Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
-rasm. Monopolistik raqobatchilik bozorida narx shakllanish jarayoni
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
17.1.1-rasm. Monopolistik raqobatchilik bozorida narx shakllanish jarayoni
DD` - talab chizig`i va CC` - taklif chizig`i kesishish nuqtasida P hajmiga teng narxni shakllantirib, bu narx raqobatchilik bozorida shakllanadi. DD` chizig`i Shu bilan birgalikda sotuvchining mo„ayyan sotish hajmlari sharoitidagi o`rtacha daromadini aks ettiradi. dd` chizig`i sotuvchining maksimal darajadagi daromadini anglatadi, ya`ni mo„ayyan tovar birligi sotilish darajasi oshishida, daromad o`sishidagi o`zgarishlarni. Mazkur chiziq, o`rtacha daromad chizig`iga nisbatan keskinroq darajada pastga qarab yo`naltirilgan (talab chizig`i). Monopolistik raqobatchilik sharoitlarida, sotuvchi maksimal daromadga qarab harakat qiladi va xarajatlar chizig`i va maksimal daromad chizig`i kesishish nuqtasiga muvofiq sotish hajmlarini belgilaydi (SS` taklif chizig`i bilan mos bo`lgan), ya`ni Q` darajasiga erishishga harakat qiladi, sotishning bunday hajmlari sharoitida narx P` darajasida belgilanadi, ya`ni mukammal raqobatchilik sharoitlariga nisbatan yuqoriroq bo`ladi (P`>P), ishlab chiqarish hajmi esa pastroq darajada belgilanadi (Q>Q`). Monopolistik raqobatchilik sharoitlari tadqiqoti asosida E. Chemberlin zamonaviy iqtisodiyotda yuqori darajadagi ishsizlikka tushuntirish beradi. Uning fikricha differentsiatsiyalashgan tovarlar bozorida ishlab chiqarish hajmlari pastroq darajada belgilanishi, erkin bozor sharoitlariga nisbatan pastroq darajada belgilanishi sababli, ularning past darajada ishlab chiqarilishi yuz beradi, demak ishlab - chiqarish quvvatlari to`la hajmda ishlamaydi. Bunday ishlab chiqarish ishchi kuchiga nisbatan pastroq talab darajasiga ega bo`lib, bu holat ishsizlikni keltirib chiqaradi. Demak past darajadagi bandlik sababi, zamonaviy bozordagi raqobatchilik hodisasidir. 148 Mo`tadil bozor holati uchun, E.Chemberlin ishlab chiqaruvchilar monopolistik harakatlarini cheklovchi choralar tizimini kiritishni taklif etgan. Umuman olganda, uning ta`kidlashicha, zamonaviy yuqori darajadagi ishsizlik tovar differentsiatsiyasi uchun to`lov bo`lib, bu holat o`z navbatida xaridorlar daromadlari va tablari farqi o`sishi uchun javob beradi. Dj.Robinson nomukammal raqobatchilik nazariyasi. 1933-yilda E. Chemberlin kitobi bilan qatorda ingliz iqtisodchisi Djoan Robinsonning (1903- 1983) «Nomukammal raqobatchilik iqtisodiy nazariyasi» nomli kitobi ham nashr etilgan. E. Chemberlin kabi, Dj. Robinson ham, E. Chemberlin tadqiqotlaridan mutlaqo mustaqil ravishda o`z asari doirasida bozordagi monopolistik hodisani tadqiq etib, bu holatni mahsulot differentsiatsiyasi keltirib chiqarganligini ta`kidlagan. Nima bo`lganida ham, uning nazariyasi, qator farqlarga ega bo`lgan, jumladan, ishsizlik yuqori darajasi sabablari baholanishi doirasida. Birinchidan Dj. Robinson, bozordagi monopolistik holatni nafaqat tovar differentsiatsiyasi bilan, balki ishlab chiqarish kontsentratsiyasi bilan bog`lab, bu holat E. Chemberlin nazariyasi umuman hisobga olinmaganligidan dalolat beradi. Birinchidan, u monopolist firmalar tomonidan qo`llaniladigan narx diskriminatsiyasi uslubini tadqiq etgan. Monopolistik bozorda talab past darajadagi elastiklikka ega bo`lganligi sababli, ishlab chiqaruvchi bozorni segmentlarga bo`lish imkoniyatiga ega bo`ladi. Buning oqibatida esa, har - bir ajratilgan segment uchun alohida belgilab, bu narx unga maksimal darajadagi daromad olish imkoniyatini yaratadi. Narx diskriminatsiyasini dj. Robinson tomonidan belgilangan narx diskriminatsiyasi asosiy qoidasi, eng yuqori narx talab elastikligi past darajada bo`lgan nuqtada, eng past narx esa, elastiklik darajasi absolyut ko`rinishga ega bo`lgan nuqtada belgilanadi. Bozor maydon jihatidan ham segmentlarga bo`linishi mumkin, masalan, ichki bozorda yuqori narxlar belgilanishi, tashqi bozorda esa past narxlar belgilanadi. Bozor sotuvchi tomonidan xaridor daromad darajasi bo`yicha ham bo`linadi. Bunday diskriminatsiyani tushuntirish uchun Dj.Robinson «kuchli va kuchsiz bozor» atamalaridan foydalanadi. Kuchli bozor, bu jamiyatning nisbatan to`q a`zolari xaridor bo`lgan bozor bo`lib, ular tovar uchun yuqori narxlarni to`lash imkoniyatiga ega. Kuchsiz bozor esa, past darajadagi daromadlarga ega xaridorlar bozoridir. Buni hisobga olgan holda, ishlab chiqaruvchi avvalo o`z tovarini yuqori narxlarda sotib, kuchli bozor tovarga to`yingandan keyin, uning narxini pasaytira borib, bozorlarda taklif qilish imkoniyatiga ega. Uchinchidan, Dj. Robinson aksil monopoliya holatini ham ko`rib chiqgan, ya`ni bozorda ko`plab sotuvchilar mavjud bo`lib, faqatgina bir xaridor ularning tovariga ehtiyojmand bo`ladi. Bozorning bunday holati, monopsoniya deb atalib, ishlab chiqarish omillari, xususan ishchi kuchi bozoriga xosdir. Monopsoniya 149 sharoitlarida xaridor monopoliya hukmronligiga ega bo`lib, sotuvchi monopoliya sharoitlarida o`rtacha emas, yuqori darajadagi daromadlarga tayanishi kabi, monopsonist ham xarid hajmi belgilanishida o`rtacha emas, maksimal xarajat hajmlariga tayanadi. Maksimal xarajat chizig`i AS o`rtacha xarajat chizig`i egriligiga nisbatan kuchliroq egilishga egaligi sababli xarid hajmi erkin raqobatchilikka nisbatan pastroq darajada belgilanadi (Q`y MC D AC B P A P` D` X Q` Q Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling