Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
21.1.1-jadval
Sikl nomlanishi Davomiyligi To`lqinlanish sabablari Kichik tsillar 2-3 yil Aylanma kapital harakatlanishi Katta sikllar 6-13 yil Asosiy kapital harakati Qurilish sikllari 17-18 yil Qurilishda kapital harakatlanishi Asr davomida siklik to`lqinlanishlar 50 yildan 100 yilgacha Ishlab chiqarishga Yangi texnologiyalarni tadbiq etish Buning natijasida sarmoyalar oqimi davom etib, haqiqatda ularning zarur darajasiga erishilgan bo`ladi. Muvofiq ravishda, mo„ayyan muddatda ishlab chiqarish o`sishi oshib tushadi. Bozorga kelib tushadigan mahsulot asta - sekinlik bilan talabni qondira boshlagach, undan oshadi. Natijada bozorning mahsulotga to`lishi, narxlar tushishi va sohadan kapitalning oqishi boshlanadi. Ammo, kapitalning oqishiga bozor kechroq e`tibor qaratadi, Chunki ishlab chiqarish darajasining real tushishi, yuksalish davrida yuzaga kelgan mahsulot zahiralari bilan yashiriladi. Natijada, kapital qisqarishi jarayoni ham me`yoridan ortiq bo`lib, mo„ayyan vaqtdan so`ng talab yana oshadi, va sikl qaytalanadi. Bozor kechikish mexanizmini A. Xansen «kechikish va ildamlash» mexanizmi deb ataydi. U mazkur tushunchani birinchi uch turdagi sikllar dinamikasini tushuntirish uchun ilgari suradi. A.Xansen yirik sikl modelini ham alohida ko`rib chiqgan. Mazkur modelda siklik to`lqinlanish boshlang`ich nuqtasi sifatida avtonom investitsiyalarning yuzaga kelishi deb biladi. Ularning avtonomligi Shundan iboratki, bozorning mavjud kon`yunkturasi bilan bog`liq bo`lmay tashqi omillar tomonidan keltirib chiqariladi: ilmiy - texnik taraqqiyot demografik portlash, Yangi konlar va bozorlar topilishi. Avtonom iqtisodiy sarmoyalar mexanizmini tushuntirar ekan, A. Xansen tahlilga keynschilikning matematik modellarini kiritadi. Iqtisodiyotning ma`lum sohalarida investitsiya hajmi oshishi, mazkur sohada daromadlar miqdori oshishiga olib keladi. Daromad o`sishi, mahsulot va xizmatlarga nisbatan talab samaradorligini oshishiga olib kelib, bu holat aynan iqtisodiyotning boshqa sohalarida daromadlar o`sishini keltirib chiqaradi. Natijada, bir sohaga kiritilgan investitsiyalar, mazkur sohada o`sgan daromad miqdoridan oshgan kattalik umumiy daromadi oshishini keltirib chiqaradi. Daromad 180 o`sishining kiritilgan investitsiyalarga bog`liqligini aks ettirish uchun, A. Xansen tomonidan mul`tiplikator modeli kiritilgan. Xansen nazariyasida, mul`tiplikator - bu bir birlikka nisbatan sarmoyalar o`sishida umumiy daromad kattaligi qanday bo`lishini belgilovchi koeffitsientdir. Uning tomonidan qo`llanilgan mul`tiplikator formulasi quyidagi ko`rinishga ega. M=∆Y/∆Ia Bunda DY- sarmoyalar o`zgarishi natijasida kelib chiqgan daromad o`zgarishidir; D1a esa avtonom sarmoyalar o`zgarishi bo`ladi. Ammo, daromadlar o`sishi, sarmoyalar hajmiga ham ta`sir o`tkazadi. Daromadning investitsiyalarga ta`sirining mazkur samarasi, ilk marotaba 1909 yilda frantsuz iqtisodchisi A. Aftal`on tomonidan tasvirlangan edi. Daromad o`sishidan investitsiya o`sishi bog`liqligini bildiruvchi koeffitsient, akselerator nomini olib, quyidagi ko`rinishga ega. A=∆Is/∆Y Bunda Is daromad o`sishi bilan keltirib chiqarilgan sarmoyalarning rag`batlantirilgan ko`rinishidir. Akselerator kattaligi iste`molga yo`naltirilgan Yangi daromad ulushi qanday bo`lishiga bog`liq bo`ladi, ya`ni bunda masala, mazkur daromad samarali talabning bir qismiga aylanishi yoki aylanmasligiga bog`liq. Keynschilik nazariyasiga ko`ra, mazkur ulush hajmi, iste`molga nisbatan maksimal tayanishdan kelib chiqadi. Har ikkala mexanizm mul`tiplikator va akselerator birlashtirilishi, iqtisodiy o`sishning o`ta kumulyativ jarayonini keltirib chiqaradi. Sxematik jihatdan bu jarayon sodda ko`rinishga ega. Ia avtonom sarmoyalari mul`tiplikator ta`siri vorsitasida Y umumiy daromadi o`sishini keltirib chiqaradi; Y o`sishi esa, o`z navbatida akselerator ta`siri orqali, Is rag`bat o`zgarishlarini keltirib chiqaradi; Is o`zgarish mexanizmini harakatga tushirib, buning natijasida Y keyingi o`sishi uchun sharoit yaratiladi. Taklif etilgan akselerator - mul`tiplikator mexanizmi siklning oshiruvchan to`lqini qanday yuzaga kelishini tasvirlaydi. R.Xarrotdan farqli o`laroq, A. Xansen, kumulyativ jarayon tugatilish sabablarini tadqiq etgan. Bunda u bir - necha sababni ilgari suradi. Birinchidan - avtonom investitsiyalar impul`sini tugashi. Ma`lumki, mazkur impul`s, cheksiz emas.sarmoyalar effektivligi, demakki mul`tiplikator kattaligi ham pasayish xususiyatiga ega, zero sarmoyalar kapital kiritmalari o`sishidan o`zga narsa emas, buning oqibatida kapital kiritmalari o`sishi natijasida, maksimal effektivlik darajasi tushib boradi. Kumulyativ jarayonning ikkinchi sababi, yuksalish davrida foiz normalari o`sishi bo`lib, buning oqibatida sarmoya tovarlarga bo`lgan narxlar oshadi. Natijada sarmoya vositalari qimmatlashadi, ular keltiradigan daromad esa, tushadi.uchinchi sabab Dj. M. Keyns asosiy psixologik qonuniyatini ta`siri bo`lib, 181 uning natijasida umumiy daromad o`sgani sayin iste`molchilik darajasi tushib boradi. Natijada, talab samarasi pasayadi. Demak akselerator kattaligi ham qisqaradi, zero u iste`molchilikka maksimal moyillikka to`g`ridan - to`g`ri proportsional bo`ladi. Mazkur uch sabablar ta`siri natijasida, iqtisodiy o`sish asta - sekinlik bilan pasayadi. Avtonom sarmoyalar tugagach, daromad o`sishi to`xtaydi, bu holat esa umumiy daromad pasayishiga olib keladi, zero mazkur soha bilan bog`liq bo`lgan boshqa sohalar tovarlariga nisbatan talab chiqaradi. Umumiy daromad pasayishi, akselerator – mul`tiplikator mexanizmini teskari yo`nalishda harakatlanish mexanizmini yotadi. Iqtisodiyot pasayish bosqichiga o`tadi. Mazkur harakat, Yangi avtonom investitsiyalar uchun kuchlar yig`ilmagunga qadar davom etadi. Bundan tashqari qulash davrida iste`molchilikka nisbatan moyillik oshadi, va foiz normasi tushib boradi. Bu esa, investitsion soha uchun qulay sharoitlar yaratadi. Antisiklik nazorat choralari. A.Xansen alohida e`tiborni iqtisodiyotning antisiklik nazorat etish choralariga ham qaratgan. Mazkur choralarni u uch qismga bo`ladi. 1. Kiritma stabilizatorlar ko`rinishidagi choralar, ya`ni bunday mexanizmlar bir marotaba kiritilib, kon`yunktura o`zgarishlarini avtomatik ravishda bartaraf etadi. Xususan Stabilizatorlarning mazkur turiga xususan progressiv daromad solig`i ham kiradi. Agar iqtisodiyot, ko`tarilish davrida bo`lsa, aholi daromadlari oshadi. Ammo, progressiv solig`i ta`siri sababli, iqtisodiyotdan soliq ko`rinishida olinadigan daromadlar ulushi ham muvofiq ravishda orshib boradi. Shunday qilib, davlat, alohida choralarni kiritmagan va qo`llamagan holda, samarali talab o`sishini cheklash va iqtisodiy o`sishini sekinlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Choralarning ikkinchi turi - avtomatik ravishda amal qiluvchi qarshi choralardir. Mazkur choralar, iqtisodiyot tomonidan mo„ayyan bosqichga erishilishi bilan kelishilmagan qo`shimcha kelishuvlarsiz qo`llanila boshlanadi. Ular kiritilishi lozim bo`lgan davrni aniqlash uchun, indikatorlar tizimi qo`llaniladi. Xususan, ishsizlikning mo„ayyan darajasi belgilanib, uning o`sishi, iqtisodiyotning depressiya bosqichi sifatida ko`rib chiqiladi, va muvofiq choralar ko`rish lozim deb hisoblanadi. Iqtisodiyot yuksalish holatiga kirishini aniqlash imkoniyatini beruvchi signal sifatida inflyatsiyaning mo„ayyan darajasi belgilanadi. Mazkur darajaning oshishi, iqtisodiy kon`yunktura pasaytirilishi uchun qarshi choralarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. A.Xansen tomonidan ko`rib chiqilgan avtomatik ravishda amal qiluvchi kontrchoralar asosan kredit - pul tavsifiga ega bo`ladi. Ularning sirasiga foiz normasi, soliq stavkalari, davlat obligatsiyalarini sotib olish va sotish, davlat ssuda va zayomlari miqdorlarini oshirish kiradi. Mazkur choralar ordinar choralar 182 sifatida ko`rib chiqilib, uchinchi turdagi choralardan farqli o`laroq, parlament bilan kelishishni talab qilmaydi. Choralarning uchinchi turi, boshqariluvchi dasturlardir. Bunda so`z iqtisodiy kon`yunkturaning byudjet nazorati haqida ketib, davlat xarajatlarini kamaytirish yoki oshirish orqali samarali talab darajasiga ta`sir etish ko`rinishida bo`ladi. Mazkur choralar, faqatgina o`ta zarur holatlarda qo`shimcha kelishuvlardan so`ng qabul qilinadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling