Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sey Jan Batist
- Maltus Tomas Robert
- Bastia F.
Mak-Kullox Jon Ramsey (1789-1864) - ingliz olimi, Maltusni qo„llagan,
mehnat bilan birga kapital ham boylik yaratishda ishtirok yetadi, degan fikrni ilgari surdi. Senior A. (1790-1864) - ingliz siyosiy iqtisodi vakili, «So„nggi soat» va «Tiyilish» nazariyalarini ilgari surgan, unga ko„ra go„yoki ishchilar o„n bir yarim soat ish vaqtining faqat oxirgi bir soati davomidagina foyda keltirar yekanlar. Sey Jan Batist (1767-1837) - fransuz iqtisodchisi, klassik maktabga qarshi, «kompensasiya» nazariyasini ilgari surgan, «Sey qonuni»ning («Bozorlar qonuni») muallifi, unga ko„ra taklif talabni avtomatik ravishda vujudga keltiradi, S. inqirozlarni inkor yetgan, sinflar o„rtasidagi qarama-qarshilikni tan olmaydi («ular o„rtasida uyg„unlik bor», deydi). Proteksionizm o„rniga savdoni targ„ib qilgan. Ishlab chiqarishning uch omilini (kapital, ishchi kuchi va yer) ilgari surdi. Maltus Tomas Robert (1766-1834) - ingliz iqtisodchisi, «Nufus nazariyasi», «Tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni»ning muallifi. Uningcha aholi geometrik progressiya asosida, noz-ne‟matlar yesa arifmetik progressiya asosida o„sib boradi, oqibatda qashshoqlikning sababi aholi soniga bog„liq deb ko„rsatiladi. M. aholi sonining o„sishini cheklash tarafdori bo„lgan. «Uchinchi shaxslar» - XIX asr boshlarida muomalaga kiritilgan tushuncha. Xo„jalik hayotini sinfiy tahlil qilish metodida qo„llaniladi. Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchlari bo„lgan tadbirkorlar va yollanma ishchilardan tashqari qatlam bo„lib, olimlar fikri bo„yicha ular mahsulotni yaratish va realizasiya qilishga imkon beradi. Bastia F. (1801-1850) - fransuz iqtisodchisi, «Iqtisodiy garmoniyalar» kitobi va g„oyasi, «manfaatlar uyg„unligi» va «xizmatlar» nazariyalarining muallifi. Keri Genri Charlz (1793-1879) - amerikalik iqtisodchi, «Manfaatlar uyg„unligi» (1872) asarini yozgan. Shu g„oyaning tarafdori bo„lgan, millatlar uyg„unligi g„oyasini ilgari surdi, Rikardo va Maltusga qarshi chiqdi. Yerkin savdoni rad yetdi, proteksionizm va qulchilikni qo„lladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling