Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
18.1.3-Rasm.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, jamiyat ravnaqi kontseptsiyasi ancha ilgariroq Stokgol`m maktabi namoyandasi Erik Lindal` tomonidan ham (1891-1960) «Adolatli soliq - pozitiv nazariya» (1919) ocherkida tilga olingan. O`z ustozi Knut Viksel` g`oyalariga tayangan holda (1851-1926) u mazkur tovar turining qator xususiyatlarini ko`rsatib, bu xususiyatlar bozorga to`laqonli daromad va jamiyat ravnaqi ishlab chiqarilish xarajatlarini baholash imkoniyatini bermayotganligini aytib o`tgan. Aynan mana Shu kontseptsiya A. Pigu tomonidan o`z nazariyasini ishlab chiqarishda qo`llanilgan edi. Jamiyat ravnaqining birinchi istisno xususiyati bo`linmasligidir. Bu holat jamiyat tovarlari bozorning barcha ishtirokchilariga bir vaqtning taklif etilishida namoyon bo`ladi. Uning iste`mol qilinishi esa individual tartibga ega emas. Masalan, agar bir tadbirkor o`z kemalari uchun mayoq o`rnatadigan bo`lsa, bu mayoq nuridan suzib o`tib ketayotgan barcha kemalar foydalanishi mumkin. Ikkinchi xususiyat e`tiyoj cheklanmaganligidir. Agar bozor ishtirokchilaridan biri, mo„ayyan tovarni iste`mol qilgan bo`lsa, bu holat bozordagi tovar miqdoriga ta`sir o`tkazmaydi. Demakki bozorning boshqa ishtirokchilari imkoniyatlarini kamaytirmaydi. Jamiyat tovarining E. Lindal` tomonidan ajratilgan jamiyat tovarining uchinchi xususiyati, uning iste`mol doirasidan chiqarib bo`lmasligidir. Agar, jamiyat tovari ishlab chiqarilib, bozorda mavjud bo`lsa, mazkur tovardan uning ishlab chiqarilishiga xarajat qilgan boshqa shaxslar bu tovardan foydalanish imkoniyatidan maxrum bo`lmaydi. Masalan, agar bir uyning bir oila a`zolari, ularning uylariga tegishli bo`lgan ko`chani yoritish maqsadida fonar` o`rnatadigan 155 bo`lishsa, ular tasodifiy yo`lovchilarga fonar yorug`idan foydalanishni ta`qiqlay olishmaydi. Jamiyat tovarining yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlari bilan bog`liq muammo Shundaki, iste`molchilardan bir qismi mazkur tovar ishlab chiqarilishida o`z manfaatlarini bu tovar ishlab chiqarilishi uchun to`lov to`lamaslik maqsadida yashirishga harakat qilishadi. Kelajakda tovardan foydalanishni ta`qiqlay olmaslik, va ravnaq natijalari bilan barcha istovchilar foydalana olishligi, uning mavjudligiga iste`molchilar manfaatlarini oshirish imkoniyatini pasaytiradi. Demakki, bozor, zarur hajmda jamiyat tovarlarini ishlab chiqarish uchun etarli vositalarni akkumulyatsiya eta olmaydi. Shved maktabi namoyandalari fikricha, mazkur muammoning yagona, ammo nomukammal echimi, hukumatning jamiyat tovarlari ishlab chiqarilishiga aralashuvi bo`lib, bu holat muvofiq soliqlarni kiritish, hamda to`g`ri taqsimlanishi orqali mazkur ishlab chiqarish jarayonining moliyalashtirilishiga imkon berar edi. A.Pigu jamiyat ravnaqlari muammosining o`zgacha interpretatsiyasini ilgari suradi. U istalgan ravnaq ishlab chiqarish xarajatlari va jamiyat daromadlari mavjudligi haqidagi tezisni ilgari surib, unga muvofiq, bu holatlar ishlab chiqaruvchi tomonidan inobatga olinmaydi, ammo bozorning boshqa ishtirokchilari holatiga ijobiy ta`sir o`tkazadi. Ular, Lindal` nazariyasidagi jamiyat ravnaqlarining etarli darajada ishlab chiqarilmasligi sabablariga ko`ra yuzaga keladi. A. Pigu ularni tashqi effektlar (eksternaliyalar) deb atagan, zero jamiyat ravnaqlari ijobiy tashqi effektlarni shakllantirib, bunga misol sifatida fermerlar o`zlarining qo`shni asalarichi yordamida daromad olishlarini keltirish mumkin, Chunki asalarilar, ularning ham o`simliklarini changlantiradi. Jamiyat xarajatlarini, A. Pigu salbiy tashqi effektlar deb ataydi. Salbiy eksternaliyalarning dolzarb misoli tariqasida, muallif tashqi muhitni ifloslantiruvchi zavod faoliyatini keltiradi. Buning natijasida qo`shni xo`jaliklar daromad darajasi pasayib ketadi, zero ularning faoliyati, mazkur hududdagi tabiiy sharoitlar bilan bog`liq bo`ladi (daryodagi baliqlar miqdori, tuproq unumdorligi darajasi). Tashqi effektlar mavjudligi, salbiy tashqi effektga ega bo`lgan tovar ishlab chiqarish hajmi zaruridan ortiq darajada, ijobiy tashqi effektga ega bo`lgan tovarlar ishlab chiqarilishi esa, jamiyat uchun zarur bo`lgan darajadan past darajada ishlab chiqarilishiga olib keladi. Ijobiy eksternaliyalar sharoitida, talab va taklif o`rtasidagi nomutanosiblik, xususiy ishlab chiqaruvchi bozor narxiga tayanib, bu narx mazkur tovar uchun xaq to`lovchi bozor ishtirokchilari uchun ishlab chiqarilgan tovar foydalilik darajasi bilan belgilanadi. Bozor, mazkur ishlab chiqarish foydalilik darajasini mazkur daromadni bepul oladiganlar uchun aks ettirmaydi. Masalan, fermerlar, asalarichiga uning asalarilari maydonlari bo`ylab uchayotganligi qo`shimcha haq to`lashmaydi. Buning natijasida asalarichi tovariga 156 nisbatan bozorr talab darajasi yoki uning ishlab chiqarilishi, real mavjud bo`lgan jamiyat daromadidan past bo`ladi. Demakki, narx ham bundan past darajada belgilanadi. Bozor, taklifning nisbatan past darajadagi hajmini belgilaydi. Shunga o`xshash holat, salbiy tashqi effektga ega bo`lgan tovarlar ishlab chiqarilishi bilan ham bog`liq bo`ladi. Ishlab chiqaruvchi, bozor mexanizmiga tayanib, bu mexanizm tovar xususiy foydaligini, xususiy xarajatlari bilan bog`laydi, va bunday holatda ishlab chiqaruvchi xarajatlaridan kelib chiqib narx belgilaydi. Demakki, bozor ishtirokchilari mavjud salbiy tashqi effekt oqibatida ko`rayotgan zararlari hisobga olinmaydi. Buning natijasida talab va taklif orasidagi muvozanat, mazkur tovarga nisbatan jamiyat real talabiga qaraganda, ishlab chiqarish yuqori mavjud hajmlari doirasida belgilanadi. Shu tarzda, xususiy va jamoatchilik daromadlari va xususiy va jamoatchilik xarajatlari orasidagi farq shakllanadi. A. Pigu, bu hodisalarni bozordan tashqari bog`liqliklar deb atagan, zero bozor, tovar jamoatchilik tomonini hisobga olgan holda, tovar jamoatchilik uchun foydaliligiga muvofiq ravishda uning ishlab chiqarish hajmlarini nazorat eta olmaydi. O`zining tashqi effektlar nazariyasi asosida A.Pigu, qator makroiqtisodiy xulosalarni chiqargan. Birinchidan, u resurslar optimal taqsimlanishi baholanishi borasida o`z usulini taklif etdi. Uning nazariyasiga muvofiq, har - bir tovar uchun ijtimoiy optimum, mazkur tovar ishlab chiqarilishidan jamoatchilik maksimal daromadlari, jamoatchilik maksimal xarajatlariga teng bo`lgandagina yuz berishi mumkin. Ikkinchidan bozor bunday mutanosiblikka erisha olmasligi sababli, tashqaridan ta`sir zarur. Buning uchun A. Pigu, bozor harakatlarini nazorat etish bo`yicha hukumat choralari tizimini kiritishni taklif etgan. Agarda mo„ayyan tovarga nisbatan jamoatchilik foydasi xususiy foydadan ustun keladigan bo`lsa, hukumat ishlab chiqaruvchiga subsidiyalar taqdim etishi zarur, zero ishlab chiqaruvchi mazkur tovar taklifini oshirishi kerak. Shu bilan birgalikda, subsidiyalar, mazkur tovarni sotib olish uchun, iste`molchiga ham taqdim etishi shart. Tashqi salbiy effektlar mavjudligi holatida esa, tovarning o`ziga, yoki mazkur tovar ishlab chiqarilishi borasida iqtisodiy faoliyatga nisbatan soliqlar belgilanishi zarur. Ravnaq nazariyasi keyingi rivojlanishi. Keyingi ravnaq nazariyalari nisbatan liberal tavsifga ega bo`ldi. Ular, bozor mexanizmi mustaqil ravishda Pareto optimumi yoki Pigu optimumiga erishish imkoniyatiga ega ekanligini isbotlashga qaratildi. 1930 yillarda, amerikalik iqtisodchi Abba R. Lerner (1903-1983) nazariyasi paydo bo`ldi. Shu bilan birgalikda polyak iqtisodchisi Oskar lange (1904-1965) nazariyasi ham Shu davrlarda paydo bo`ldi. Ular tomonidan ravnaq fundamental teoremasi shakllantirildi. Mazkur teoremaga muvofiq barcha tovarlar 157 bozor narxiga ega bo`lishsa, raqobatchilik bozoridagi muvozanat Pareto optimumiga teng bo`ladi. Mazkur iqtisodchilar tomonidan ilgari surilgan optimallik printsipi Pigu optimumi modifikatsiyasi bo`lib, bozorda aks etgan va narx ko`rinishiga ega bo`lgan tashqi effektlar holatiga mosdir. Pareto optimumi va bozor muvozanati holatlari teng kelishi g`oyasini keyingi davrlarda amerikalik iqtisodchi Kennet Dj. Errou (1921 yilda tug`ilgan) isbotlab, bu holatni «Ravnaq mumtoz iqtisodiyoti bazaviy nazariyasini kengaytirish» asarida yoritgan (1951). Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling