193
bilan bog`liq holatlarga ham ega bo`lgan. Korporatsiyalarda davlat o`zgartirilishi
haqidagi g`oyalar, P. Veblen tomonidan oldinroq ham ilgari surilgan. 1940-1960-
yillarda «Boshqaruv inqilobi» nazariyalari paydo bo`ladi (Dj. Bernxem, S. CHeyz,
D. Liliental`, P. Druker). Shunga o`xshash g`oyalar, G. Minz va A. Berl`
tomonidan
ham
tilga
olingan
edi.
Mazkur
nazariyalarga
muvofiq
boshqaruvchilarning davlat tepasiga hukumat boshiga kelishi yirik firmalar
siyosatini o`zgarishiga
olib kelib, bu holat mulkdorlik manfaatlari bilan bog`liq
bo`lmagan holda tobora ko`proq ravishda ishlab chiqarish va jamoatchilik
manfaatlariga qaratiladi, ya`ni Yangi texnorlogiyalar kiritilishi
natijasida ishlab
chiqarish kengayadi va kompaniya rivojlanadi. «Boshqaruv inqilobi»
kontseptsiyasining ko`pchilik tarafdorlarini fikricha, mazkur manfaatlar xususiy
mulkdorlik tavsifiga ega bo`lmay, butun jamiyat
rivojlanishi manfaatlariga
muvofiq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: