Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zardushtiylik
- «Artxashastra»
CLOSSARIY
Miloddan avvalgi (m.a.) IV ming yillik - Sharqdagi dastlabki quldorlik davlatlari paydo bo„ldi, ilk iqtisodiy qarashlar shakllandi. Xammurapi (m.a. 1792-1750 yy.) - Bobil (Vavilon) podshosi toshga o„yib yozilgan o„z qonunlarida quldorlik tuzumining xarakterli belgilarini aks yettirgan (282 ta). Bu yodgorlik Parijda Luvr muzeyida saqlanmoqda. Zardushtiylik (Zoroastrizm, otashparastlik) - islomgacha O„rta Osiyo,Ozarbayjon va Yeron xalqlarining dini. Bunda ayniqsa tabiatni va hayvonot dunyosini asrash va boshqa iqtisodiy masalalarga alohida urg„u berilgan. «Avesto» - Zardushtiylikning muqaddas to„plami, oromiy yozuvida bitilgan. m.a. VII asrda Markaziy Osiyoda qadimgi davrdagi iqtisodiy hayot aks yetgan. Mehnatga, chorvachilikka alohida ye‟tibor berilgan. Ko„p qismi yo„q bo„lgan, to„liq yemas. Rus va o„zbek tillariga tarjima qilingan. Bu kitob 2700 yil avval yozilgan bo„lib, unda «yezgu fikr, yezgu so„z va yezgu amal» prinsiplari ilgari suriladi. «Artxashastra» - m.a. IV-III asrlarda Hindistondagi siyosiy va iqtisodiy hayotni aks yettirgan. Ish haqi tushunchasi ish vaqti bilan ifodalangan. Konfusiy (Kun-Szi, m.a. 551-479 yy.) - Xitoydagi konfusiychilik iqtisodiy ta‟limotining asoschisi. «Lunyu» suhbatlar va mulohazalar to„plamini yaratgan. «Xalqlar otasi» iborasining muallifi. Oz iste‟mol qilib, ko„proq ishlashni targ„ib yetgan. Odat bo„yicha boshqarish tarafdori (ota-bola; podsho-xalq, oila kabi bo„lishi kerak) Legistlar - Xitoydagi (m.a.VI-III asrlar) iqtisodiy oqim. Konfusiylikka qarshi. Boshqaruv qonunlar asosida bo„lish tarafdori. Don masalasini hal qilish bosh vazifa deb qaraladi. Dehqonlarni ro„yxat qilish, soliq tizimini tartibga solish tarafdorlari. «Guan-Szi» (m.a.IV asr) - Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar, unda xo„jalikni davlat tomonidan tartibga solish tizimlari mukammal berilgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling