Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Davlat daromadlari darajasiga ta`sir
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat daromadlari darajasiga ta`sir. Laffer samarasi. Taklif iqtisodiy
nazariyasiga muvofiq, «katta davlat» xususiy moliyaviy bazasini emiradi. Soliqlarning yuqori darajasi, soliqqa tortiladigan bazan kamayishiga, hamda g`aznaga soliq tuShumlari qisqarishiga olib keladi. Bunday bog`liqlik Laffer 216 samarali nomini olgan. Mazkur samaraning grafik interpretatsiyasi 26.1.1-rasmda berilgan. T T * Y * Y 26.1.1-rasm Ordinatalar o`qiga qarab o`rtacha soliq stavkasi hajmi aniqlanadi (T) abstsissa o`qi bo`ylab esa, byudjetga tushadigan soliq tuShumlari umumiy summasi belgilanadi (Y). T* nuqtasi soliq optimal stavkasiga muvofiq bo`lib, bunda soliq tuShumlari summasi maksimizatsiya etilib, u kichkina Y*ga teng bo`ladi. Egri chiziq formasi ham, qo`ng`iroq nomini olib, g`aznaga tuShumlar va soliq hajmi o`sishi bilan belgilanadi. Ammo, yuqorida ko`rsatib o`tilgan soliqni o`sishi iqtisodiy faollikga salbiy ta`sir o`tkazishi haqidagi fikrlardan kelib chiqib, davlat daromadlari o`sishi ko`rinishidagi soliqqa tortish stavkalari o`sishidan maksimal iqtisodiy faollik va Shu miqdorlari qisqaradi. Mo„ayyan nuqtada u nolga teng bo`lib qoladi. Soliqqa tortish optimal darajasi nuqtasi yoki sinish nuqtasi aniqlanadi (T*). Soliqlarning keyingi davrlarda oshirilishi, davlatning fiskal daromadlarini qisqarishiga olib keladi. 100% soliq stavkasi sharoitlarida davlat daromadlari 0 darajasiga teng bo`ladi. 26. 2. Iqtisodiy siyosat masalalari Taklif nazariyasi iqtisodchilari tomonidan taklif etilgan iqtisodiy dastur, neoliberal bo`lib, davlat ulushining iqtisodiyotdagi hajmini qisqarishiga yo`naltiriladi. Unda monetaristlarning ko`plab tavsiyalari takrorlanadi. Nima bo`lganida ham, biz tilga olishimiz lozim bo`lgan qator farqlar ham mavjud. Birinchidan taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari asosiy e`tiborlarini soliq yukini kamaytirishga qaratishgan. M. Fel`tstayn o`zining «Kapitalni soliqqa tortilishi» asarida (1983) yozganidek, aynan to`g`ri soliqqa tortish iqtisodiyotga yana o`sish imkoniyatini berib, qolgan barcha masalalarni echishga asos bo`la oladi (Yangi ish o`rinlari yaratish, byudjet defitsiti masalasi echilimi, inflyatsiya darajasi pasayishi). Ikkinchidan, ular davlat siyosat borasida siyosiy arboblarining 217 noratsional motivatsiyasi sababli mo„ayyan ratsional siyosatni amalga oshirishini ham Shubha ostiga olishadi. Shu sababli monetaristlardan farqli o`laroq, ular markaziy bankning to`g`ri mablag` siyosat yuritishiga umid qilishmaydi. Umuman olganda taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari monetaristlar qarashlarini ya`ni inflyatsiya ishsizlik masalasini echa olmasligi borasida qarashlarni qabul qilishadi. Ammo ular mazkur holatga nisbatan negativ munosabatda bo`lib, narxlar o`sishi, zahira mablag`lari qadrlanishiga, hamda investitsiyalar sekinlashishiga olib kelishini aytib o`tishadi. Shuningdek munosabatda ular byudjet defitsitiga nisbatan ham negativ munosabatlarini bildirishadi. Soliq siyosati masalalariga keladigan bo`lsak, taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalarining fikricha, birinchi navbatda, investitsiyalardan olingan daromadlarga nisbatan soliq stavkalari pasayishi kerak, ayniqsa Yangi texnologiyalarga bo`lgan investitsiyalar, bu esa shaxsiy daromadlar o`sishiga olib keladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling