Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XХVIII-BOB. NEOINSTITUTSIONALIZM 28. 1. Neoinstitutsionalizm oqimi
225 Nazorat uchun savollar: 1. Avstriya va neoavstriya maktablarining farqi, va umumiy jihati nima? 2. Nima sababdan F. Xayek nazariyasiga muvofiq, bilim tarqatma tavsifga ega bo`ladi. 3. F. Xayek nazariyasida erkin bozor qanday vazifalarni amalga oshiradi? 4. Neoavstriya maktabi ijtimoiy nazariyalari tanqidi, nima asosida quriladi? Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Мизес Л. Либерализм. М.: Экономика, 2001. 2. Мизес Л. Человеческая деятельность. Трактат по экономической теории. М.: Экономика, 2000. 3. Хаек Ф.А. Индивидуализм и экономический порядок. М.: Изограф, 2001. 4. Хаек Ф.А. Пагубная самонадеянность. М.: Новости, 1992. 5. Хаек Ф.А. Дорога к рабству. М., 1992. 226 XХVIII-BOB. NEOINSTITUTSIONALIZM 28. 1. Neoinstitutsionalizm oqimi Zamonaviy neoinstitutsional yo`nalishi o`z tarkibiga, birinchi navbatda umumiy iqtisodiy tadqiqot predmetini birlashtirgan qator nazariyalarni oladi. Mazkur predmetlar jumlasiga, jamiyat institutlari, ularning yuzaga kelish printsiplari, faoliyati va evolyutsiyasi kabilar kiradi. Neoinstitutsionalizm oqimi nomi XX asr boshida shakllangan institutsionalizm ta`limotining davomi degan fikrni keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur ikki yo`nalishni birlashtiruvchi yagona holat, bu iqtisodiy tahlil predmetining umumiyligidir, ya`ni iqtisodiy institutlarni tahlil etishga qiziqish, hamda marjinalistik tahlil uslublariga nisbatan tanqiddir. Institutsionalistlarning, ham neoinstituttsionalistlarning xam fikriga ko`ra, iqtisodiyotni institutsional tuzilishini adekvat ravishda tasvirlab bera olmaydi. Neoinstitutsionalistlar nuqtai - nazariga ko`ra neomumtoz yo`nalish institutlar faoliyatiga ta`sir ko`rsatuvchi muhim omillarni ya`ni: noaniqlik omimli, axborotlar cheklovi, iqtisodiy agentlarga nisbatan axborot emirilishi; insonlar va firmalar harakatlari motivlari xilma - zilligi, individ va firma manfaatlarining o`zaro mos tushmasligi kabi omillarni inobatga olmayli. Bu jihatdan neoinstitutsional yo`nalishi, evolyutsion iqtisodiy nazariya va neoavtsriya maktabi pozitsiyalariga yaqin turadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling