Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.1.2-rasm
18.1.1-rasm
Dj. Xiks tomonidan yana bir omil ham taklif qilingan. «A» va «V» nuqtalari mutanosibligi uchun, u X va Y individlari orasida resurslar taqsimlanishi grafigini tuzishni taklif qilib, bu grafik «A» nuqtasi bilan tavsiflanadi. Rasmda bu AA` chizig`idir. V nuqtasi chiziqdan yuqori bo`ladigan bo`lsa, «A» holatidan «V» holatiga o`tishni izlanish bilan tenglashtirish mumkin, Chunki «AA`» chizig`ida, X va Y chiziqlari holati yaxshilanishi mumkin bo`lgan biror nuqta mavjud emas, zero «V» nuqtasi bilan taqqoslash imkoniyati ham yo`qolgan bo`ladi. Tasavvur qilish mumkinki, bir sharoitning bajarilishi, boshqa sharoit bajarilishidan kelib chiqmaydi. Masalan 9-rasmdan ko`rinib turganidek, «A» nuqtasi «VV`» chizig`idan past darajada turgan bo`lsada, «V» nuqtasi «AA`» chizig`idan pastda bo`ladi, bunday holatda «AA`» chizig`ida «A`» nuqtasi mavjud bo`lib, unda har ikkala bozor qatnashchisi holati «B» nuqtasiga nisbatan yaxshiroq bo`ladi. Demakki «B» nuqtasiga o`tishni, «A» nuqtasiga o`tishga nisbatan yaxshilanish deb bo`lmaydi. 153 Demakki bunday holatda, «A» nuqtasidan «V» nuqtasiga o`tish, N. Kaldor omiliga muvofiq bo`lsa Dj. Xiks omiliga muvofiq emas. Keyingi yillarda, ya`ni 1940 yilda, iqtisodchi Tibor Stsitovski mazkur ikki omilni birlashtirib, «A» nuqtasidan «V» nuqtasiga o`tishni, mazkur omil har ikkala bozor qatnashchisi tomonidan qabul qilingandagina yaxshilanish deb qabul qilishni taklif qilgan. Y p y b` B` y a a y b B A a` b` P` x a x b` x b X 18.1.2-rasm A. Pigu jamiyat ravnaqi nazariyasi. Ingliz iqtisodichisi Artur Sesil` Pigu (1877-1959) XX asr boshi jamiyat ravnaqi nazariyasining yirik namoyandasidir. AK. Marshall shogirdi sifatida, u o`z ustozini Kembridj universiteti siyosiy iqtisod kafedrasi rahbari sifatidagi ishlarini ham davom ettirib (1888) mazkur nazariya rivojlantirilishini davom ettirdi. Jamiyat ravnaqi nazariyasidan tashqari, 1930 yillarda, A. Pigu o`sha davrlardagi yuksak iqtisodchilar kabi katta e`tiborini bandlik muammolariga qaratgan. 1933 yilda, uning «Ishsizlik nazariyasi» asari, 1941 yilda esa «Bandlik va muvozanat» kitobi nashr etilib, ularda muallif ishsizlik muammosining neomumtoz interpretatsiyasi, hamda u bilan kurashish usullarini taklif qilgan. Uning tomonidan, aholi daromadlari real o`sishi, faqatgina narxlar umumiy darajasi to`liqsiz bandlik sharoitlarida yuz berishi mumkinligi haqidagi nazariya ishlab chiqarildi. Bu holat, iste`molchilarning tovarlarga bo`lgan talabini oshirib, bu hodisa iqtisodiyot kon`yunkturasini tirilishiga olib kelishi, ishlab chiqarish kengayishi va demakki ishsizlik darajasi pasayishiga olib kelishi kerak edi. Mazkur nazariya, “Pigu effekti” nomini olib, keynschilik maktabi tomonidan keng foydalanilgan, ammo bu holat, keynschilik maktabi namoyandalariga A.Pigu asarlarini neomumtozlar asarlarini tanqid ostiga olish ishlaridagi asosiy tanqid sifatida qo`llanilishiga halal bermadi. Keyingi davrlarda, daromadlarning iste`mol talabiga ta`siri effekti D. Potinkin tomonidan «Mablag`, foiz va narxlar» (1956) asarida keng tadqiq qilingan. 154 Jamiyat ravnaqi nazariyasini A.Pigu o`zining “boylik va ravnaq” (1912) asarida rivojlantirib, keyingi davrlarda bu nazariya qayta ishlanib, ravnaq iqtisodiy nazariyasi nomi ostida qayta nashr qilingan (1920-1960). Mazkur kitobda, muallif ravnaq nazariyasi masalasi ko`rinishini o`zgartirib, birinchi darajaga bozor mexanizmi nomukammalligi masalasini ilgari surib, mo„ayyan tovar turlari ishlab chiqarilishi xarajatlari va daromadlarini mazkur mexanizm etarli darajada aks ettirmasligini ilgari surgan. Bu tovarlar jamiyat ravnaqidir. Y P b A A` B b` P` X Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling