Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Iste`molga nisbatan maksimal moyillik
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Iste`molga nisbatan maksimal moyillik. Keynschilik nazariyasiga muvofiq
samarali talab ikki qismdan iborat, ya`ni iste`mol va investitsiyalardan. Iste`mol 162 qilish, olingan daromadning mo„ayyan ulushi ko`rinishida bo`ladi, demak unga to`g`ridan - to`g`ri bog`liq bo`ladi. Daromadning qaysi qismi iste`molga tortilishi, iste`molga maksimal darajada moyillik tomonidan belgilanadi, va bu holat quyidagicha talqin etiladi. ∆ C k = ∆ Y Bunda: X iste`mol, Y esa daromaddir. Bundan Dj.M. Keyns Shunday xulosa qiladi, neomumtozlar tomonidan taklif etilgan ish haqi darajasi tushirilishi aholining katta qismi daromadlarini pasaytiradi, iste`mol darajasini tushiradi va talab samarasini pasayishiga olib keladi. Bu holat ishlab chiqarish hajmlariga salbiy ta`sir o`tkazib ishlab chiqarishning keyingi o`sishiga olib keladi. Dj. M. Keyns nuqtai nazaridan daromadlarning oshishi iste`mol darajasiga ham salbiy ta`sir o`tkazadi. U asosiy psixologik qonuniyat haqida gapirib, mazkur qonuniyatga muvofiq daromad ortishi sayin individ mazkur daromadning kamroq qismini iste`mol qilishga moyil bo`ladi. Demak daromadlar ortgani sayin, iste`mol darajasi kam darajada o`sib boradi. Iste`mol o`zgarishini DC sifatida ko`rsatadigan bo`lsak, daromad o`zgarishini esa DY deb belgilaydigan bo`lsak, bu holatni quyidagicha yozib olish mumkin bo`ladi. ∆ C < 1 ∆ Y Ma`lumki daromad ikki qismdan iborat, ya`ni iste`mol va zahira, demak daromadlar o`sgani sayin, iste`mol ulushi tushib boradi, ammo zahira ulushi ortadi (S): ∆ C > 1 ∆ Y Neomumtoz nazariya nuqtai nazaridan bunda muammo kelib chiqmaydi, zero barcha zahiralar avtomatik ravishda foiz normasi o`zgarishi vositasida investitsiyaga aylanadi: zahiralar o`sgani sayin kapitalga nisbatan foiz tushib boradi; bu holat, investitsiya uchun yanada qulay bo`ladi. Investitsiyalar hajmi foizning pasaygan darajasi bilan daromad o`rtacha normasi tenglashmagunga qadar, o`sib boradi. Investitsiyalar esa, umumiy talabning bir qismiga aylanadi. Demak iste`mol normasi tushishi, talab hajmiga ta`sir o`tkazishi mumkin emas. Dj.M.Keyns, mazkur masalada neomumtozlar pozitsiyasini tanqid qiladi. Bunda biz, umumiy talab, ya`ni investitsiyalar muammosining keynschilik nazariyasida ko`rib chiqilishiga o`tamiz. 163 Zahiralar va investitsiyalar mutanosibligi. Dj.M.Keyns ta`kidlashicha, barcha zahiralarni investitsiyalarga aylantiruvchi avtomatik mexanizm mavjud emas. O`z nazariyasining mazkur bandida, u ingliz iqtisodchisi Denis Xolm Robertson aytib o`tilgan g`oyalarni rivojlantiradi, zero Denis Xolm Roberts o`zining «Bank siyosati va narxlar darajasi» (1926) kitobida, iqtisordiyotda mazkur mexanizm mavjud emasligini aytib o`tgan edi. Zahiralar avtomatik ravishda investitsiyalarga aylanmasligi sababli esa, zahiralar ulushi daromadlar o`sishi sayin oshib borishi sababli, mazkur daromadning kattaroq qismi samarali talabdan tushib qoladi. Bunda Dj. M. Keyns zamonaviy iqtisodiyotning asosiy muammosini ko`rib, resurslarning to`liq ravishda band emasligini keltirib chiqarishini aytib o`tgan. O`z pozitsiyasini Keyns quyidagicha belgilagan. U investitsiyalar darajasi investitsiyalar maksimal samarali (MPI) va foiz normasi (R) nisbati bilan belgilagan. Investitsiyalardan kutilayotgan daromad, foiz normasidan oshmaguncha o`sishda davom etadi. Demak, investitsiyalash hajmini belgilovchi markaziy toifa, foiz normasi bo`ladi. Dj.M. Keyns foiz normasi bo`yicha o`z nazariyasini taklif etadi. U foizni kapital emas, balki mablag` narxi sifatida belgilab, aynan Shu g`oya bilan neomumtoz maktabga qarshi chiqadi. Demak foiz darajasi, kapital talabi va taklifi mutanosibligi bilan emas, mablag`, talab va taklifi mutanosibligi bilan belgilanadi. Shunday qilib, foiz kapital bozoriga bog`liq bo`lmagan element sifatida belgilansada bozorga ta`sirini o`tkaza oladi. Mablag` taklifi (Ms) ularning aylanmadagi umumiy miqdori bilan belgilanadi, mablag`ga nisbatan talabni belgilovchi omil (Md) sifatida Keyns likvidlikka nisbatan moyillikni hisoblaydi, ya`ni individlarning o`z aktivlarini eng likvidli mablag` shaklida formasiga saqlashga harakatida deb hisoblagan. U likvidlikka nisbatan talabni belgilovchi uchta asosiy motivni ajratgan. Birinchi motiv - transaktsion bo`lib, u tovar va xizmatlar oldi - sotdisi amalga oshirish zaruriyati bilan bog`liq. Mazkur motivga ko`ra mablag`ga nisbatan talab intensivligi, daromad umumiy darajasiga bog`liq bo`lib, unga nisbatan to`g`ridan - to`g`ri proportsionaldir. Ikkinchi motiv - ko`zda tutilmagan xarajatlar paytidagi zahira motivi bo`lib, u kutilmaganda yuzaga kelgan xarajatlarni qoplash uchun naqd mablag`ga nisbatan insonlarning aktivlarini nazarda tutadi. Bunday holatda talab hajmi, daromad darajasiga bog`liq bo`lib, unga nisbatan to`g`ridan - to`g`ri proportsional bo`ladi. Uchinchi motiv spekulyativ bo`lib, bunda individlar uchun mablag` boylikni saqlash formasiga aylanadi. Mablag`ga nisbatan o`z talabini belgilagan bunday holatda individ, o`z zahirasini qanday formada saqlash eng daromadli ekanligini shaxsan belgilaydi. Yig`ilgan mablag`larni saqlash al`ternativ shakli sifatida, qimmatbaho qog`ozlar chiqadi. Ularning daromadlilik darajasi qancha yuqori bo`lsa (masalan foizi) qimmatbaho qog`ozlarni saqlash Shunchalik daromadli bo`ladi. Demak, o`z mablag`larini likvid shaklda saqlash moyilligi ham 164 Shu darajada past bo`ladi. Qimmatbaho qog`ozlar qimmatliligi darajasi pasayishi sayin mazkur moyillik ham pasayadi. Natijada likvidlikka nisbatan moyillik ikki omilga bog`liq bo`ladi. Daromadga (Y) va foiz normasiga (i) bunda mablag`ga nisbatan talab, umumiy ravishda insonlar harakati psixologik omillariga bog`liq bo`ladi. Mablag` bozoridagi istalgan to`lqinlanishlar individlarning ishonchsizligiga sabab bo`lib, likvidlikka nisbatan moyillik kuchayishiga olib keladi. Bu birinchi navbatda, foiz normasini oshirib, bu holat investitsiyalarga ta`sir etadi. Demakki, zahira mablag`lari o`sishi, foiz normasi o`sishi bilan birgalikda yuz beradi, natijada yig`ilgan mablag`lar investitsiyalarga aylanmasdan likvid formada saqlanadi. Mul`tiplikator kontseptsiyasi. Dj.M.Keyns, ichki muianosiblikga ega bo`lgan iqtisodiyot modelini yaratadi. Uning muammosi Shundaki, barcha zahira mablag`larini investitsiyaga aylantiruvchi avtomatik ravishda aylantiruvchi mexanizm mavjud emasligidadir. Mazkur muammo, asosiy psixologik qonuniyat harakati bilan, chuqurlashadi, zero bunda daromadlar o`sishi iste`molga maksimal moyillik pasayishiga olib keladi. YA`ni, zahira mablag`larining bunday o`sishi, investitsiyalar o`sishi tomonidan yutilib, daromadning har safar ko`proq ulushi iqtisodiyotdan samarali effektiv talabga aylanmasdan turib tushib qolishiga olib keladi. Investitsiyalar muammosi echilmasa, iqtisodiyot inqirozga tushib, inqiroz holati barcha resurslarning etarli darajada ishlamasligi bilan tavsiflanadi. Daromad va investitsiyalar mutanosibligini tadqiq etar ekan, Dj.M. Keyns, mablag`lar o`sishiga daromadlar o`sishi miqdoriy ravishda mo„ayyan darajada ta`sir ko`rsatishi haqidagi modelni ilgari suradi (investitsiyalar). Buning uchun, u mul`tiplikator tushunchasini qo`llab, mazkur tushuncha 1931 yilda ingliz iqtisodchisi Richard F. Kan (1905-1989) tomonidan «Ichki investitsiyalarning ishsizlikka nisbatan mutanosibligi» maqolasida yoritilgan edi. Daromadlar o`sishi iste`molchilik, hamda zahira mablag`lari o`sishiga olib keladi. Investritsiyalar o`sishiga. ∆Y=∆C+∆I Mazkur o`sishdagi C va I ulushlari mutanosibligi iste`molchilikka nisbatan maksimal darajada moyillik bilan belgilanadi. Mazkur moyillik qay darajada past bo`lsa, qo`shimcha o`sgan daromadning Shu darajada katta qismi investitsiyalarga yo`naltiriladi. Demak, investitsiyalar o`sishi, iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillikni aks ettiruvchi mo„ayyan koeffitsientni hisobga olgan holda, daromad o`sishiga tenglashtirilishi mumkin. Mazkur koeffitsienti Dj. M. Keyns mul`tiplikator deb ataydi. ∆Y=m∆I Bunda m - mul`tiplikatordir. 165 Mul`tiplikator iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillikka ega hisoblanadi. M=1/(1-k), Bunda k- iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillikdir. Chiqarilgan model` asosida Dj.M.Keyns iqtisodiyot o`sishini kumulyativ jarayon ko`rinishida aks ettirib, bunda investitsiyalar o`sishi daromad o`sishini keltirib chiqaradi. Daromad esa, o`z navbatida, mul`tiplikator harakati natijasida investitsiyalarning keyingi o`sishini keltirib chiqaradi. Aks ettirilgan model`, iste`mol qilinmagan daromadning butun ulushi investitsiyaga aylanishini tasvirlaydi. Agarda daromadning mazkur ulushi zahira ko`rinishida saqlanadigan bo`lsa, mul`tiplikator faoliyati, teskari yo`nalishda amalga oshib, bu holat daromadlar o`sishini asta - sekinlik bilan qisqarishiga olib keladi. Davlat iqtisodiy siyosatining keynscha modeli. Agar iqtisodiy tizim samarali talab masalasini mustaqil ravishda echa olmasa, demak iqtisodiyotga tashqi ta`sir zarur bo`ladi. Samarali talab muammosining asosiy punkti sifatida Dj.M. Keyns zahira mablag`larining investitsiyaga aylanishi deb hisoblagan. Uning tomonidan mazkur masalani echa oladigan qator hukumat choralari taklif etilgan. Mazkur choralarni ikki blokka ajratish mumkin. Pul - kredit va byudjet siyosati. Keyns nuqtai - nazaridan Pul - kredit siyosati, xususiy investitsiyalarni rag`batlantirishga qaratilgan bo`lishi kerak. Mazkur holat asosiy jarayoni deb u foiz stavkasi tushirilishi hisobiga investitsion kiritishlar foydalalik darajasini oshirish deb hisoblagan. Keynsianlik nazariyasida foiz stavkasi monetar fenomen deb atalganligi sababli, uning nazorati, pul bozorida mablag` taklif etilishi bilan nazorat etilishi mumkin. Ammo, Dj. M. Keyns, pul kredit choralarining belgilanganligini ko`rsatadi. Uning yozishicha, pul massasi Shu darajada katta bo`lishi mumkinki, buning oqibatida, foiz normasi tushmaydi, aksincha aylanmaga kiritilmagan pul vositalari miqdorini oshiradi xolos. Bunday holatni Dj. M. Keyns likvidlik chohi deb atagan. Shu sababli kredit - pul siyosati byudjet siyosati bilan to`ldirilgan bo`lishi kerak. Byudjet siyosati maqsadi, hukumat byudjet harakatlari hisobiga ommaviy talab oshirilishi bo`lishi kerak. Dj.M.Keyns, byudjet mablag`larini xususiy tadbirkorlarning jamoatchilik ishlarini yaratish uchun tovar va xizmatlarning hukumat tomonidan sotib olinishini tashkillashtirish uchun xususiy tadbirkorlarga kredit sifatida tarqatilishi lozim deb hisoblagan. Barcha ko`rsatilgan choralar, investitsiyalar darajasini oshirish hisobiga samarali talabni rag`batlantirish maqsadiga ega bo`lib, ommaviy talab masalalarini echish uchun hukumat ko`rishi lozim bo`lgan asosiy choralardir. Ammo, ommaviy talabning yana bir elementi mavjud. Bu ham bo`lsa iste`moldir. Dj.M. Keyns fikricha, iste`molchilikni investitsiya o`sishi bo`yicha 166 dastur to`laligicha amalga oshirilganidan keyin amalga oshirish lozim, zero aynan investitsiyalar ishlab chiqarish darajasiga bevosita ta`sir o`tkazishadi. Nima bo`lganida ham, keynschilik nazariyasi iste`molchilikni oshirishga qaratilgan qator choralarni ko`zda tutadi. Mazkur choralar tarkibiga yuqorida tilga olingan jamoatchilik ishlarini tashkillashtirish (aholining mo„ayyan qismini ish bilan ta`minlash uchun), hukumat ishchilari iste`mol darajasini oshirish, hamda aholining kambag`al toifalari foydasiga daromadlarni taqsimlashga qaratilgan, zero asosiy psixologik qonuniyatlarga muvofiq jamiyatning mazkur qismi ayniqsa iste`molchilikka moyil bo`ladi. Xulosa. Keynschilik nazariyasini paydo bo`lishi, marjinalistik iqtisodiy nazariya rivojlanishining Yangi bosqichi bo`lganligi sababli, mazkur nazariya taklif etilgan asosiy Yangiliklarni umumlashtirish joiz. Birinchidan. Keynschilik, iqtisodiy tahlil vazifasini o`zgartiradi. Agarda an`anaviy ravishda iqtisodchilar oldida cheklangan resurslarni optimal taqsimlash masalasi qo`yilgan bo`lsa, Dj.M. Keyns depressiv siyosatni ko`rib chiqib, bunda resurslar ortig`ini kuzatgan: ya`ni ishsizlik yuqori darajasi, ishlab chiqarish quvvatlarining etarli darajada ishlamasligi, zahira mablag`larining investitsiyaga aylanmasligi, sotilmagan tovarlar. Ikkinchidan, kapitalistik tizimning o`z - o`zini nazorat etish imkoniyati mavjud emasligi haqidagi tezis himoyasiga Yangi argumentlar keltirildi: J.Sey buzorlar qonuniyati. Unga muvofiq har bir sotuvchi o`z navbatida xaridorga aylanadi, ammo mazkur qonuniyat Keyns fikriga ko`ra faqatgina barter iqtisodiyotida mavjuddir. Mablag` iqtisodiyotida, daromadlarning bir qismi zahira sifatida saqlanib qolinib, Shu bilan birgalikda ommaviy talab hajmi pasayadi. Buning natijasida taklif talabdan oshadi, bu esa inqirozning real imkoniyatini yaratadi. Zahira mablag`larini investitsiyaga aylantiruvchi avtomatik mexanizm mavjud emas, zero mazkur jarayonning asosiy dvigateli, foiz normasi bo`lib, u mablag` bozoridagi holat va likvidlik tanlovi psixologik omiliga bog`liqdir. Insonlar iqtisodiy harakatlari real holatlardan farq qiluvchi mablag` ko`rsatkichlar mavjudligi sababli yuzaga keladigan bozordagi mavjud noaniqlik sababli, ratsional emasdir. Uchinchidan, hukumatning iqtisodiyotga doimiy aralashish imkon mexanizmlarini va mazkur aralashuv zaruriyatini asoslab beruvchi nazariya yaratildi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling