Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
2. Transaktsion xarajatlar nazariyasi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
28. 2. Transaktsion xarajatlar nazariyasi O.I. Uil`yamson «Yangi institutsional nazariya» nomi ostida birlashtirgan transaktsion xarajatlar nazariyasi, transaktsion tahlilga asoslangan institutlar tabiatini tahliliga nisbatan Yangicha yondashuvni taklif etishi bilan tavsiflanadi. Transaktsion xarajatlar nazariyasi asoslari, ingliz iqtisodchisi Ronal`d Kouzning «Firma tabiati» (1937) maqolasida keltirilgan, ammo Shunga qaramay tan olish kerakki, bunga o`xshash g`oyalarni F. Naytning «Tavakkal, noaniqlik va daromad» va Dj. Kommansning ilk marotaba transaktsiya atamasi qo`llanilganligi haqidagi asarlarda ham topish mumkin. Kouz tomonidan taklif etilgan “keng rivojlangan” kontseptsiyasi 1970-1980-yillarga kelib ommalashdi. 1991-yilda R. Kouz, firma nazariyasi bo`yicha ishlanmasi uchun, Nobel` mukofotiga sazovor bo`lib, uning nazariyasi Kouz teoremasi deb atala boshlandi. «Firma tabiati» asarida R. Kouz bozorda nima sababdan firmalar yuzaga kelishi masalasini ko`targan, uning yozishicha, individlarning o`zaro ta`siri bozor printsiplari qator muammolar bilan bog`liq bo`lib, ular iqtisodiy faoliyat xarajatlarini oshiradi. Bu xarajatlar tarkibiga kelishuvlarni amalga oshirish bo`yicha xarajatlarni olib, bular sirasiga hamkor qidirish, kelishuvlarni yuritish, 228 shartnomalar imzolash, hamda aloqalarni o`rnatishni oladi. Mazkur turdagi barcha xarajatlarni Kouz yagona tushuncha, ya`ni transaktsion xarajatlar tushunchasiga birlashtirgan. Mazkur xarajatlarni kamaytirish maqsadida, insonlar firmalarga asos solishadi, firmalar esa, mo„ayyan munosabatlar stabilizatsiyasi shaklidan o`zga narsa bo`lmay o`zaro foydali mo``tadil aloqalarga aylanadi. Bularning barchasi transaktsion xarajatlar miqdorini tushirish imkoniyatini beradi. Nima sababdan barcha bozor kelishuvlari firma ichki kelishuvlariga aylanmasligi borasidagi savolga javoban, Kouz - «firmani kengaytirish uchun, firma ichki xarajatlarini oshirish kerak bo`lib, bunda birinchi navbatda byurokratizatsiya xarajatlari, nazorat xarajatlari, hamda boshqarish xarajatlari ilg`or nuqtalarga ko`tariladi» deb ta`riflaydi. Bundan muallif xulosa qiladiki, firmani yaratish haqidagi qaror, transaktsion xarajatlar firmani tashkillashtirish bo`yicha xarajatlar kattaligidan oshgan taqdirda qabul qilinadi. Bozor aloqalarini yutish, va ularni firma doirasiga kiritish jarayoni, bozor operatsiyalari xarajatlari bilan solishtirilmagan tashkilot ichki maksimal xarajatlari davom etgunga qadar davom etadi. Bunda Kouz tomonidan tahlilning Yangi varianti taklif etilib, uning asosida, xarajatlar ikki turini taqqoslash yotadi, ya`ni transaktsion va firma ichki xarajatlarini taqqoslash yotadi. Bu holat esa, firma hajmi samaradorligini aniqlash imkoniyatini ham, uning tarkibiga kiritilgan kelishuvlar tuzilmasini ham baholash imkoniyatini berib, natija asosida, qaysi operatsiyalarni bozorda, qaysilarini esa firma doirasida amalga oshirish foydaliroq ekanligiga baho beriladi. Mazkur Yangi uslub, keyingi davrlarda faol tarzda amerikalik iqtiisodchi O.I. Uil`yamson tomonidan turli iqtisodiy tashkilotlarning turli ko`rinishlarini qiyosiy tahlili usullarini ishlab chiqarish uchun qo`llanilgan («Vertikal bozor tuzilmalarining»). Uil`yamson o`zining «Bozorlar va ierarxiya: antimonopoliya nazorati uchun tahlil va xulosalar» (1975), «Kapitalizm iqtisodiy institutlari» (1985), «Boshqaruv mexanizmlari» (1996) asarlarida, firma ichki kontraktatsiya va bozor kontraktatsiyasi orasidagi qiyosiy ilg`orliklar tahlili usulini ishlab chiqadi. U vertikal integratsiya hajmlari va mexanizmlarini ham, umumiqtisodiy isloxotlar va hukumat antimonopoliya siyosati samaradorligini ham baholash imkoniyatini beruvchi modellarni taklif etadi. O.I.Uil`yamson tomonidan iqtisodiy institutlar turli kontraktatsiya ko`rinishlari sifatida taklif etadi, ya`ni ishlab chiqarish va sotish zanjiri alohida bosqichlari bilan kelishgan holda kelishuvlarni amalga oshirish va shartnomalarni imzolashning turli variantlari sifatida. Ularning qiyoslanishi, shartnomaning qaysi turi samaraliroq ekanligi asosida amalga oshirilib, bunda transaktsion xarajatlar tejalishi nuqtai - nazaridan kelib chiqiladi, ya`ni tanlov bozor va firma ichki masalasi orasida amalga oshiriladi. Buning uchun u qator aspektlarni ko`rib chiqib, bunda u yoki bu turdagi kelishuv samarasidan 229 kelib chiqadi. Ulardan birinchisi opportunistik harakat mavjudligidir. Аynan opportunistik harakatning nazariyasi Uil`yamsonning iqtisodiy tahlilga qo`shgan muhim hissasidir. U firma yuzaga kelish sabablari, va transaktsion xarajatlar mavjudligini psixologik asoslarini ochilishiga imkoniyat yaratdi. Uning nazariyasida, opportunizm ikki shaklga ega – ex-ante va ex - poste ega. Birinchisi, shartnoma imzolash bosqichsida paydo bo`lib, axborot cheklovining mumtoz shartidir. Ammo uning o`ziga xos farqli jihatiga ega. bunda axborot, shartnoma taraflarida shaxsiy strategik manfaatni keltirib chiqarish uchun atayin o`zgartiriladi. Kontragentning chalkashtirilishi, yoki xatolik uchun imkon yaratib berishi, o`z strategik maqsadlariga erishish uchun amalga oshirilib, shartnomaning bir tomonlama foydali ravishda imzolanishiga olib keladi. Ex-poste opportunistik harakati esa shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortish, yoki kompensatsion sug`urta to`lovlariga olib kelishi mumkin bo`lgan nomajburiy harakatlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bundan Uil`yamson axborot qay darajada to`liqsiz bo`lsa yoki, opportunistik tavakkali qay darajada yuqori bo`lsa, mazkur turdagi shartnoma ham firma ichki shartnomasiga aylanish imkoniyati yuqori bo`ladi deb xulosa qiladi. Imzolangan shartnoma tavsifini belgilovchi yana bir omil o`ziga xos resurslarning mavjudligidir. O`ziga xos resurslar, bu resurslarning qaysi sohada qo`llanilishiga bog`liq bo`lgan foydalilik darajasidir. Bunday resurslarga investitsiya kiritish haqidagi qarorlar yuqori tavakkalchilik bilan uzviy bog`liq bo`lib bu tavakkalchilik darajasi, yuqori darajadagi xavf bilan bog`liqdir. Standart resurslarga investitsiyalar kiritishdan-da yuqoriroqdir, zero ularning o`ziga xos belgilangan shartnoma doirasidan tashqarida qo`llanishi imkonsiz, yoki nihoyatda daromadsizdir. Bu borada, shartnoma bekor qilinishidan kelib chiqadigan xarajatlar juda yuqori bo`lib, mo`tadil shartnoma kafolatlari yuqoriroq darajadagi qadriyatga ega bo`lib, ishbilarmon hamkorlarning bir - biriga yaqinligi muvofiqligiga yaqin bo`ladi. Bu darajadagi yuqori mo`tadillik kafolatdagi shartnomalar, firma ichki aloqalari sohasiga o`tadi. Shartnoma munosabatlari turini belgilashdagi muhim rol`ni, o`ziga xos resurslar bo`yicha amalga oshirilgan shartnomalar chastotasi ham o`ynaydi. Agar shartnomalar doimiy bo`lmasa, ularning firmaning asosiy qismiga kamdan - kam holatda aylanadi. Ammo, agarda shartnomalar doimiy tavsifga ega bo`lib, ularning chastotasi yuqori bo`lsa, bu holat firma ichki tashkiliy tuzilmasi qismiga aylanadi. Umuman olganda Uil`yamsonning ta`kidlashicha bozor sodda shartnomalar nazorat etuvchi mexanizm bo`lib, firma murakkab shartnomalarni nazorat etadi, va bu shartnomalar opportunistik harakat imkoniyati, hamda o`ziga xos resurslarni boshqarish bilan bog`liqdir. 230 Bozor yoki firma ichki shartnomasi qiyosiy samaradorligini baholashdagi yana bir muhim omil, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan rag`batlarning qiyosiy tahlilidir. Raqobatchilik bozori harakati bilan bog`liq bozor rag`batini Uil`yamson « yuqori kuchga ega rag`bat» deb atab, uni bozorning ilg`or imkoniyatlari kiritadi. Firmalar tomonidan qo`llanilgan motivatsiya, kuchsiz quvvat rag`batlari deb ataladi. Motivatsion omil, firma kengayishi uchun cheklangan ahamiyatga ega bo`ladi. «Kouz teoremasi» va mulkdorchilik huquqlari nazariyasi. 1960-yilda, R. Kouz «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» asarini nashr etib, unda tashqi samara masalasiga e`tibor qaratdi.23 Mazkur masala mohiyati Shundaki, bozor mo„ayyan ishtirokchisi harakatlari, boshqa iqtisodiy agentlarga zarar ko`rsatishi, yoki aksincha foyda keltirishi, mumkin bo`lib, bunda ishlab chiqarish xarajatlari tahlilida bu holat e`tiborga olinmaydi (yoki daromadlar). Natijada, jamoatchilik noeffektiv resurslar taqsimlanishi masalasi yuzaga keladi, ya`ni salbiy eksternaliyalarga ega bo`lgan tovarlarning keragidan ko`proq ishlab chiqarilishi va ijobiy eksternaliyalarga ega tovarlarning etarli darajada ishlab chiqarilmasligi yuzaga keladi. O`z asarida, Kouz XX asr boshida ingliz qtisodchisi A. Pigu tomonidan taklif etilgan mazkur masala echimini Shubha ostiga oladi, zero A. Pigu, tashqi samaraga ega bo`lgan tovarlar ishlab chiqarilish hajmining davlat tomonidan nazorat etilishi zarurligi g`oyasini ilgari surgan (jarima, soliq va subsidiyalar tizimi vositasida). R. Kouz ta`kidlashicha, tashqi samara yuzaga kelish sabablari bozor qulashida emas, balki barcha resurslarga mulkdorlik himoyalangan va aniq huquqlari mavjud emasligidadir. Tashqi samara hisobga olinmaganligi sababli mulkdorlik hisobga olinmagan huquqlarining buzilishidadir. Aytaylik, mo„ayyan zavod daryodagi suvni ifloslantiradi, bu holat yaqin masofadagi qishloq aholisini iqtisodiy holatini yomonlashtiradi, zero qishloq aholisi baliqchilik hisobidan kun kechiradi. A. Pigu nuqtai nazaridan xarajat va daromadlar muvozanatini saqlab qolish uchun ekologik soliq kiritish lozim. R. Kouz ta`kidlashicha esa, bunday harakatlar samaradorlik printsipiga muvofiq emas. Birinchidan ular, majburiy tavsifga ega, ikkinchidan ular, eksternaliyalarning ham ular bilan kurashishning ham simmetrik tabiatini hisobga olmaydi. baliqchilarni himoya qilish maqsadida zavodga nisbatan kiritilgan cheklovlar faqatgina ifloslanishdan baliqchilarning zararlarini hisobga olishadi, ammo bunday cheklovlar natijasida korxona olishi mumkin bo`lgan zararlarni hisobga olmaydi. Agar eksternaliyalar yuzaga kelishi iqtisodiy zararlarga olib keladigan bo`lsa, eksternaliyalar likvidatsiyasi ham iqtisodiy zararlarga olib keladi. Shu sababli, Kouz fikriga muvofiq, har ikkala zarar turlaridan jamiyat uchun qay biri kamroq darajada zarar keltirishini hisobga olish lozim. Bunda ifloslanishdan olingan zarar, 231 mazkur ifloslanishni bartaraf etilishidan olingan zarardan ko`ra, kamroq bo`lishi mumkin. Xarajatlarni mazkur resurs bo`yicha har ikkala tomon erkin kelishuvlari asosidagina taqqoslash mumkin. Buning uchun mazkur resurs har ikkala tomondan birining mulki bo`lishi kerak. Kouz fikriga ko`ra, qaysi tomon mulkdorlik huquqiga ega bo`lishi muhim emas. yuqoridagi masalamizda qishloq aholisi daryodagi baliq miqdorini oshirish uchun zavod direktoriga ishlab chiqarish hajmlari qisqartirilishi natijasida oladigan zarari miqdoridagi summani kompensatsiya qilishlari lozim. Agar, zavod zararlari qishloq aholisi oladigan daromaddan kamroq bo`lsa, shartnoma imzolanadi. Bundan tashqari, mazkur kelishuvlarda xarajatlarni qisqartirishdan oladigan zavod maksimal xarajatlari, qishloq aholisi baliq tutishdan oladigan maksimal daromadga teng bo`lganda tugaydi. Mazkur kelishuvlar natijasida resurslarning optimal taqsimotiga erishiladi. Agar, daryodan foydalanish huquqiga qishloq aholisi ega bo`lsa, mazkur kelishuvlar natijasi zavod qo`shimcha daromad summasidan baliqchilarga kompensatsiya qilishi kerak bo`ladi. R.Kouz mulkchilik to`g`risida quyidagiga xulosani qiladi: «Agar, mulkdorlik huquqlari aniq belgilansa, va transaktsion xarajatlar ularga teng bo`lsa, resurslar allokatsiyasi (ishlab chiqarish tuzilishi) o`zgarishsiz qolib, mulkdorlik huquqlari taqsimlanishi o`zgarishidan qat`iy nazar samarali bo`ladi». Kouz teoremasining yana bir muhim xulosasi shuki, eksternaliyalar masalasini echish uchun hukumat aralashuvi talab qilinmaydi. Teorema resurslarni samarali taqsimlanish mexanizmi sifatidagi bozor reabilitatsiyasini amalga oshirdi. R.Kouz g`oyalari, uning tashqi samaralar nazariyasida yanada kengroq yoritilib, keyingi davrlarda Armen Alchian (1914-yilda tug`ilgan) va Xarol`d Demsets (1930-yilda tug`ilgan) kabi amerikalik iqtisodchilar asarlarida rivojlantirildi. Ularni ta`kidlashicha, bozorning samaradorligini ta`minlash hamda uning faoliyatini barqarorligi uchun,birinchi navbatda mulkdorchilik huquqlarining aniq xususiyatlarini, chegaralarinianiqlash zarur. Ammo, Alchian va Demsets real hayotda nolga teng transaktsion xarajatlar mavjud emas, spetsifikatsiya jarayoni esa mo„ayyan darajadagi xarajatlarni talab etadi deb hisoblashgan. Shu sababli mulkdorlik huquqlari faqatgina daromxdlilik xususiyati spetsifikatsiyasi, xarajatlar xususiyatlariga nisbatan yuqoriroq bo`lganda amalga oshadi. Aks holda mulk huquqlari o`rtasidagi chegaralari yo`qoladi. «Ishlab chiqarishning axborot xarajatlari va iqtisodiy tashkiliylik» nomi (1972) maqolasida Alchian va Demsetslar iqtisodiy tashkiliylik holati bo`yicha o`z nazariyasini taklif etishdi. Bu nazariya mulkdorlik huquqlari kontseptsiyasiga asoslangan. Mazkur nazariyaga muvofiq mulk bir tomonlama tushuncha emas. U o`z tarkibiga egalik qilish, ishlatish, u yoki bu resursni mulkni uchinchi shaxsga 232 berish bo`yicha huquqlar to`plamidir. Demak resursga nisbatan turli huquqlar, turli iqtisodiy agentlar orasida bo`linishi mumkin. Mazkur huquqlar almashinuvi, iqtisodiy operatsiyalar mazmunini tashkil etadi. masalan, tovarning bozordagi sotilishi, mazkur tovarga nisbatan huquq mo„ayyan to`plami sotilishi sifatida interpretatsiya etilishi mumkin. Xususan, litsenziyalashtirilgan disk yoki kassetalar sotilishi, mazkur tovar bilan foydalanish huquqi sotilishi sifatida talqin etilib, bunda mazkur qo`llashdan olinadigan daromad huquqi, istisno bo`ladi. Har bir iqtisodiy institut, mulkdorlikning mo„ayyan shakli sifatida baholanib, u o`zida huquqlarning mo„ayyan to`plamiga egaligidan kelib chiqib Alchian va Demsetslar tomonidan turli iqtisodiy tuzilmalar sub`ektlarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan (xususiy firma, aktsionerlik jamiyati, hukumat korxonasi). Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling