Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   169
Mablag` omili. Keyns fikriga ko`ra iqtisodiyotning yana bir an`anaviy 
muvozanat modelini buzuvchi omil mablag`dir. Mumtoz va nekolassik maktab 
namoyandalari, doimo mablag` neytralligi haqidagi fikrdan kelib chiqib, ularni 
tovar almashinuviga tashlanadigan parda sifatida ko`rib chiqishgan. Dj. M. Keyns, 
stokgol`m maktabi namoyandalari kabi, mablag` iqtisodiyot faol elementi 
ekanligiga e`tibor qaratgan. Birinchidan, mablag` bozori holati, naqd 
ko`rsatkichlariga ta`sir etadi, bu esa bozor signallarini buzilishiga va iqtisodiy 
agentlar dezorientatsiyasiga olib keladi (nominal va real kattaliklar mutanosibligi 
masalasi). Ikkinchidan pul mablag`ning zahira ko`rinishida iqtisodiyotdan bir 
qismining oqib ketishiga zamin yaratadi, bu esa ishlab chiqarish quvvatlarining 
to`laligicha ishlamasligi, demakki inqirozga olib keladi. 
Ma`lumki nemumtoz nazariya, resurslar cheklanganligi, hamda iqtisodiyot 
vazifasi ularning samarali taqsimlanishidan iborat deb hisoblaydi. Dj. M. Keyns, 
mazkur tezisni qayta ko`rib chiqib, o`z nazariyasini resurslar to`liq 
egallanmaganligi holati tahliliga asoslaydi. Xususan, uning tomonidan ishsizlik 
sabablarining Yangi talqini berilgan. Uning ta`kidlashicha, ishsizlik faqatgina 
friktsion yoki tuzilmaviy tavsifga ega emas, zero nemumtoz maktab e`tirofidan 
farqli o`laroq, u majburiy tavsifga ham ega bo`lishi mumkin.
Mehnat bozoridagi to`liq nomukammal bandlik, iqtisodiyotda boshqa ishlab 
chiqarish resurslarining nomukammal bandligi bilan kuzatiladi. Buning natijasida, 
resurslar kam uchrashi sharoitida, haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Mavjud 
vositalarning to`liq ishlatilmaganligi haqidagi masala kelib chiqadi. Buning 
barchasi iqtisodiy tahlil vazifasini o`zgartiradi. Asosiysi, resurslarning to`liq 
bandligini ta`minlash bo`ladi. yuqorida ko`rsatib o`tilgan barcha omillar, ya`ni 
harakatning noaniqligi, mablag` omili ta`siri va nomukammal bandlik holati, 
iqtisodiyotdagi kuchlar mutanosibligini buzadi. Buning natijasida iqtisodiyotning 


160 
muvozanat holatidan chetlashishi va bozor muammolarni mustaqil ravishda echa 
olmasligi holati kuzatiladi. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling