Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Nazorat uchun savollar
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XХIV-BOB. 1970-1990-YILLARDA IQTISODIY FAN RIVOJLANISHI 24.1. Iqtisodiyot fani asosiy yo`nalishlari Davr tavsifi
199 Nazorat uchun savollar: 1. Nima sababdan 1950-1960-yillarda institutsionalistlarda kapitalizm tranformatsiyasi va jamiyat Yangi turi yaratilishi g`oyalari paydo bo`ldi? 2. G. Minz tomonidan ajratilgan iqtisodiyot turlarini sanab o`ting va qisqacha tavsiflang. 3. U. Rostou iqtisodiy o`sishning qanday bosqichlarini ko`rib chiqadi. 4. Mulkdorchilik diffuziyasi nima? 5. Nima sababdan zamonaviy iqtisodiyot jamiyatini institutsionalistlar sinfsiz deb hisoblagan? 6. 1940-1960-yillarda institutsionalistlar yirik korporatsiyalarning iqtisodiyotdagi rolini qanday baholashgan? 7. Ikkinchi sanoat to`ntarilishi g`oyalari mazmuni nima? 8. Texnotuzilma nima va Dj.Gelbreyt fikriga muvofiq uning paydo bo`lish sabablari qanday? 9. Gelbreyt asarlarida ishlab chiqarish yetakchi omili va rag`batlantiruvchi motivlar nazariyasi mazmuni nima? 10. Gelbreyt rivojlangan korporatsiya ichida qanday ijtimoiy guruhlarni ajratadi va ularning faoliyat motivlari qanday? 11. Gelbreyt rejalashtirish ostida nimani tushunadi va bu holat rivojlangan korporatsiya tomonidan qaysi bozorlarda amalga oshiriladi? Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Гелбрейт Дж. Новое индустриальное общество. М., 1969. 200 XХIV-BOB. 1970-1990-YILLARDA IQTISODIY FAN RIVOJLANISHI 24.1. Iqtisodiyot fani asosiy yo`nalishlari Davr tavsifi. Mazkur davr iqtisodiyotining asosiy, o`ziga xos jihatlaridan biri, 1970-yillarda kuzatilgan iqtisodiy qulash bo`lib, bu holat Kondrat`ev sikli qolish to`liqiniga muvofiq bo`lib, 1960- yillar oxiri 1980- yillar boshida iqtisodiy kon`yunktura inqiroziga olib keldi. Buning oqibatida qator inqirozlar kuzatilib, ular o`rta siklik to`lqinlanishlar bilan bog`liq edi. Bunday inqirozlardan birinchisi 1968- 1969 yillarda yuzaga keldi. Uning sababi asosida valyuta inqirozi yotgan. Keyinchalik 1975 va 1981 yillarda ham krizislar kuzatildi. Iqtisodiy holat yomonlashishiga 1973 yildagi neft inqirozi ham o`z hissasini qo`shib, bu krizis OPEC a`zolari bo`lmish mamlakatlar harakatlari tufayli sodir bo`ldi va neft`ga nisbatan narxlar oshishi va inflyatsiyaning Yangi to`lqinini keltirib chiqardi. Inqiroz tufayli, ko`pchilik g`arb mamlakatlari iqtisodiy siyosati ham o`zgardi, 1940-1960- yillar davomida dominant g`oya bo`lgan keynschilik, yuzaga kelgan holat siyosatini taklif eta olmadi. Bundan tashqari, aynan ularning siyosati moliyalashtirish deffitsiti sharoitlarida doimiy inflyatsiyani keltirib chiqarganligida ayblashdi. Shu sababli, birinchi darajaga keynsianlik opponentlari, ya`ni neoliberallar chiqib olib, ular krizis sabablarini tushuntirib berish va undan chiqish choralarini ishlab chiqarish bo`yicha o`z takliflarini kiritishdi. 1980-yillar o`rtalaridan boshlab iqtisodiyotda asta - sekinlik bilan ko`tarilish boshlandi. Evropa va AQSH mamlakatlarida Shu davrlarda neokonservativ siyosat yuritilishi sababli (Reyganomika, Tetcherizm), iqtisodiy liberalizm g`oyalari, garchi o`zgartirilgan ko`rinishda bo`lsa ham, yarim asrlik tanaffusdan so`ng ommalashishni boshladi. 1990-yillar boshida sotsialistik lager` qulashi esa, rejaviy davlat iqtisodiyoti siyosati kuchsiz ekanligini isbotlab, liberalizm pozitsiyalarini yanada mustahkamladi. 1970-1980- yillar davomidagi siyosatning muhim tavsiflaridan biri, iqtisodiyotning keyingi globalizatsiyasi, jahon bozori rivojlanishi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi bo`ldi. Bu holat Evropa integratsiyasi rivojlanishi davom etishida ham kuzatildi. 1979 yilda, EKYU hisob birligiga asoslangan yagona valyuta tizimi kiritildi. 1992 yilda Maastrixt shartnomasi imzolanib, shartnomaga asosan Evropa ittifoqi yuzaga keldi. 1994 yilda, GATT butunjahon savdo tashkilotiga aylandi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling