Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarish mehnati. Smit fikricha, Ishlab chiqarish mehnati, moddiy
ishlab chiqarish sohasidagi mehnatdir. Mehnatning bir turi, predmet narxini oshiradi, mehnatning boshqa turi esa, bunday harakatni amalga oshirmaydi deb aytgan edi Smit. Birinchilarini ishlab chiqarish mehnati deb ataydigan bo`lsak, ikkinchisini nomoddiy ishlab chiqarish deb atashimiz mumkin. Ishlab chiqarish mehnati sirasiga, Smit ishlab chiqarish tashkilotchilari, kapitalistlar faoliyatini kiritgan. Aholining qolgan qismi, ishlab chiqaruvchilar qaramog`idagi tekinxo`rdir. Jamiyatning hurmatga sazovor tabaqalari mehnati uy xizmatkorlari mehnati kabi hech qanday ishlab chiqarishga ega bo`lmaydi. Ular jamiyat xizmatkorlari bo`lib, qolgan aholining yillik mahsulotining bir qismi evaziga kun ko`rishadi. Smitning yana bir fikriga ko`ra, faqatgina daromad keltirishi mumkin bo`lgan mehnatgina ishlab chiqarish mehnati sirasiga qo`shilishi mumkin. Umumiy milliy mahsulotni baholanishi. Smitning bu boradagi fikrlar “Smit dogmasi” degan atamani olgan, Chunki mumtoz siyosiy iqtisodiyotning qolgan namoyandalari tomonidan ilgari surilgan nazariyalar bilan bir qatorda turadi. Umumiy milliy mahsulot qiymatini hisobga olinishini u quyidagicha talqin qilgan. Alohida mahsulot narxi, mehnatga sarflangan moddiy xarajatlar va mo„ayyan korxonada qo`shilgan qo`shimcha narx asosida belgilanib, ish haqqi, daromad va renta summasiga muvofiqdir. Ammo, qayta hisoblangan narx, qo`shimcha narxga 54 muvofiq bo`lib (alohida mahsulot narxi, moddiy xarajatlar narxi, hamda maosh, daromad va renta summasiga muvofiq bo`lgan mazkur korxonadagi qo`shimcha narx hisobidan tashkil topadi). Ammo, qo`shimcha narxlar, boshqa mahsulot qo`shimcha narxlariga ham muvofiq bo`ladi (masalan bir ishlab chiqaruvchilar uchun bu xom-ashyo, boshqalari uchun tayyor mahsulot). Xulosa qilish mumkinki, - deb yozadi Smit, - kapital o`rnini qoplash uchun to`rtinchi qism ham zarur (maosh, daromad va rentadan tashqari), ya`ni xo`jalik asboblarining eskirish darajasi narxi. Shuni ham e`tiborga olish kerakki, istalgan xo`jalik asbobi narxi, o`z navbatida xuddi Shunday qismlardan iborat. Shu sababli, Smit qo`shimcha narxni, na alohida mahsulotda, na milliy mahsulotda hisoblaydi. «Alohida olingan istalgan tovarning qo`shimcha narxi, uch asosiy qismlaridan tarkib topadigan bo`lsa, alohida mamlakat umumiy mehnati mahsulotini tashkillashtiruvchi barcha tovarlarning qo`shimcha narxi nimadan iborat bo`lishi kerak». Ammo, umumiy milliy mahsulot narxi faqatgina qo`shimcha narxlar summasiga teng bo`lib qolishligi natijasida, milliy ma`sulotning asl narxi nimadan iborat ekanligi noma`lum bo`lib qoladi. Smitning mantig`i, XIX asr boshi iqtisodchilari tomonidan, umumiy milliy mahsulotning milliy daromad bilan tenglashtiruvchi g`oyasi asosida davom etgan. Smit xatosi Shundan iborat ediki, u milliy mahsulot va milliy daromad hisoblanishida qo`llaniladigan vaqt cheklovlarini hisobga olmadi (1 yil). Bunday holatda, mo„ayyan yilning qo`shimcha narxi, o`tgan yilning qo`shimcha narxiga muvofiq bo`lib, qayta hisoblash yuz bermaydi. Smit dogmasi xatoliklari Kene jadvalida mavjud bo`lgan sotish nazariyasida namoyon bo`lib, u XIX asr boshida soddalashgan takroriy - umumiy ishlab chiqarish nazariyasining bir qismiga aylandi. Umumiy milliy mahsulotning narxi, qo`shimcha narxlar summasiga go`yoki teng deb hisoblangan, ya`ni faqatgina iste`mol predmetlariga sarflanadigan daromadlar summasiga, va buning natijasida jamoatchilik qayta takroriy ishlab chiqarilishi haqida so`z yuritilishi mumkin emas edi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling