Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Solon
- Platon (Aflotun, m.a. 428/427 - 348/347)
- Xrematistika
- Katon Starshiy
M.a. II ming yillik - Farbda (Qadimgi Gresiya - Yunoniston va Italiyada)
quldorlik tuzumi yuzaga keldi. Quldorlik klassik shaklda amalga oshdi. Gomer (m.a. XII-VII asrlar oralig„i) - «Iliada» va «Odisseya» asarlarida natural xo„jalik konsepsiyalarini ilgari surgan. Solon (taxm. m.a. 640/635-559) - Yunoniston siyosiy arbobi, islohotlar o„tkazgan. Qullarni qarzga berishni man yetgan (chet yelliklar bundan mustasno). Perikl (m.a. 490-429) - qadimgi Yunon siyosiy arbobi. Qul yekspluatasiyasini keng qo„llagan, lekin savdo va pul xo„jaligini ham rivojlantirgan. Afina yeng rivojlangan davrda uni boshqargan. 244 Ksenofont (m.a. 430-335/354) - Yunon yozuvchisi va tarixchisi. Quldorlikni qo„llab-quvvatlagan. «Dehqonchilik barcha san‟atlarning onasi va boquvchisi» degan iboraning muallifi. «Yekonomiya» (uy xo„jaligi) so„zini birinchi bo„lib ishlatgan. Mehnat taqsimotiga alohida urg„u bergan va uni bozor ko„lami bilan bog„lagan. Pulning almashuv va jamg„arish (ikki) funksiyalarini tan olgan. Platon (Aflotun, m.a. 428/427 - 348/347) - «Davlat» va «Qonunlar» asarlarining muallifi. Jamiyatni ish quroli - natural ishlab chiqarish deb qaragan, natural xo„jalikni qo„llagan, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bilgan. Aristotel (Arastu, m.a. 384-322) - yirik Yunon olimi, «Nikomaxov ahloqi» va «Siyosat» asarlarini yozgan. Aflotundan ta‟lim olgan. Aleksandr Makedonskiyga tarbiyachilik qilgan. Qulchilikning prinsipial tarafdori bo„lgan. Qul - jonli (gapiruvchi) qurol, qul - tirik mulk, degan fikrda bo„lgan. Qiymatning dastlabki shaklini tahlil yetgan: buyumdan ma‟lum talabni qondirish va almashish uchun foydalanish mumkin, degan, natural xo„jalik (T-T), tovar (T-P-T) va pulning kapital shaklidagi aylanishini (P-T-P) tahlil yetgan. Tovar ishlab chiqarish uchun qo„llaniladigan harakatni qo„llab- quvvatlagan. P-T-P, P-P shaklini inkor yetadi. Xrematistika (xrema - mulk, yegalik) - mulk orttirish san‟ati, ya‟ni foyda va boylikni pul shaklida to„plashga yo„naltirilgan faoliyat. Kapital qo„yish va jamg„arish san‟atidir. Amaliyotda kam qo„llaniladi.Aristotel tomonidan kiritilgan. Katon Starshiy (m.a. 234-149) - Qadimgi Rimdagi qulchilikni himoya qilganlardan. Dehqonchilik to„g„risidagi asarida qishloq xo„jaligiga ko„proq ye‟tibor berishni taklif yetadi, ko„proq sotish va kam olishni ma‟qullaydi. Qullar mehnatidan rasional foydalanishni taklif yetadi (Villa xo„jaligi). Yaxshi ishlagan qulning sharoitini yaxshilash kerak, deydi, - lekin gunohkor qattiq jazolanishi kerak. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling