Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Petti Vilyam
- Buagilber Per
- Fiziokratlar
- Kene Fransua
boshladi.
Manufaktura - italyancha «qo„l mahsuloti» degani, mehnat taqsimoti, qo„l hunarmandchiligi va yollanma mehnatga asoslangan oddiy kapitalistik kooperasiyadan keyingi ikkinchi bosqich. XVI asrning o„rtalarida paydo bo„ldi, sanoat to„ntarilishiga, ya‟ni fabrikaga zamin tayyorladi. A.Smit tomonidan yeng mukammal korxona turi deb hisoblangan. Petti Vilyam (1623-1687) - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi, merkantilizmni inkor yetgan, boylikning asosi ishlab chiqarishda, degan fikrni ilgari surgan, «mehnat boylikning otasi, yer yesa uning onasidir» degan iborani qo„llagan. Kapitalistik tuzumni tabiiy va abadiy deb hisoblagan. Tovarning almashuv qiymatini tan olgan. Statistika («Siyosiy arifmetika») faniga asos solgan. Aholiga boylik yaratuvchi sifatida qaradi. 248 Buagilber Per (1646-1714) - Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi. Agrar sohaning rivojiga ye‟tibor berdi, kolbertizmga qarshi kurashdi, soliq tizimni isloh qilishni taklif yetdi. Pulga «buyuk yovuzlik» deb qaradi. Qiymatning iste‟mol shaklini tan oldi, savdo va sanoatni to„g„ri baholamadi. Yerkin savdo, proporsional baholar tarafdori bo„ldi va yerkin raqobatni qo„llab- quvvatladi. Fiziokratlar - Yunoncha «tabiat» va «hokimiyat» so„zlaridan tashkil topgan bo„lib Fransiyadagi klassik siyosiy iqtisod namoyandalari F.Kene, A.R.Tyurgo va boshqalar fiziokratizmga asos soldilar. Tadqiqot mavzuini muomala sohasidan (merkantilizm) ishlab chiqarish sohasiga ko„chirdilar; yerkin savdo tarafdorlari yedilar. Fermerlar, qishloq xo„jaligi mamlakat ravnaqining asosi deb hisoblanadi. Kene Fransua (1694-1774) - fransiyalik fiziokratizm oqimining asoschisi, «Tabiiy tartib konsepsiyasi», «Sof mahsulot» «Unumli mehnat» to„g„risidagi ta‟limotni yaratdi. O„zining «Iqtisodiy jadval»ida takror ishlab chiqarishni va sinflarni tahlil yetdi, kapitalga (doimiy va aylanma) izoh berdi. Almashuv yekvivalentligi ta‟limotini ilgari surdi, unda boylik yaratilmasligini isbotladi. Boylik yaratishda tabiatning ishtirokini tan oldi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling