Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   169
Fermer, fermer xo„jaligi - xususiy yoki ijaraga (lendlordan) olingan yerda 
olib boriladigan sohibkorlik tipidagi xo„jalik. Kapitalistik fermerchilikda yollanma 
mehnatni jalb yetish, oilaviy shakli yesa aksariyat xo„jalik yegasining (fermer va 
uning oilasi) kuchi bilan olib boriladi. Dastlab Angliyada XVII asrda vujudga 
keldi. Hozir deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Fiziokratlar qo„llab-
quvvatlagan xo„jalik turi. Yerkin savdo, xususiy mulk va mavjud tuzum tabiiy deb 
baholanadi. 
Tyurgo Ann Rober Jak (1727-1781) - fransiyalik, fiziokratizm g„oyasini 
rivojlantirdi. Sof bozor iqtisodiyoti tarafdori. Minimal ish haqini qo„llagan, 
jamiyatda (kapitalist va ishchilarni qo„shgan holda) beshta sinf (Keneda yesa 
uchta) borligini aytdi. 
Smit Adam (1723-1790) - Angliya klassik iqtisodiy maktabining buyuk 
nazariyotchisi, manufaktura davrining iqtisodchisi. Asosiy asari «Xalqlar 
boyligining tabiati va sabablari to„g„risidagi tadqiqot» (1776) bo„lib, unda hozirgi 
til bilan aytganda yerkin bozor munosabatlari o„z aksini topgan. Unda kapitalistik 
iqtisodiyot, xususiy mulk ideal deb hisoblanadi. Mehnat taqsimoti (vaqtdan, 
malaka oshishidan, mashina qo„llashga imkon yaratishdan) uch yutuq berishini 
isbotlagan. Davlatning iqtisodga aralashuvi imkoni boricha kam bo„lishi kerak, 
deydi. Yegoizm xususiyati jamiyat manfaatlariga qarama-qarshi yemas, degan 
xulosa chiqaradi. Xalq boyligi ishlayotgan odamlarning soniga va ularning mehnat 
unumdorligi darajasiga bog„liq deb o„ylagan. Manufakturani sanoatning yeng 


249 
yuksak cho„qqisi deb bilgan (bu fikr xato yedi, Chunki fabrika ustunroq). «Smit 
dogmasi» deb ataladigan xatoga yo„l qo„ygan. 
Gersog Baklyu - Adam Smit tarbiyachilik qilgan oila. 
Sanoat to„ntarilishi (inqilobi) - Angliyada birinchi bor XVIII asr o„rtalarida 
qo„l kuchiga asoslangan manufakturadan (ikkinchi bosqichdan) mashinalashgan 
zavod-fabrikaga (uchinchi bosqichga) o„tish jarayoni (XIX asrning o„rtalarida 
yakunlangan). Iqtisodiy rivojlanishda muhim o„rinni yegallaydi, ijtimoiy-siyosiy 
sohalarda katta o„zgarishlarga sabab bo„lgan. 
Rikardo David (1772-1823) - A.Smit ta‟limotining buyuk davomchisi, 
sanoat to„ntarishi davrining iqtisodchisi. Mehnat taqsimotini korxona doirasidan 
mamlakatlarga ham joriy yetishni taklif yetgan, nisbiy ustunlik, nisbiy chiqimlar 
ustunligi nazariyalariga asos solgan. Fabrika davrini to„g„ri tushungan
fritreyderlikni (yerkin savdo) qo„llab-quvvatlagan. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling