tartibsizligiga yo`l qo`ygan». Tovar narxi, unga nisbatan sarflangan mehnat xarajatlari oshishi yoki kamayishi holatda, narxlar oshishi yoki kamayishi tamoyiliga rioya etish o`rniga u narxni mahsulotga nisbatan standart choralar va bu choralarga almashinishdan kelib chiqib narx belgilash nazariyasini ilgari surgan. Shu sababli, Rikardo narx, mo„ayyan mehnat xarajatlari bilan belgilangan taqdirda absolyut narx deb, uning sotish bahosini esa, mo„ayyan tovarlar almashinuvi evaziga olinadigan bo`lsa, nisbiy narx deb atashni taklif etadi. Nisbiy narxni tadqiq etar ekan, u har ikkala tovarning absolyut narxlari o`zgarishiga bog`liqligini ilgari surib, tovar va pulning absolyut qiymatlaridan kelib chiqgan holda narx haqida so`z yuritishni ilgari surgan. Mablag`. Rikardoning fikricha, mablag` tovar bo`lib, uning qiymati tovar ishlab chiqarilishi va bozorga keltirilishi uchun zarur bo`lgan mehnat miqdori bilan belgilanadi. Istalgan tovarning narxi kabi, pul qiymati ham talab va taklif mutanosibligiga bog`liq. Shunday qilib, Rikardo YUm tomonidan ilgari surilgan mablag` miqdoriy nazariyasini rivojlantiradi. Mamlakatda pulning ortig`i yoki etishmasligi Rikardoning fikricha, faqatgina tashqi savdo orqali belgilanadi. Masalan, pul miqdorining oshishi narx oshishiga olib kelib, bu holat tovarlarning chet eldan olib kelingan holda pulning ham chet elga chiqib ketishini yuzaga keltiradi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling