Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 2. Iqtisodiy siyosat yo`nalishlari


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   169
 
20. 2. Iqtisodiy siyosat yo`nalishlari 
 
Keynschilik ustunligi. Urushdan so`nggi davrda, iqtisodiyot rivojlanishi, 
birinchi navbatda keynschilik maktabi ustunligi bilan ko`zga tashlanadi. Urushdan 
so`ng, Yangi nazariya keng ommalashib birinchi navbatda AQSHda ko`zga 


169 
tashlana boshladi, zero bu maktab, AQSH hukumat siyosatini belgilab berib, bu 
jarayon 1970-yillardan oldin Garri Trumen boshqaruvi davrida boshlandi (1884-
1972, 1945-1953 yillar davomida AQSH prezidenti). Yangi siyosatning asosi, 
iqtisodiyotga to`liq bandlikni davlat nazorati choralari bilan ta`minlash bo`ldi. 
1946 yilda, Amerika Qo`shma SHtatlarida bandlik haqida qonun qabul qilinib
undan so`ng, davlat o`z zimmasiga ishsizlikning past darajasini saqlab turish 
majburiyatini oldi.
Shunga o`xshash siyosat qator mamlakatlarda ham amalga oshirila 
boshlandi. Xususan Kanada, Buyuk Britaniya, Gollandiya va Avstraliya kabi 
mamlakatlarda. Shuningdek iqtisodiyotning ba`zi sektorlari milliylashtirilishi ham 
amalga oshirila boshlandi (masalan energetika va transport), aholining kam 
ta`minlangan qismini ijtimoiy qo`llab - quvvatlash tizimi rivojlana boshladi 
(nafaqalar, ko`p bolalshi oilalar uchun nafaqalar, subsidiyalashtirilgan tibbiy 
xizmat). Davlat zimmasiga, inqiroz holatlarini oldini olish maqsadida nazoratni 
amalga oshirish majburiyatini yukladi. 
Shved modeli. Urushdan so`nggi davrlardagi keynschilikka muqobil 
bo`lgan ko`plab iqtisodiy siyosat yo`nalishlarida davlat dasturlarini amalga 
oshirishga kirishildi. Masalan, umumiy davlat ravnaqi skandinav kontseptsiyasi 
stokgol`m maktabi nazariyasiga, xususan o`z xulosalari bo`yicha keynschilikka 
yaqin bo`lgan K. Viksel`, E. Lindal`, Gunnar Myurdal` (1898-1987), Bertil` Ullin 
(1899-1979), Erik Lundberg (1897-1987) xulosalariga tayanar edilar. Mazkur 
maktab, 
iqtisodiy 
tizim 
nomutanosibligidan 
kelib 
chiqib, 
iqtisodiyot 
makroiqtisodiy nazorati usullarini ko`zda tutar edi (asosan kredit - pul usullarini). 
Shu bilan birgalikda, u davlat byudjetining har yili balanslashtirilishi majburiy 
emasligi haqidagi tezisni, hamda davlatning o`z fuqarolariga mo„ayyan darajadagi 
ravnaqni ta`minlab berishi, xususan ijtimoiy siyosat hisobiga amalga oshirishi 
majburiyati haqidagi tezisni ilgari surishgan. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling