Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Sifat transformatsiyalari nazariyasi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Sifat transformatsiyalari nazariyasi
Umuman olganda 1940-1960-yillardagi institutsionalistik nazariyalarni zamonaviy iqtisodiy tizimda yuz berayotgan transformatsiyalarga nisbatan umumiy ijobiy munosabat farqlar edi. Optimizmning asosiy manbai 1950-1960- yillardagi iqtisodiy ko`tarilish va ijtimoiy muammolarni engish vositasi sifatidagi ilmiy - texnik jarayoni farqlaydi. Kapitalizm iqtisodiy tizimida sifat o`zgarishlari masalasiga katta e`tibor qaratgan mualliflardan biri, amerikalik institutsionalist Gardiner K. Minz (1896 – 1988) bo`ldi. U 1931- yilda nashr etilgan «Amerika sanoatida mulkdorlik va nazorat bo`linishi» maqolasida, iqtisodiy nazariya va u bilan birgalikda neomumtoz yo`nalish ham Adam Smit tomonidan ajratilgan iqtisodiy modelga tayanishini ko`rsatgan. Mazkur model, XVIII asr Angliya iqtisodiy tizimi aksidir. Minz fikriga ko`ra o`sha davrlardan beri, iqtisodiyot ko`plab o`zgarishlarga yuz tutib, birinchi navbatda bu o`zgarishlar institutsional xususiyatga ega ekanligini aytib o`tgan. «Amerikada korporativ inqilob» (1962) asarida G. Minz o`z fikrini rivojlantirib, butun tarix davomida bir - birini o`rniga kelgan to`rt turdagi iqtisodiy tizimni ajratadi. Birinchi tur natural xo`jalik bo`lib, unda barcha tovarlar shaxsiy iste`mol uchun ishlab chiqariladi. Ikkinchi tur atamistik iqtisodiyot bo`lib, u Adam Smit iqtisodiy nazariyasi uchun model` sifatida qo`llanilgan. Mazkur tizimning 191 tavsifli tomoni Shundaki, tovarlar bozor uchun ishlab chiqarilib, iste`molchi ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqaruvchi harakatlari ustidan nazoratni yo`qotadi. Iqtisodiyotning uchinchi turi, xususiy kapitalizm bo`lib, bu holat XIX asr Evropasi uchun xos edi. Bu davrning tavsifli tomoni Shundaki, ishlab chiqarish ustidan nazoratni nafaqat iste`molchi, balki ishchi ham yo`qotadi. Iqtisodiy tizimning mazkur turi, Karl Marks nazariyasi uchun model sifatida qo`llanilib, bunga G. Minz o`zi uchun zamonaviy mumtoz nazariyaning iqtisodiy taqqoslash metodologiyasi sifatida katta e`tibor ajratgan. Iqtisodiy tizimning to`rtinchi turi XX asrda shakllanib, ayniqsa AQSHda keng rivojlangan “kollektiv” kapitalizm bo`lib, uning asosida korporativ tadbirkorlik yotadi. Aynan korporativ tadbirkorlik uchun esa, nafaqat iste`molchi yoki ishchi tomonidan ishlab chiqarish ustidan nazorat yo`qotilishi, balki bunday nazorat mulkdor tomonidan ham yo`qotilishi bilan farqlanadi. Buning asosiy sababi, mulkchilik aktsionerlik shakli keng tarqalishi bo`lib, bu holatni boshqa amerikalik institutsionalist, Adol`f O. Berel` (1895-1971) passiv mulkdorlik deb atagan. Gap Shundaki aktsiya egalari, korxona boshqaruvida umuman ishtirok etmay, mazkur vazifalarni menedjerlarga berib qo`yishadi. Menedjerlar esa, o`z navbatida, aktsiyalarning katta qismiga ega bo`lmaganliklari sababli, mulkdorlar toifasiga kirmaydi. Iqtisodiyotning mazkur to`rtinchi turi, marjinalistlar ham, marksistlar tomonidan ham qo`llanilgan modellarga mutlaqo muvofiq emas. U jihatning ham, bu jihatning ham etarli emasligi sababli, har ikkala tomon yuz bergan transformatsiyani sezishmaydi, va demak tadqiqot predmeti o`zgarganligi haqidagi masalani ko`tarishmaydi. Amerikalik iqtisodchi va sotsiolog Uolt Rostou (1916-2003) iqtisodiy rivojlanishning o`z nazariyasini ilgari surib, buni XX asrning 60-yillarida amalga oshirdi. Insoniyat jamiyati evolyutsiyasi masalasini tadqiq etar ekan, u turli o`sish darajalari va texnika rivojlanishi darajasi bilan tavsiflanuvchi beshta bosqichni ajratib ularga baho bergan. U.Rostouning fikricha, insoniyat taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuch, insonga xos bo`lgan mo„ayyan psixologik odatlardir. O`zining «Iqtisodiy o`sish jarayoni» (1952) kitobida u o`sish yoki taraqqiyotga yordam beruvchi oltita omillarni sanab o`tgan: bularga iste`molchilik, farzand ko`rish, fanga nisbatan moyillik, iqtisodiyotda fanni qo`llashga moyillik, Yangiliklarga moyillik, hamda moddiy taraqqiyotga nisbatan moyillikdir. O`zining «Iqtisodiy o`sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» (1960) asarida U. Rostou insoniyat rivojlanish jarayonida o`tadigan besh bosqichni ajratadi. Birinchi bosqich an`anaviy jamiyat bo`lib, unda qishloq xo`jaligi rivojlanadi. Texnika darajasi esa N`yuton davridan oldingi fanga asoslanadi. Ikkinchi bosqich, sakrashga tayyorgarlik yoki o`tuvchan jamiyat deb ataladi. U 192 banklar va qayta ishlash sanoati rivojlanishi bilan, hamda Yangi turdagi tadbirkorlikni namoyon etish bilan bog`liq bo`ladi. Uchinchi bosqich sakrash bosqichida bo`lib, mazkur bosqichda jamiyat iqtisodiyot va texnika rivojlanishining Shunday darajasiga o`tadiki, oqibatda doimiy taraqqiyotni ta`minlash imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi doimiy ravishda ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratiladi. U. Rostou, sarmoyalar doimiy oqimi paydo bo`lishi sharoitida bu holatninng milliy daromadni shakllanishida taxminan 5 % u tashkil etishini yozgan. Sanoatning Yangi turlari yuzaga kelib, o`sish darajalari tezlashadi, qishloq - xo`jaligi maxsuldorligi oshadi. To`rtinchi bosqich «industrial jamiyat» yoki «etuklik» bosqichidir. Sarmoyalar oqimi ikki to`rt marotaba o`sib, milliy daromadning 10-20 % tashkil etadi. Iqtisodiy o`sish dinamikasi aholi o`sishi dinamikasidan oshadi, ya`ni T. Mal`tus tomonidan qo`yilgan aholi keskin o`sishi muammosi echiladi, zero bu muammo XIX asr davomida barcha iqtisodchilarni qiziqtirgan. U. Rostouning fikricha, rivojlanishning mazkur bosqichini mamlakatlar XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning birinchi yarmida etishgan: masalan Angliya taxminan 1850 yillarda, AQSH 1900 yillarda, Germaniya va Frantsiya 1910 - yillardan so`ng, Rossiya va Kanada esa 1950-yillarga kelib. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling