Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Sinflarsiz jamiyat nazariyasi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
23.2. Sinflarsiz jamiyat nazariyasi 1940-1960-yillarda institutsional nazariyalarning yana bir muhim tezisi, sinf tushunchasi eski tushuncha sifatida interpretatsiya etilib, kapitalistik va sotsialistik iqtisodiy tizimlar bo`linishi kabi bartaraf etilishi haqidagi fikrlar paydo bo`ldi. «Mulkdorlik diffuziyasi» sababli, mulkdorlar sinfi yo`qoldi. Korporatsiyalardagi hukmronlik boshqaruvchilar va menedjerlar qo`liga o`tishi bilan, mazkur shaxslar kapitalist ham, ishchi ham emasliklari sababli, asosiy konflikt mehnat va kapital orasida kechadigan jamiyat shakllanishiga olib keldi. Ushbu g`oyalar, Frederik Stern tomonidan ilgari surilgan «Sinflarsiz kapitalizm» nazariyasi, hamda Dj. Gelbreyt nazariyasi bo`lmish, «Industrial jamiyat» nazariyasi uchun xos edi. Yirik korporatsiyalar faoliyati baholanishi Yirik korrporatsiyalarning faoliyati ham ijobiy baholangan. Bunda asosiy e`tibor, yirik firmalar erkin raqobatchilik qonuniyatlarini buzishiga emas, (bu holat 1930 yillarda kuzatilgan edi) balki Yangi texnikadan manfaatdor tuzilmalar sifatidagi korporatsiyalar ijobiy rolini ta`kidlashga qaratildi, zero aynan ular mazkur texnologiyalarning tadbiq etish imkoniyatiga ega edilar. Bundan tashqari, urushdan keyingi yillardagi institutsional nazariyalar, mazkur davr uchun umumiy bo`lgan iqtisodiyotni nazorat etish mumkinligiga ishonch bilan farqlanishar edi. g`arbning deyarli barcha mamlakatlarida 1950-1960 yillarda kuzatilgan mo``tadil iqtisodiy o`sish, ular tomonidan inson tafakkurining bozor ustidan hukmronligi natijasi deb qabul qilinar edi. Institutsionalistlar, iqtisodni boshqarish keynsga uslublariga umumiy ijobiy munosabat bildirishib, o`z faoliyatida rejalashtirish elementlarini qo`llovchi yirik biznes ijobiy rolini ta`kidlashar, va Shu orqali, inqirozlarning asosiy manbai bo`lmish, iqtisodiyotning 194 tasodifiylik darajasi pasayishini aytib o`tishgan edi. o`z tarkibiga bir - necha ishlab chiqarish zanjirini olgan yirik korporatsiyalar, o`z faoliyatlarini qattiq nazorat va rejalashtirishga tayantirib, butun tizimning mo``tadil ishlash vazifasini echishadi. Bundan tashqari, yirik firmalar qo`lida yig`ilgan hukmronlik sababli, ular nafaqat korporatsiya ichida kechayotgan jarayonlarni, balki tashqi jarayonlarni, Shu jumladan narx siyosatini nazorat etish imkoniyatiga ega bo`lib, hattoki iste`molchilarning ta`biga ta`sir etishni ham amalga oshirishadi. Buning natijasida, ko`pchilik iqtisodiy aloqalar, bozor tavsifini yo`qotadi, demak tasodifiy jarayonlar ta`siriga chidamli bo`lishadi. Dj.Gelbreytning “industrial jamiyat” nazariyasi. 1960-1970-yillar davomida amerika institutsionalizmi yirik namoyandasi Djon Kennet Gelbreytdir (1908 yilda tug`ilgan). Ilmiy jamiyat e`tiborini o`zining «Amerika kapitalizmi» (1952), «Buyuk inqiroz» (1955), «Jamiyat ravnaqi» (1958) va «Liberalizm davri» (1960) nomli asarlarini 1950 yillar davomida nashr etilishi bilan tortdi. Ammo, jahon miqiyosidagi mashhurlikka u «Yangi industrial jamiyat» kitobini (1967 yilda) nashr etilganidan keyin sazovor bo`ldi. Gelbreyt asarlarining asosiy mavzusi, kapitalistik iqtisodiyotning urushdan so`nggi transformatsiyasi bo`ldi. «Zamonaviy iqtisodiy hayotning ko`zga tashlanarli jihatlaridan biri Shuki, - deb yozgan edi u, - unda sodir bo`layotgan o`zgarishlar baholanishi bilan bog`liq». Gelbreyt kapitalistik iqtisodiyot transformatsiyasi bilan bog`liq g`oyalarini mo„ayyan ma`noda ijodiy jihatdan qo`llab, bu holat Veblen davridan beri qayta ko`rilmagan edi, zero Gelbreyt bu g`oyalarga o`ziga xos takliflarini kiritdi. 1960-yillarda institutsionalistik nazariyalarda paydo bo`lgan XX asr o`rtalari ilmiy - texnik inqilob talqini, ikkinchi sanoat inqilobi sifatida ilgari surildi. XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida sodir bo`lgan sanoat to`ntarilishi, feodalizmdan kapitalizmga o`tish jarayonini tugatganligi haqida xulosa qilinib, endilikda 1950- 1960-yillar ilmiy - texnik inqilobi kapitalizmdan Yangi ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarga ega industrial jamiyatga o`tish davri asosi sifaktida qabul qilindi. Gelbreyt 1960-yillarda industrial jamiyat nazariyasini ilgari surgan birinchi olim emas edi, ammo uning talqini barcha iqtisodchilar tan olingan talqinlar ichida o`ziga xosdir. O`zining kitobida Gelbreyt, e`tiborni asosan yirik korporatsiyalarga qaratadi. «Besh yuzta yirik korporatsiyalar ulushiga Amerika Qo`shma SHtatlarida ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarning deyarli yarmi to`g`ri keladi», - deb yozgan edi u. Iqtisodiyotning mazkur qismini Gelbreyt industrial tizim deb atab, uni ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot lokomotivi deb hisoblaydi. «Iqtisodiyotning aynan Shu qismini biz, o`ylamay zamonaviy industrial jamiyatga o`xshatamiz. Uning faoliyatini tushunish, xalq xo`jaligi faoliyatining doimo o`zgarib turuvchi, demakki ko`proq jihatdan hayotimiz tavsifini o`zgartiruvchi sohani tushunish bilan barobardir… iqtisodiyotning qolgan qismi qisqarishi sababli, ko`pchilik jihatdan 195 statikdir». Gelbreyt fikriga ko`ra, yirik korporatsiyalarda qanday o`zgarishlar sodir bo`lmoqda? Birinchi navbatda bu, ikkinchi jahon urushidan so`ng menedjerlar inqilobi nomini olgan jarayondir. «Oxirgi o`n yilliklar davomida, - deb yozgan edi Gelbreyt, - zamonaviy yirik korporatsiyadagi hukmronlik kapital mulkdorlaridan boshqaruvchilar qo`liga o`tmoqda. Bu hodisani u, tabiiy deb bilib, ishlab chiqarishni yetakchi omili umumiy nazariyasi yordamida asoslaydi. Demak uning o`zgarishi jamiyatdagi hukmronlik tuzilmalari o`zgarishiga olib keladi»; «masalani uzoq muddatli darajada ko`rib chiqadigan bo`lsak, hukmronlikning ishlab chiqarish korxonasi doirasida radikal o`zgarishi yuz beradi. Buning oqibatida jamiyat ishlab chiqarish omillari ostida o`zgaradi. Kapital hukmronlik pozitsiyalari yaqin o`tmish holatidir; bir - necha yuz yil oldin biror - bir to`g`ri fikrlovchi inson hukmronlik er bilan bog`liq ekanligiga Shubha qilmas edi». «O`tmish tajribasi, hukmronlik manbai yana bir bor o`zgarganligini taxmin qilish uchun asos yaratadi, endilikda o`zgarish kapitaldan tashkiliy bilimlarga nisbatan o`zgardi. Demak, taxmin qilish mumkinki, bu holat jamiyatda hukmronlikning qayta taqsimlanishida aks etadi». Menedjerlar nazariyasi inqilobiga Gelbreyt Yangi element kiritgan. Uning fikricha korporatsiya haqidagi hukmronlik yuqori boshqaruvchilar tor doirasiga emas, yirik va ko`p tarmoqli jamoalarga tegishlidir. «Iqtisodiyot fani nuqtai - nazaridan zamonaviy texnika qo`llanilishi muhim oqibati Shundaki u sohaning istalgan elementni tarkibiy qismlarga bo`lish vazifasini o`z oldiga qo`yadi» deb ta`kidlaydi. Shunday qilib yirik korporatsiyalarni normal ish yuritishi uchun, tor doiradagi mutaxassislarning katta jamoasi talab etiladi. Ulardan hech biri boshqalar bilan maslahatlashmagan holda, qaror qabul qila olmaydi «mazkur guruh son jihatidan nihoyatda katta, u yuqori pog`onali korporatsiya xizmatchilaridan turli darajadagi ishchilargacha etishi mumkin. Shu bilan birgalikda, bu soha mutaxassislari maxsus bilimlarga egadir». Gelbreyt mazkur mutaxassislar jamoasini “texnotuzilma” deb ataydi. Keyingi davrlarda Gelbreyt, yirik yoki ko`p tarmoqli korporatsiya bilan bog`liq insonlar faoliyati maqsadlari haqidagi masalani ham ko`targan. Mazkur masalani echilishi uchun u rag`batlantirish uchun motivlar umumiy nazariyasini ilgari surdi. Mazkur nazariyaga muvofiq, insoniyat butun tarixida, to`rtta rag`batlantirish asosiy motivini boshidan kechirgan: majburlar, daromad, o`xshatish va moslashish. Oxirgi ikki alohida talqin etilishi lozim. O`xshatish rag`bati ostida, inson mo„ayyan faoliyat bilan Shug`ullanar ekan, o`zi ishlab turgan tashkilot, butun mamlakat yoki bajarayotgan ishi bilan tavsiflanadi. Moslashish rag`bati ostida, inson o`z faoliyati ostida, o`zi ishlab turgan tashkilotni shaxsiy maqsadlarga moslashtirishga harakat qiladi. Gelbreyt fikriga ko`ra u yoki bu motiv ustunligi, inson temperamenti va egallab turgan lavozimi yuqoriligiga bog`liq. Uning nazariyasiga muvofiq, oxirgi ikki motiv aynan texnotuzilmaga xos 196 xususiyatdir. Bizning fikrimizcha, bunda mo„ayyan qarama - qarshilik mavjuddir, zero Gelbreyt kitobining boshqa qismlarida uning ta`kidlashicha jamoatchilik qaror qabul qilish jarayoni, deyarli barcha alohida shaxslar harakatlari umumiy natijadir… texnotuzilma maxfiylikka yo`l qo`ymaydi, zero uning asosida mansab jinoyatlari va suiste`mollar yuzaga keladi». Shu bilan birgalikda texnotuzilma ulushiga faqatgina o`xshatish motivini qoldirish maqsadga muvofiq. Korporatsiyaning boshqa ijtimoiy qatlamlariga keladigan bo`lsak, Gelbreyt ular faoliyati motivatsiyasi uchun quyidagi sxemani taklif etadi (23.2.1-rasm). Aktsionerlar Ishchilar O`rta texnik personal Texnotuzilma Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling