Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX-BOB. XX ASR 40-60-YILLARI OXIRIDA IQTISODIYOT FANI RIVOJLANISHI 20.1. Iqtisodiy fan asosiy yo`nalishlari Davr tavsifi.
Nazorat uchun savollar:
1. Hayvoniy his nima, hamda uning iqtisodiy harakat haqidagi keynschilik nazariyasidagi roli qanday? 167 2. Dj.M. Keynsning mablag` neytralligi mumtoz printsipi borasidagi tanqidi mazmuni nimadan iborat? 3. Keynschilik nazariyasi usulining asosiy xususiyatlarini aytib bering. 4. Sey bozorlar qonuniyatining keynschilik tanqidi mohiyati nimada? 5. Iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillik nima? 6. Nima sababdan Dj. M. Keyns fikriga ko`ra, zahira mablag`lari avtomatik ravishda investitsiyalarga aylanmaydi? 7. Likvidlikka moyillik tushunchasining asosiy mazmuni nimadan iborat, va u qanday iqtisodiy ko`rsatkichlarga ta`sir etadi? Likvidlikka moyillikni belgilovchi asosiy motivlarni aytib o`ting. 8. Mul`tiplikator nima? 9. Talab samarasini rag`batlantirish bo`yicha Dj.M. Keyns qanday hukumat choralarini taklif etgan? Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Кейнс Дж.М. Обшая теория занятости, процента и денег. М.: гелиос – АРВ, 2002. 2. Классика экономической мысли (У. Петти, А. Смит, Д. Рикардо, Дж.М. Кейнс, М. Фридмен). М.: Эксмо-Пресс, 2000. 168 XX-BOB. XX ASR 40-60-YILLARI OXIRIDA IQTISODIYOT FANI RIVOJLANISHI 20.1. Iqtisodiy fan asosiy yo`nalishlari Davr tavsifi. Ikkinchi jahon urushi natijasida, jahon bozoridagi kuchlar mutanosibligida keskin o`zgarishlar yuz berdi. Evropa mamlakatlari iqtisodiyoti kuchsizlandi. Sanoat deyarli emirilgan holatda bo`lib, savdo tizimli floti to`liq yo`qotilgan, moliya bozorlari esa nomo``tadil ahvolda edi. Evropa Jahon savdosi ko`lamida o`z pozitsiyalarining yirik qismini yo`qotdi, mazkur sohalar AQSH, Kanada, va Lotin Amerikasi davlatlari va britaniya hamdo`stligi mamlakatlari tomonlaridan egallandi, Chunki ushbu mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy holatlarini musiaxkamlashdi. Jahon bozoridagi asosiy rolni Amerika Qo`shma SHtatlari egallab uning nufuzi mustaxkamlanib bordi. 1940-1960-yillar uchun tavsifli holat, hududiy hamdo`stliklarning shakllanishidir. 1947-yildan boshlab, Evropa mamlakatlarda birlashish jarayoni boshlanib, bu holat 1957 yilda «Umumiy bozor» ni shakllanishiga olib keldi. Xudud Sharqida 1949- yilning yanvar` oyida o`zaro iqtisodiy yordam qo`mitasi (UNYOQ), yaratilib, u Sharqiy Evropa va Sovet ittifoqi mamlakatlarini birlashtirdi. Xalqaro tuzilmalarning yaratilishi, iqtisodiyotni markazlashishini kuchaytirdi va urushdan so`nggi davrlar uchun xos bo`lgan umumiy tendentsiyalarga muvofiq edi, zero bu holat iqtisodiyotning hukumat tomonidan nazorat etilishini faol rivojlanishiga olib keldi. O`sha davrlarda ilk marotaba, hukumatning xo`jalik hayotiga aralashishi doimiy tavsifga ega bo`lib, nafaqat majburiy, nafaqat istisno chora, balki urush yoki inqiroz sharoitlarida zarur chora bo`lib qolib (bu holat XX asrning 30-yillarigacha iqtisodiy siyosat uchun xos edi), zamonaviy iqtisodiy tizimning asosiy qismiga aylandi. Umuman olganda Evropa iqtisodiyoti, umuman olganda urushdan so`ng muammolarni tez hal qildi va tekis rivojlanish bosqichiga o`tdi. Qisman bunday ijobiy dinamikaning sababi, Shunday ediki, urushdan so`nggi davrlardagi holat, yirik sikl ko`tarilish fazasiga mos tushib, bu holat barcha iqtisodiy ko`rsatkichlarga ta`sir etdi. 1960-yillarda, ilmiy - texnik inqilob kuchayib bu holat ham g`arb mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining Yangi impul`siga asos solib berdi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling